Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


I.P. RADCHENKO, R. RASULOVA KABI OLIMLAR TAVSIYASIGA KO‘RA



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

I.P. RADCHENKO, R. RASULOVA KABI OLIMLAR TAVSIYASIGA KO‘RA 
O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TO‘G‘RI TASHKIL ETISHDA ENG 
MUHIM TALABLAR. 
-pedagogik faoliyatni aniq rejalashtirish; 
-faoliyatni  qizg‘in uyushtirish va unda ishtirok etayotgan obyekt va  subyektlarning 
imkoniyatlarini yagona maqsadga yo‘naltirish; 
-tarbiyalanuvchilar yutuqlarini muntazam rag‘batlantirib borish; 
-ta’lim-tarbiyaviy nazoratni bir maromda olib borish. 
 
31-chizma
 
 Rejalashtirishdagi  asosiy  e’tibor  uyushtiriladigan  barcha  pedagogik  faoliyat  turlarini  va 
unda  ishtirok  etayotgan  jamoa  va  uning  a’zolarini  umumiy  pedagogik  maqsadga  birlashtirishni 
nazarda tutadi. Bunda ta’lim va tarbiyaning yaqin, o‘rta, uzoq maqsadlarini inobatga olish e’tirof 
etilgan.  
Ta’kidlash  joizki,
 
o‘qituvchining  kun  tartibi  uning  faoliyati  va  hayotini  tartibga  soluvchi 
asosdir.  U  yo‘q  joyda  mehnat  unumi  ham  past  bo‘ladi,  asablar  tez  charchaydi,  sog‘likka  putur 
etadi. Natijada o‘qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, mehnat unumdorligi pasayadi, 
ish qobiliyati susayadi, oqibatda ta’lim-tarbiyaning sifati yo‘qoladi. Demak, ilmiy asoslangan kun 
tartibi  o‘qituvchilarning  o‘z  mehnatini  to‘g‘ri  va  mukammal  tashkil  etish  vazifasini  hal  etishga 
qo‘yilgan ilk qadamdir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish 
shartlaridan  yana  biri  ish  o‘rnini  tartibga  solish  va  mehnat  sharoitini  o‘z  faoliyatiga 
moslashtirishdir.  O‘qituvchining  ish  joyi  yashash  jarayonining  bir  qismi  bo‘lib,  mehnat 


125 
 
unumdorligining  yuqori  bo‘lishiga  ta’sir  etadi.  O‘qituvchining  ish  joyi,  xususiyati,  pedagogik 
mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi.  
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o‘qituvchining mehnat qilayotgan 
joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi.  
 Pedagogik  mehnatning  samaradorligi,  maqsadi  va  faoliyat  vazifasiga  ko‘ra  aniq  bir 
yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir. 
 Ikkinchi  tamoyil  mutaxassislikka  oid  bilimlarni  chuqur  o‘zlashtirib  qizg‘in  pedagogik 
faoliyat uslubini belgilash. 
Uchinchi  tamoyil  pedagogik  mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etishda  axborot  va  kompyuter 
texnologiyalari  vositalaridan  samarali  foydalanishni  mukammal  bilish  tushuniladi.  Bunda 
ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  xizmat  qiladigan  pedagogik  texnologiyalar  ham  e’ti-
borga olinadi. 
To‘rtinchi  tamoyil  ta’lim-tarbiya  birligini  ta’minlagan  holda  pedagogik  faoliyatni 
rejalashtirish.  Ushbu  tamoyil  reja  asosida  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyatni  tartibga  solish,  uning 
modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan. 
Pedagogik  faoliyatni  aniq  maqsadlar  asosida  rejalashtirmasdan  turib  shaxsni  va  jamoani 
tarbiyalash  va  ularni  har  tomonlama  kamol  toptirishning  ustuvorligini  ta’minlash  mumkin  emas, 
bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va 
hisobga  olish  o‘qituvchi  faoliyatini  muntazam  kuzatib  borish  yutuq  va  kamchiliklarini  aniqlash, 
muhimlarini  ajratib  olishni  nazarda  tutadi.  Hisobga  olishning  eng  maqbul  yo‘li  statistik  hisobga 
olishdir. Pedagogik nazoratda obyektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik 
talab qiladi. 
O‘qituvchi  mehnatini  nazorat  qilish  va  hisobga  olishning  muntazamligi,  izchilligi 
quyidagilardan tashkil topadi: 

 
o‘quv  materiallari  va  tarbiyaviy  tadbirlarga  tayyorlanishni  o‘zi  tomonidan  nazorat 
qilinishi; 

 
darsdan  tashqari  vaqtlarda  ta’lim-tarbiyani  nazorat  qilish  va  o‘zining  yutuq  va 
kamchiliklarini kuzatish; 

 
o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi; 

 ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish; 

 
o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish. 
O‘qituvchi  mehnatini  ilmiy  asosda  har  jihatdan  mukammal  tashkil  qilish 
mamlakatimizning mustaqillik prins iplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‘shishga qodir yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining 
qizg‘in  mehnatini  pedagogik  jamoa,  ota-onalar,  oila,  mahalla  qo‘mitalari,  turli  jamoatchilik 
markazlari  bilan  o‘zaro  puxta  hamkorlikda  olib  borgandagina  ta’lim-tarbiyaning  samaradorligi 
yanada oshadi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish