1) Obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ munosabati tarbiyaviy texnologiya
modelida asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi deb e’tirof etiladi. Unda tarbiyalashni amalga oshiradigan
o‘qituvchi yoki shaxslar guruhi, shuningdek manfaatlari doirasida tarbiyaviy o‘zaro ta’sir ko‘rsa-
tishni tashkil etuvchi shaxs yoki ijtimoiy muhit guruhi (masalan: sinf guruhi) tushuniladi.
2) Tarbiyaviy reja asosida tarbiyalashning bir maqsadga yo‘naltirilganligi, tarbiyaviy
texnologiya unsurlarini modellashtirishda o‘qituvchi tomonidan belgilangan hamda obyektni
tarbiyalashdan ma’lum bir maqsadni ko‘zlash yoki faraz qilishdir. Ushbu jarayon asosida
o‘qituvchi ishtirokida olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatning bir maqsadga qaratilganligi aniq
mazmunga ega tarbiyaviy vositalarda, shakl va metodlarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |