Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Adaptatsiya 
yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining 
qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. 
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin: 
1.
Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi 
jarayonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. 
Doimiy qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda sezgi yo‘qolib qolish 


39 
xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk 
tezdayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof- 
muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom 
yo‘qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir; 
2.
Adaptatsiya – kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida 
sezgining zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil 
qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. 
Biz yarim qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda 
oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir 
narsaning farqiga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, birmuncha vaqt 
o‘tgandan keyin esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin 
susayib, biz odatdagidek ko‘ra boshlaymiz; 
3.
Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning orti- 
shi ham adaptatsiya deb ataladi. 
Muhandis faoliyatida ham sezgining o‘rni beqiyosdir. Kasbiy 
sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlan-
tiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Masalan, 
muhandis o‘z faoliyati mobaynida mashina tovushidan undagi tex-
nik nosozliklarni aniqlay boshlaydi. 
Idrok va uning muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. 
Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon 
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xusu-
siyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan 
bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon 
bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. 
Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri 
jarayonida kishi ongida uning aks etishi 
idrok 
deb ataladi. 
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga 
solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga 
birlashuvi yuz beradi. 
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilar-
dan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan 
birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi 
tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. 


40 
Muhandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun 
muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, obyektlardan pred-
metli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks 
ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va 
oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodim-
da illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi. 
Shu nuqtayi nazardan idrok muhandis xodimlarining kasbiy 
faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni 
muhandis xodim aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, 
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o‘rganila-
yotgan obyekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va 
tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis xodimlar 
voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning prinsiplariga rioya 
qilishlari zarur. 
Idrok qilish tamoyillari quyidagilar: 
– 
bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir 
tuzish; 

sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; 

o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otish; 
Idrok qilish prinsiplari asosida xodim turli nuqtayi nazarlarni, 
masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan 
kelib chiqib, obyektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish