Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O‘qituvchining  pedagogik  texnikasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

O‘qituvchining  pedagogik  texnikasi  –  nafaqat  ta’lim–tarbiya  jarayonida,  balki  butun 
mehnati  faoliyatida  zarur  bo‘lgan  umumiy  pedagogik  bilim  va  malakalarining  yig‘indisidir. 
Pedagogik  texnikaning  muhim  jihatlari  –  pedagogik  faoliyatda  uning  savodli  va  ifodali  so‘zlay 
olishi,  o‘z  fikr-mulohazasini  va  bilimini  tushunarli  tilda  ta’sirchan  bayon  qilishi,  o‘z  his-
tuyg‘ularini  jilovlay  olishi,  o‘zining  shaxsiy  xususiyatlariga  xos  mimik  va  pantomimik 
qobiliyatlarga  ega  bo‘lishi,  aniq  imo-ishora,  ma’noli  qarash,  rag‘batlantiruvchi  yoki  istehzoli 
tabassum,  so‘zning  cheksiz  qudrati  orqali  o‘quvchilar  ongiga  va  tafakkuriga  ta’sir  o‘tkazishi, 
hozirjavoblik,  psixologik  bilimlarga  ega  bo‘lishi  kabi  o‘qituvchining  mahoratini  belgilovchi 
qizg‘in mehnatida namoyon bo‘ladi.  
O‘qituvchi mehatida pedagogik texnika qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, 
pedagogik  texnika  o‘qituvchining  ta’lim  muassasalarida  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyatini  zamonaviy 
talablar  asosida  tashkil  qilishida,  o‘quvchilarga  tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatishida  qanday  ahamiyat 
kasb etishi doimo dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.  
O‘qituvchi  mehnatida  pedagogik  texnika  uning  shaxsiy  axloqiy  fazilatlari  va  xulqi  bilan 
bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:  

 
o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika); 

 
o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya  
 ta’sirlarga berilmasligi;  

 ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol)  
 egaligi; 

 nutq texnikasini bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi. 
Pedagogik texnika o‘qituvchi mehnatida shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan 
bog‘liq bo‘lgan ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini ham qamrab oladi: 

 
ta’lim va tarbiyaviy rejalar asosida o‘z oldiga qo‘yilgan  
 talablarning bajarilishini nazorat qilishi; 

 
o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday  
 ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; 

 
o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda  
 saqlab boshqara olishi. 
 O‘qituvchi  mehnatida  aktyorlik  san’atiga  xos  bo‘lgan  xususiyatlar,  ya’ni  mimik  va 
pantomimik qobiliyatlar muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka 
ega  ekanligi,  uning  butun  o‘quv  yili  davomida,  har  bir  darsda  yangi  mavzuni  o‘tilgan  mavzular 
bilan  bog‘lab,  zamonaviy  integratsion  usullar  asosida  o‘quvchilar  ongiga  etkazishida,  sinf 
jamoasida  o‘ziga  xos  pedagogik  va  psixologik  muhitni  yarata  olishida,  har  bir  o‘quvchining 
shaxsiy psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib mashaqqatli mehnati bilan ulkan mas’uliyatni his 
etib, uni yuqori saviyada bajarishida namoyon bo‘ladi. 
Demak,  pedagogik  texnika  o‘qituvchining  mehnat  faoliyatida  shunday  kasbiy  va  shaxsiy 
malakalar  yig‘indisiki,  u  o‘qituvchining  pedagogik  faoliyatiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatishida, 
asablarining bir maromda harakatlanishi va saqlay olishida, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil 
qilish  va  boshqarishida  yuksak  natijalarga erishishi uchun asosiy  yo‘l ko‘rsatuvchi  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish