Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Tushunchali tafakkur
– bu ma’lum tushunchalar qo‘l-
laniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni yechishda boshqa 
odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, 
xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur
– bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish 
jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil 
qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi. 
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks 
ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli 
tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va subyektiv aks ettirish 
imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar 
bir-birini to‘ldiradi. 
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
obrazlarni qo‘llash bilan 
bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani yechishda turli obrazlarni, 
hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, 
qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi. 
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur
– mohiyati real jismlar bilan 
amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat 
bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir 
moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan 
mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi. 
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi 
so‘z-mantiqiy tafak-
kur
mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqi-
chidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir. 
Amaliy tafakkur
tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga 
oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan,
nazariy 
– tajriba 
bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish