Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

4.
 
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo‘llari 
Muhandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi nav-
batda, respublikamiz uchun har tomonlama yetuk va munosib kadrlar 
tayyorlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayni damda olib 
borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni 
xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jis-
monan, ma’nan sog‘lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining 
kengligi, Vatan himoyasida o‘z aqidalariga sodiqligi, o‘quv va ish 
jarayonida axborot, bilim va tajribalarni o‘zlashtirishda shaxsning psi-
xik xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda. 
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab 
bo‘lmoqda? 
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar 
guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni: 

xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi); 

shaxsiy fazilatlar omili; 

ijtimoiy-psixologik omillar
1

Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning 
kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida 
quyidagi natijalarni taqdim qilganlar: 


77 
1)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas 
bo‘lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi 
bois kasbiy buzilish past darajada; 
2)
6–10 yil ishlayotganlarda – o‘rtacha darajada; 
3)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda 
yuqori; 
4)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- 
lishlar bo‘lishi aniq. 
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng 
past darajasi ham muhandis xodimlarining shaxsiy va xizmat 
qobiliyatlariga jiddiy zarar yetkazadi. 
Psixologik nuqtayi nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy 
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan. 
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- 
siyatlari ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil 
qiladi: 
1)
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni mustaqil fikrlash va 
mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida 
ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, 
ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi); 
2)
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, 
tajovuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, 
to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho berish) kabi. 
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi, 
xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) 
xodimga yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib 
qolishi mumkin. 
Muhandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi 
shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning 
psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, 
shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini 
ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. 
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi 
omillar ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis 
vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi, 


78 
o‘ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi 
rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat darajasining pastligi 
tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning 
axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi. 
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning 
harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- 
batlarda ifoda bo‘lishni boshlaydi. Bu holat muhandis jamoalarida 
ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish 
holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga 
dalil bo‘la oladi. 
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni 
yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina 
holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rah-
barlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. 
Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati 
bilan adashtiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika ishlarini 
qiyinlashtiradi. 
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi: 

shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik 
diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish, 
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab 
turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy 
tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni aniqlash va hokazo; 

xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, 
o‘z joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida 
yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom 
buzilish sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish; 

uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga 
ko‘nikma hosil qilishlariga ko‘maklashish; 

ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik 
usullarni qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar. 
Bu yangilik muhandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning 
kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir. 


79 
xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun 
kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi 
kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Muhandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan 
quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish