Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Abstinent sindrom
Abstinent  sindrom   katta  m iqdorda  va  doim o  alkogol  ichib 
yuradiganlarda ro‘y beradi va turli darajada ifodalangan psixovegetativ, 
nevrologik  va  somatik  buzilishlar  bilan  nam oyon  bo‘ladi.  Ushbu 
buzilishlar zarur  miqdorda  alkogol  iste’mol  qilgandan  keyin  kam a- 
yadi  yoki yo‘qoladi.  Abstinent  sindrom ni  xalq  orasida  “alkogoldan 
judo  bo‘lganlik”  sindromi  deb  ham  atashadi.
Abstinent sindromining klinik belgilari turlicha  namoyon bo‘lishi 
mumkin va uning ba’zi turlarida  nevrologik,  b a’zilarida  ruhiy-hissiy, 
boshqa  birlarida  somatik  buzilishlar yaqqol  ko‘zga  tashlanadi,  biroq 
ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o ‘rin kasb etadi.  D em ak 
ichkilik ichib yuradigan odam  aroqdan to ‘ygandan keyin uni iste’mol 
qilmay  qo‘ysa,  abstinent  sindrom  rivojlanadi,  bunda  bem or  ju d a 
bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o ‘tira olmaydi, o ‘zini 
xotin  bola-chaqalariga  nisbatan  agressiv  tutadi,  aroq  topib  berishni 
talab  qilaveradi, janjal  ko‘taradi,  xulq-atvori jinnisifat  bo‘lib  qoladi.
Abstinent  sindrom  b a’zi  bem orlarda  kuchli  agressiv  holat  bilan 
namoyon  bo‘lsa,  b a’zi  bem orlarda  apatiya  bilan  nam oyon  b o ‘ladi, 
ya’ni  bem or  yigMayveradi,  atrofdagilardan,  ayniqsa,  um r  y o'ldo - 
shidan  kechirim  so'rayveradi:  “boshqa  ichm aym an,  lekin  hozir, 
albatta,  aroq  topib ber,  boMmasa o ‘lib qolam an”  deb yolvoraberadi. 
Haqiqatan  ham, yetarli m iqdorda aroq ichgandan keyin tinchlanadi 
va uxlab qoladi.
Shuningdek,  abstinent  sindrom da  qon  bosimning  tushib  ketishi 
yoki  aksincha,  juda  yuqori  ko‘tarilishi,  rangining  oqarib-ko‘karib 
ketishi,  mavjud  somatik  kasalliklarning  qo‘zg‘ashi,  ayniqsa,  bem or 
sigaret chekadigan boMsa va unda surunkali bronxit bo‘lsa,  uni qattiq 
yo'tal tutishi  mumkin.  Bunday vaziyatlar b a’zan o ‘lim bilan tugaydi. 
Shuningdek,  kuchli  bosh  og‘rig‘i,  bosh  aylanishi,  ko‘ngil  aynishi  va 
qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya,  muvozanatning 
buzilishi  kabi  belgilar ham  kuzatiladi.  Bem or uxlay olmaydi,  yom on 
tushlar  ko‘rib  uyg‘onib  ketadi,  miyasiga  suitsidal  fikrlar  keladi.
Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bem orlarda turlicha 
nam oyon bo‘ladi,  b a’zan bu belgilar uning oila va jam iyatda tutgan 
o ‘rniga,  mizojiga,  somatik  va  ruhiy  holatiga  ham   bog‘liq  boMadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday bo‘Isa-da,  o ‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda  hurm at va 
e ’tiborga  ega  bo'lgan,  biroq  ichkilikni  xush  ko‘radigan  shaxslarda 
abstinent  sindrom  rivojlansa,  ular  o ‘ta  sharmandali  ahvolga  tushib 
qolishi  mumkin.  U lar  yaqin  do‘stlarini  ham  qattiq  haqorat  qilib, 
uzoq yillik do‘stona munosabatlarni umrbod uzib qo‘yishlari mumkin. 
Shuning uchun  ham  alkogolizmdan  oila va jamiyatga  ham  moddiy, 
ham  m a’naviy  katta  ziyon  yetkazilishini  e ’tiborga  olsak,  haqiqatan 
ham  alkogolizm  katta  ijtimoiy  muamrno  ekanligining  yana  bir  bor 
guvohi  bo‘lamiz.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish