Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
Muhandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy 
funksiyalarini izohlang. 
2.
Muhandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
qanday o‘rin tutadi? 
3.
Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo‘llari 
qanday? 
4.
Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor 
berish kerak? 


81 
IV. KASB TANLASHGA YO‘LLASHNING PSIXOLOGIK 
MOHIYATI 
 
Reja 
1.
Kasb tanlashga yo‘llashning maqsadi, vazifalari va asosiy 
tamoyillari. 
2.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo‘llash 
tajribasi. 
3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri. 
4. Kasb va qiziqish. 
1.
 
Kasb tanlashga yo‘llashning maqsadi, vazifalari va asosiy 
tamoyillari 
Kasb tanlashga yo‘llash – umuminsoniy madaniyatni shakllan-
tirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning 
kasbiy tiklanishi, tabiat in’om etgan (tug‘ma) layoqatlarini rivoj-
lantirishga ko‘maklashish, insonga kasbiy o‘zligini anglashiga yor-
dam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, uning imko-
niyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim 
turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo‘l-
gan ehtiyojlarda jamiyatning g‘amxo‘rligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Kasb tanlashga yo‘llashning bosh maqsadi o‘ziga xos usullar 
yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini 
kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan 
iborat.
Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi – yosh avlodni 
ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki 
shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyil-
liklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan 
holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani hal 
qilishga qaratilgan:
– mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish 
hisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash;


82 
– shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z 
qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan 
inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va 
sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - 
iqtisodiy omil bo‘lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda 
keltiradi.
Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib 
olingan:
– kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy 
xarakterdaligi;
– iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prog-
noz qilish orqali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
– shaxsni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik 
tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
– O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa 
davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy 
dunyoqarashidan qat’i nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan 
foydalanishga teng huquqligi;
– kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish 
imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning 
tushunarliligi; 
– kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
– kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining obyek-
tivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
– kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari xodimlarining kasbiy 
axloq normalariga rioya etishligi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishlarining asosiy obyekti:
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1 – 11-sinf o‘quvchilari;
– oliy o‘quv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi 
muassasalarining o‘quvchilari;
– ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
– ish qobiliyati cheklangan shaxslar.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish