11- masala: Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi polda g’ijimlangan qog’oz parchasi
yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan
turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
12- masala: Darsda bir o’quvchi javob berayotgan edi. O’qituvchi yaxshi o’qiydigan bir
o’quvchini partadoshi bilan gapirishib o’tirganini ko’rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan
davom ettirishni so’radi. O’quvchi to’liq javob berdi. Lekin o’qituvchi unga darsda gaplashib
o’tirgani uchun «uch» baho qo’ydi.
O’qituvchi to’g’ri ish qildimi? Siz qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
13- masala: O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga
quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda
navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi:
«Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb
sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar
borib, o’qituvchidan kechirim so’rab uni olib kelishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni
tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
14- masala:Yosh o’qituvchini IX V sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha
murakkab bo’lgan va yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo’lib uyushmagan, o’quvchilar
tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga
harakt qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o’qituvchiga har bir bolaning qiziqishi
va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o’zaro sog’lom
munosabatlarni o’rnatishga, yuqori sinf o’quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga
qaratilgan edi. Sinf o’quvchilaridan biri o’z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o’qish
uchun bormayman. Bu yerda mening doimo yordamga tayyor bo’lgan do’stlarim bor. Ilgari
mening faqat ko’chada do’stlarim bor edi. Ular bilan juda ma`nisiz xayot kechirgan ekanman.
Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go’zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning
mehriga ishonishga, o’z hatti-harakatim uchun javob berishga o’rgandim. Men sinfimga biror -bir
ziyon etkazishdan xavotirlanaman».
Yosh o’qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo’lgan sinfda ijobiy
natijalarga erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz?
15- masala: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat`iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar
unga bo’ysinib keldi. Lekin keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari
oldingi o’qituvchining xatosini to’g’rilash maqsadida kat`iy chora ko’rdi. Sinfda qayta saylov
o’tkazilib, «faollar» o’rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so’ng saylov o’zini
oqlamaganligi aniq bo’ldi. Yangi faollarning bir qismi o’z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa,
ikkinchi qismi kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib,
«passivlar» ikki barobar ortdi.
O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak edi? Qanday
holda aktiv jamaoni jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o’z-o’zini boshqarishning qanday
xususiyatlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |