o‘z-o‘zini anglash – insonning o‘zi haqidagi tasavvurlar - hulq-atvori, faoliyati va ehtiyojlarini anglashida namoyon bo‘ladi.
o‘qitishni individuallashtirish – ta’lim mazmunini o‘quvchi shaxsi, uning individual xususiyatlariga moslash.
O‘QITISH VOSITALARI – ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari – asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir.
Dars jarayonida tabiiy yoki tasviriy ko‘rgazmali materiallar laboratoriya yoki namoyish qismi mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan qurol va asboblar o‘quv, kino uskunalari, proeksion fonar mikroskop va boshqa apparatlar, shuningdek mavzuga oid boshqa o‘quv materialaridan keltirilgan dalillar (ma’lumotlar, isbotlar, ta’rif, qoida)ning ishlatilishidir.
HAMKORLIK – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro muloqatiga asoslangan ijodiy faoliyat jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |