Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

3.
 
Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatiga psixologik 
tavsif 
Muhandis 
xodimlarning 
bilish 
faoliyati 
boshqa 
kasb 
kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, 
aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq 
qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz. 


33 
Diqqat va uning muhandis xodimlari faoliyatida tutgan 
o‘rni. 
Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, eng avvalo, mehnat 
va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. 
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning 
tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi 
ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, 
nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. 
Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. 
Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining 
ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning 
muhandis faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz. 
Diqqat 
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi 
darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning 
yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. 
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat 
sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo 
bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar 
mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi. 
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra 
diqqatning uchta asosiy turi mavjud: 

ixtiyorsiz diqqat; 

ixtiyoriy diqqat; 

ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat. 
Ixtiyorsiz diqqat 
kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno 
tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning 
paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan 
belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun 
ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni 
qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya 
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, 
diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. 
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir. 
Ixtiyoriy diqqat 
ongli ravishda boshqariladigan va tartibga 
solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat 
zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga 


34 
ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab 
chiqqan bo‘lsa, yuz beradi. 
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat 
maqsadga yo‘naltirilgan 
faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, 
faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli 
bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon 
bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan 
keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy 
diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini 
faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini 
yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish 
talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish 
qonuniyatlari hisoblanadi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish