Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya


Sezgi va uning muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Sezgi va uning muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. 
Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u moddiy olamdagi narsa va 
hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek, moddiy 
qo‘zg‘atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta’sir etganda 
organizmda hosil bo‘ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. 
Materiya bizning sezgi, irodalarimizga ta’sir etib, sezgi hosil qiladi. 
Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va 
miyaga yetkazib beradi. 
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan 
yagona yo‘llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning 
subyektiv siymosi hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi 
uchun organizm moddiy qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’siriga 
berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir 
ish bajarishi darkor. 
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. 
Chunki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilim-
larimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan 
voqea-hodisalar haqida hamisha ma’lumot olib turishi kerak. 
Shu ma’noda, sezgilar ma’lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan 
retseptorga ta’siri natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning 
tasnifi ularni hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu 
qo‘zg‘atuvchilarga ta’sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga 
asoslanadi. 


38 
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko‘rsatilgan 
turlari mavjuddir: 

ko‘rish; 

eshitish; 

hid bilish; 

badanning tegishli a’zolari orqali sezish; 

ta’m bilish. 
Sezgilar ma’lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan retseptorga 
ta’siri natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni 
hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu qo‘zg‘atuvchilar 
ta’sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi. 
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga 
qarab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi: 
1.
Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini 
aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan 
ekstrotseptiv sezgilar. 
2.
Tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida joylashgan 
hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega 
bo‘lgan interotseptiv sezgilar. 
3.
Retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan proprio- 
tseptiv sezgilar, ular gavdamizning harakati va holati haqida 
ma’lumot berib turadi. 
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga, ya’ni aloqa bog‘laydigan kon-
takt va distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog‘laydigan retsep-
torlar ularga ta’sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog‘la-
gan paytda qo‘zg‘aydi; badanning tegishli a’zolari orqali sezish, 
ta’m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant retseptorlar 
uzoqdagi obyektdan keladigan qo‘zg‘atishdan ta’sirlanadi; distant 
retseptorlarga ko‘rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish