Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

 
 


83 
Kasb tanlashga yo‘llashning mohiyati va mazmuni 
 
Kasb tanlashga yo‘llash – bu har bir shaxsning o‘ziga xos 
individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga 
olgan holda, o‘z kasbiy o‘rnini topishi uchun shaxsga ta’sir 
etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U 
insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq 
bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga 
yo‘naltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘llash – mohiyat va samaradorlikni 
baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. 
Kasbga yo‘naltirishni hal etish vazifalari bo‘yicha ijtimoiy-iqtiso-
diy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga ega 
muammodir. Kasb tanlashga yo‘llash insonning qobiliyati va iqti-
dorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati 
va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy 
himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim 
elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb tanlashga 
yo‘llash shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, 
uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish hamda majburiy ishsiz-
likning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Kasb tanlashga yo‘llash 
tadbirlari inson tomonidan o‘z kasbiy malakasini oshirishning qulay 
shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va 
mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni 
har tomonlama barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida 
qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy 
tarbiyasi, ya’ni barcha o‘quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda 
amalga oshiriladi. 
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: 
kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy 
moslashish.
Kasbiy axborot – ma’lum bir kasbni egallash xohishi bo‘lgan 
shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, 
kasbiy malakalarning o‘sish imkoniyatlariga mehnat bozorining 


84 
holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxs-
ning istak va ko‘nikmalariga quyilgan talablar hamda zamonaviy 
kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘p-
lash, targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash yoki faoliyat turini o‘zgar-
tirishda yordamga muhtoj bo‘lgan shaxsning individual-psixologik 
xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, 
sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish asosida psixologik-
maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot tizimidan 
iborat.
Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida 
turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan shaxsning 
psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan 
psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har 
tomonlama o‘rganish tizimidir.
Moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-
psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, 
uni muvafaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoit-
larni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish