faoliyat – ongli ruhiy faoliyat bilan boshqariladigankishining ichki, tashqi faolligi.
FAOL TA’LIM – ta’lim jarayonida tarbiya beruvchi va ta’lim oluvchilarning ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta’minlovchi tizimiy-pedagogik jarayondan iborat. FT sharoitida o‘zlashtirilgan bilim va ish harakat usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo‘llanishga yaroqli bo‘ladi. Bunda asosan quyidagi ta’lim metodlari foydalaniladi: bahs-munozara, fikrlashga jalb qilish, doskada mustahkamlash yoki pinbort, ishbilarmonlik, rolli o‘yinlar, aqliy hujum, kitob (manbalar) bilan ishlash, tanqidiy fikr, muloqat-nazorat darsi va h.k.
FAOL O‘RGANISH – tadqiq qilish (ijod) va o‘rganishga qiziqishni (intilishni) yuzaga chiqaruvchi faoliyat yondashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |