57
individual pedagogik texnikani tanqidiy tahlil qilishni va uni takomillashtirish yuzasidan aniq
maqsadga qaratilgan ishning yuqligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini
tushunishga imkon beradi.
Oliy o‘quv yurtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash
o‘qituvchiga o‘zining kasb yunalishining boshlanishidayoq ko‘pgina xatolardan xoli bo‘lishda,
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchi rahbarligidagi mashg‘ulotlar
(pedagogik texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash) dir.
Pedagogik texnika malakalarining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik
texnikani egallashda kasbiy jihatdan o‘z – o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o‘zida mohir
o‘qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi
o‘rin tutadi deb aytish mumkin.
Tashkiliy – metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlarini individual, guruhli yoki
ketma-ketlikda o‘tkazish mumkin.
Masalan, zarur bilimlar ma’ro‘zalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda
egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim harakatlar (to‘g‘ri artikulyasiya, fonatsion
nafas olish usullari, relaksatsiya usullari) ketma-ket o‘zlashtirilishi mumkin. Tegishli
ko‘nikmalarni ishlab chiqish individual ishlashni dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida,
keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi.
Yuqorida aytilganlar insonning ichki holati bilan bog‘liq ekan, ularni ijodiy holatni
boshqarish texnikasini o‘zlashtirishdan boshlash zarur deb hisoblanadi.
O‘z-o‘zini boshqarishning asosiy usullari quyidagilar: xayrixohlik va optimizmni
tarbiyalash, o‘z harakatlarini nazorat qilish (muskullar zo‘riqishini, harakatlar, nutq, nafas olish
tempini yo‘lga qo‘yish); faoliyatini taqsimlash (mehnatterapiya, musiqaterapiya, biblioterapiyalar,
yumor, taqlid o‘yin); o‘z-o‘zini ishontirish; doimiy ravishda autogen mashqlar (psixofizik mashq);
relaksatsiya seanslarini (jismoniy va ruhiy dam olish) o‘tkazish.
Ammo birinchi mashg‘ulotlarda yuzaga keladigan muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmaslik
kerak. CHunki bu erda tizimli ish olib borish, psixofizik apparatni mashq qildirish zarurki, u asta-
sekinlik bilan pedagogik faoliyatingiz quroliga aylanib boradi.
Hozirgi zamon pedagogika fani o‘qituvchining pedagogik mahorat tizimida pedagogik
texnikaning roli beqiyos deb biladi. CHunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish
(mimika,pontamimika),his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) bosh qara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq
texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash
yo‘llarini tushuntiradi.
SHunday qilib, pedagogik texnika ma’lum kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u
o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish, tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy
yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or va novator pedagoglarning ish tajribalarini ko‘zatish, mimikasini, ovozini idora qila
olish xususiyatlari ko‘zatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, bunday o‘qituvchilar pedagogik
texnikani yaxshi egallagan, uning malakalarini o‘zlarida aniq shakllantirgan. Va bu malakalarni
turli vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlariga ega bo‘lganlar.
Pedagogik mahorat nazariyasini o‘rganuvchi va tadbiq qiluvchi olimlarning fikrlariga
qaraganda,
pedagogik texnika malakalari ikki guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: