4.
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo‘llari
Muhandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi nav-
batda, respublikamiz uchun har tomonlama yetuk va munosib kadrlar
tayyorlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayni damda olib
borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni
xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jis-
monan, ma’nan sog‘lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining
kengligi, Vatan himoyasida o‘z aqidalariga sodiqligi, o‘quv va ish
jarayonida axborot, bilim va tajribalarni o‘zlashtirishda shaxsning psi-
xik xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda.
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab
bo‘lmoqda?
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar
guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni:
–
xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi);
–
shaxsiy fazilatlar omili;
–
ijtimoiy-psixologik omillar
1
.
Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning
kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida
quyidagi natijalarni taqdim qilganlar:
77
1)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas
bo‘lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi
bois kasbiy buzilish past darajada;
2)
6–10 yil ishlayotganlarda – o‘rtacha darajada;
3)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda
yuqori;
4)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi-
lishlar bo‘lishi aniq.
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng
past darajasi ham muhandis xodimlarining shaxsiy va xizmat
qobiliyatlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Psixologik nuqtayi nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu-
siyatlari ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil
qiladi:
1)
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni mustaqil fikrlash va
mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida
ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi,
ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi);
2)
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik,
tajovuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik,
to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho berish) kabi.
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi,
xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish)
xodimga yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib
qolishi mumkin.
Muhandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi
shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning
psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash,
shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini
ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi
omillar ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis
vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi,
78
o‘ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi
rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat darajasining pastligi
tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning
axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi.
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning
harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa-
batlarda ifoda bo‘lishni boshlaydi. Bu holat muhandis jamoalarida
ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish
holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga
dalil bo‘la oladi.
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni
yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina
holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rah-
barlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar.
Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati
bilan adashtiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika ishlarini
qiyinlashtiradi.
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:
–
shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik
diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish,
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab
turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy
tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi
munosabatlarni aniqlash va hokazo;
–
xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish,
o‘z joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida
yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom
buzilish sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
–
uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga
ko‘nikma hosil qilishlariga ko‘maklashish;
–
ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik
usullarni qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar.
Bu yangilik muhandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning
kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir.
79
xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun
kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Muhandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan
quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |