65
Nabiy – arab tilida «xabarchi», «xabar yetkazuvchi» ma’no-
larini anglatadi. Alloh tomonidan alohida
kitob va shariat nozil
qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini
insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Is
'
hoq,
Yoqub, Zakariyo kabi).
Rasul – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan
alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga
erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar.
Ibrohimga yuzta sahifa, Musoga
Tavrot va Isoga Injil nomli
kitoblar nozil qilingan bo‘lib, bu bilan birga o‘zlariga xos shariat
ham berilgan. Muhammad alayhissalom ham kitob va shariat
berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni karim nozil
qilingan va unda maxsus shariat berilgan.
Imon so‘zining lug‘aviy ma’nosi
ishonmoq, tasdiqlamoq
bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh»
(«Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning payg‘ambari»)
kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Imonning
yetti sharti bor: Allohning borligi va birligiga imon keltirish,
ya’ni Allohning barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish.
Farishtalarning borligiga imon keltirish.
Ilohiy kitoblarga imon
keltirish. Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish va hokazo.
Quyidagi jadvalga qarang:
ISLOM DINIDA BELgILANgAN IMONNINg YETTI SHARTI
1
Allohning borligi va birligiga imon keltirish
2
Farishtalarning borligiga imon keltirish
3
Ilohiy kitoblarga imon keltirish
4
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish
5
Oxirat kuniga ishonish
6
Taqdirga e’tiqod qilish
7
O‘limdan keyin qayta tirilish muqarrarligiga ishonish
Alloh taolo insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun pay-
g‘ambarlar yuborgan. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr
66
etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming
ekanligi bayon qilingan.
Oxirat kuniga ishonish.
Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi
uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir
sinov maydonidir. Bu dunyoda
qilingan savob ishlar uchun
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti
mavjud.
Taqdirga
– inson boshiga tushgan yaxshilik va yomonlik
Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
O‘limdan keyin qayta tirilish.
Islom ta’limotiga ko‘ra,
qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar
qabrlaridan turadilar
va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar
dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)
ga mahkum etiladilar.
Qur’oni karim.
Qur’oni karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil
mo baynida Payg‘ambar Muhammad alayhissalomga oyat-oyat,
sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir.
Bu kitob Islom
dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.
«Qur’on» – arabcha «qara’a» (o‘qimoq) fe’lidan olingan. Qu-
r’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng
kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda
jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini
taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto,
6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-
biridan
farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha
taqsimlanganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: