Z ibodullayev


Epilepsiyada ruhiy buzilishlar



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Epilepsiyada ruhiy buzilishlar
Epilepsiyada bemor xulq-atvorming turli darajada o'zgarishi bilan 
kechuvchi  ruhiy buzilishlar kuzatiladi.  Boshqa  ruhiy buzilishlardan 
farqli oMaroq, epilepsiyada bem or shaxsining o ‘zgarishi o‘ziga xosligi 
bilan ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy am aliyotda “epileptik 
xulq-atvor” degan  ibora paydo bo‘ldi.  Bunday bem orlar juda ezma, 
qaysar, besabr, tez xafa bo  ladigan,  kayfiyati tez o ‘zgarib turadigan, 
arz im a g a n   m ayda  ish la rg a  o ‘rala sh ib   y u ra d ig a n ,  te z   ja n ja l 
ko ‘taradigan,  mayda  gap  va  jahldor  b o ‘lishadi.  Albatta,  bem orda 
bu  belgilar turli  darajada  ifodalangan  boMishi  m um kin  va  ularning 
qanchalik yaqqol nam oyon bo'lishi tutqanoq xurujlarining naqadar 
ko ‘p kuzatilishiga,  epilepsiya turiga va bem orning davolanish tarziga 
bog'liq.  Yaxshi  kayfiyatda yurgan  bem or birdan  o'zgarib  qolishi  va 
q o ‘pol  so‘zlar  bilan  yaqinlarini  haqorat  qila  boshlashi  mum kin. 
Bunday holat u biror narsasini topa olm asa, uning qilayotgan ishiga 
chetdan  kimdir  aralashib  xatosini  ko'rsatsa,  uning  fikriga  zid  fikr
www.ziyouz.com kutubxonasi


bildirsa  va  h.k.  ro‘y  beradi  Bunday  paytlarda,  bemor  tezda  janjal 
ko‘tarib urishib ketadi, b a’zan arzimagan  narsadan ko‘tarilgan janjal 
affekt darajasigacha ko‘tarilishi  mumkin va bemor o‘ziga yoki  atrof- 
dagilarga  tan jarohatini  yetkazib  qo‘yishi  mumkin.  Shuning  uchun 
ham ,  bunday  bem orlarni  davolayotgan  vrachlar  ularni  psixiatr 
nazoratiga yuborishi kerak.  Demak, xulq-atvorning keskin o'zgarishi 
bilan  kechadigan  epilepsiya  kuzatilgan  bemor  psixiatr  nazoratida 
turishi va unda davolanishi kerak.
Epilepsiyada bemorlarning xulq-atvoridagi o ‘zgarishlar, b a ’zan, 
“ijobiy” tus olgan boiadi.  Masalan,  ularbirovlarga keragidan ortiqcha 
mehribon,  bosh  yordamchi,  kulib  turadigan,  muloyim,  har qanday 
ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir.  Bu mehribonlik b a’zi 
hollarda oila a’zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi. Shunday bo‘lsa- 
da, ularning jahlini chiqarish oson,  qilayotgan ishlariga mos e ’tiborni 
sezmasa  yoki  tanbeh  olsa,  ular  yana  o ‘zgarib  qoladi,  qaysar  va 
o‘ja r  bo‘lib  qoladi.  Bemor birorta  odam dan  qattiq  ranjisa,  u  bilan 
muloqotga bormasligi mumkin.
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning tafakkur doirasida ham 
patologik o'zgarishlar paydo bo‘ladi,  ya’ni fikrlar inertligi kuzatiladi. 
Ularda fikrlar teranligi susayadi,  diqqatni birjoyga qo‘ya olishmaydi, 
diqqat-e’tiborni  talab  qiluvchi  aqliy  mashqlarni  bajarishda  qiynali- 
shadi yoki uddasidan chiqa olmaydi.  Bir ishga kirishib ketib,  oxiriga 
yetkaza olmay tashlab qo'yishadi.  Ishlarning eng asosiysini va ikkinchi 
darajalisini ajrata olishmaydi,  mayda keraksiz ishlarga o ‘ralashib qolib 
ketishadi.
Fikrlar  inertligi  bemorning  nutqida  ham  aks  etadi.  Berilgan 
savollarga  lo 'n d a  qilib javob  bera  olmaydi,  bir  aytgan  gapini  keyin 
yana bir necha bor takrorlashi mumkin yoki suhbat boshida tushunarli 
bo‘lib qolgan voqeani yana hadeb gapiraveradi. Ular hissiyotga berilib 
so‘zlashadi,  b a’zan  kamgap,  b a ’zan  sergap  bo‘lishadi,  bu  -  bem or­
ning kayfiyatiga bog‘liq.
Epilepsiya bilan kasallangan ba’zi bemorlar yolg'onga o ‘ch boMsa, 
boshqa birlari haqiqatparvar bo‘lishadi, adolatsizlikka chiday olishmaydi. 
Uning uchun begona bo‘lgan odam  nohaqlikdan aziyat cheksa,  uzoq 
vaqt  u  haqida  gapirib  yuradi,  qoMidan  kelsa,  yordamga  shoshadi. 
Ba’zi bem orlar uyni va  ishxonasini juda saranjom va  sarishta tutadi, 
ozoda yuradi,  chiroyli kiyinadi, ya’ni ular tartibga qattiq rioya qilishadi.
Yoshi katta bemorlarda puerilizm, ya’ni bolalarga xos xulq-atvor 
kuzatiladi.  Bu  holat  ko‘proq  ayollarda kuzatiladi.  Ularning  nafaqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


xatti-harakatlari, balki fikrlash  doirasi  ham yoshidan  orqada qolishi 
mumkin.  Ba’zan esa, 5-7 yashar bolalar o ‘z yoshiga mos kelmaydigan 
aql-zakovatni  ko‘rsatishi  m um kin.  U lar  xuddi  k attalard ek   fikr 
yurgizishadi,  foydali  m aslahatlar berib  qo‘yishadi.  Ba’zi  o ta-on alar 
boladagi  bunday  qobiliyatdan  q o ‘rqib  ketib,  bolani  psixiatrga  ham  
ko'rsatib  yurishadi  yoki  bo‘lmasa  faxrlanib  yurishadi  va  boladagi 
noyob  qobiliyatni  epilepsiya  bilan  bog'lashmaydi.  D em ak,  boshqa 
ruhiy  kasalliklardan  farqli  o ‘laroq,  epilepsiya  bir-biriga  zid  b o ‘lgan 
ruhiy o ‘zgarishlar bilan  kechuvchi  kasallikdir.
Aytib  o ‘tilganidek,  epilepsiya  kasalligida  kuzatiladigan  shaxs 
buzilishlari  darajasi  kasallikning  qaysi  yoshda  boshlanganligiga, 
xurujlar  soni  va  turiga,  o ‘tkazilayotgan  davolash  m uolajalarining 
qanday olib borilayotganligiga uzviy bog‘liq.  Kasallik qanchalik erta 
yoshda boshlangan bo‘lsa,  xurujlar hadeb takrorlanaversa  (ayniqsa, 
hushning  yo‘qolishi  bilan  kechuvchi  xurujlar),  bem o r  shaxsidagi 
patologik  o ‘zgarishlar  shunchalik  tez  rivojlanadi  va  o g 'ir  kechadi. 
Ayniqsa,  bosh  miyaning  chakka  b o ‘lagi  zararlanishi  sababli  yuzaga 
kelgan epilepsiyalarda shaxs buzilishlari  kuchli  ifodalangan b o ‘ladi.
Epilepsiyada  kuzatiladigan  tafakkur  buzilishlari  ch u q u r  ifoda­
langan  hollarda  aqli  zaiflik  rivojlanganligi  h aqida  s o ‘z  ketadi. 
Epilepsiyada  turli  darajada  ifodalangan  aqli  zaiflik  kasallik  bolalik 
davrida boshlangan holatlarda ko‘p kuzatiladi va u deyarli  har ikkinchi 
bem orda  nam oyon  bo'ladi.  Buning  sababi,  bolalarda  oliy  ruhiy 
funksiyalaming  to ‘la  shakllanmaganligidir.  Shuning  uchu n   ham , 
bolalik davrida kuzatiladigan bosh  miyaning har qanday og‘ir kasalligi 
ruhiyat va tafakkurning u yoki bu darajada buzilishlari bilan  kechadi. 
Epilepsiya bilan  kasallangan bem orlarda keyinchalik bosh  miyaning 
turli  kasalliklari  kuzatilsa,  m asalan,  bosh  miya jaro h ati,  m eningit, 
qon  tom ir  kasalliklari,  alkogolizm  va  h.k.,  tu tqanoq  xurujlari  va 
ruhiy  buzilishlar  kuchayishi  mum kin.
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol 
ifodalangan  sindromlar  bilan  kechishi  m um kin.  B ular  disforiya, 
deliriy,  oneyroid  sindrom ,  gallutsinatsiyalar,  ep ilep tik   stu p o r, 
amneziya,  alahsirovchi  psixozlar,  patologik  uyqu  va  h.k.  Bularning 
ichida eng ko‘p uchraydigani disforiya bo‘lib, u bem orda hech qanday 
sababsiz  paydo  bo‘laverishi  mumkin.  Disforiya  nafaqat  kayfiyatning 
buzilishi bilan, balki sababsiz xavotir,  siqilish,  qo‘rquv,  gum onsirash, 
miyaga  turli  fikrlarning  yog'ilib  kelishi,  suitsidal  fikrlar,  birovni 
o‘ldirish,  o ‘g‘rilikka  intilish  hissi  kabi  belgilar  ham   kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Juda  kam  holatlarda  kayfiyatning  ko‘tarilib  yurishi  kuzatiladi. 
U lar  begona  odam   bilan  ham   (keldi-kelmadi)  hazillashaveradi, 
biror-bir kulgili voqea  o ‘ylab topib gaplashib  ketaverishadi,  masxa- 
rabozlik  ko‘rsatishadi,  uyatsiz  latifalar o ‘ylab topishadi,  gap orasida 
hadeb kechirim so‘rayverishadi.  Tanish odamlarni uchratib qolishsa, 
yig‘lab ham olishadi.  Ba’zi bemorlarda jinsiy faollikning oshib ketishi 
ham  kuzatiladi.
Epilepsiyada  stupor  turli  darajada  ifodalangan  bo‘lishi  mumkin: 
oddiy  kam harakatlikdan  tortib,  qotib  qolishgacha.  Qotib  qolgan 
bemorlarda mutizm kuzatiladi, biroq ular birovning so‘zi va harakatini 
takrorlashi  ham  mumkin.  Odatda,  stupor  bir  necha  minutdan  bir 
necha soatgacha davom etadi.  Stupor to‘satdan to‘xtab faol harakatlar 
paydo bo‘lishi va bemor atrofdagi  narsalarni otib yuborib, yonidagilar 
bilan  urishib  ketishi  mumkin.  Stupor,  odatda,  xurujlardan  keyin 
kuzatiladi, bunda to‘la va qisman amneziya ham kuzatiladi.
Epilepsiyada  to ‘satdan  paydo  b o ‘luvchi  depersonalizatsiya, 
derealizatsiya,  katapleksiya,  anozognoziya kuzatiiishi  mumkin.  Bu 
sim ptom larning klinik manzarasi  awalgi boblarda keltirilgan.
Epilepsiyada alahsirash bilan kechuvchi  psixozlar,  odatda,  o ‘tkir 
va  surunkali  ko'rinishda  nam oyon bo‘ladi.  0 ‘tkir  psixozlarda birov 
uni  ta ’qib  qilayotgandek,  zaharlamoqchidek,  og'ir  tana  jarohati 
yetkazmoqchi bo'layotgandek tuyuladi.  Bu holatni epileptik paranoyya 
deb  ham   atashadi va u bir  necha  kundan bir necha  oygacha  davom 
etishi  m um kin.  Odatda,  disforiya  bilan  paydo  bo'lgan  o ‘tkir  psi­
xozlar  qisqa  vaqt  davom  etadi.  Psixozlar  to ‘satdan  paydo  bo'lishi, 
yo‘qolib  ketishi,  pasayishi va bir necha kunlardan keyin yana paydo 
bo‘lishi  mumkin.
Surunkali  psixozlar  ham   paranoid  va  parafrenik  belgilar  bilan 
nam oyon bo'ladi va,  odatda,  epileptik oneyroid,  deliriy yoki boshqa 
psixopatologik holatlardan keyin rivojlanadi.  Surunkali psixozlarning 
klinikasida  alahsirash  asosiy  belgilardan  biri  hisoblanadi  va  u  tez- 
tez  takrorlanib  turadi.  Bunda  ham   ta ’qib,  zaharlanish  va  shu  kabi 
belgilar  ko‘p  kuzatiladi.
E pilepsiyada  ruhiyat,  hissiyot  va  tafakkurning  buzilishlari 
kasallikning  so‘nggi  bosqichlarida  kuchli  rivojlangan  va  klinik 
m anzarasi  yaqqol  ifodalangan  b o ‘ladi.  Ruhiy  buzilishlar  yaqqol 
ifodalangan bemorlarda tutqanoq xurujlari butunlay to'xtagan bo‘lishi 
ham   mumkin.  Shuning uchun  ham psixiatrlar epilepsiyaning so‘ngi 
bosqichlarida  tutqanoq  xurujlari  o ‘rnini  ruhiyatning  buzilishlari 
egallaydi,  deb  aytishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aksariyat davlatlarda epileptologlarassotsiatsiyalari  mavjud.  Bir 
qancha  ilmiy  jam iyatlar,  laboratoriyalar  va  institutlar  epilepsiya 
kasalligi  va  uni  davolash  ustida  ilm iy-tadqiqot  ishlarini  olib  borish- 
moqda.  Yiliga  epilepsiyaga  oid  yuzlab jiddiy  ilmiy  m aqolalar  chop 
qilinm oqda  va  samarali  dorivor  vositalar  ishlab  chiqarilm oqda. 
Epilepsiyani davolash bo‘yicha xalqaro standartlar ishlab chiqilmoqda 
va bunga bemorlarni davolovchi barcha vrachlar amal qilishlari zarur. 
Bemorlarni  davolashda  antikonvulsantiarni  ko‘r-k o ‘rona  tavsiya 
qilavermasdan,  epilepsiyaning turini va unga ta ’sir qiluvchi samarali 
dorilarni to ‘g ‘ri aniqlab olish  zarur.  Kuzatilgan bitta xurujdan  keyin 
darrov  antikonvulsantlar tavsiya  qilish  ham  n oo‘rindir.
Aksariyat  mutaxassislar tutqanoq xurujlari 2-3  m arta  kuzatilgan- 
dan keyingina epilepsiya diagnozi  ustida so‘z yuritish va uni davolash 
rejasini  tuzish  mumkin  deb  hisoblashadi.  Ba’zi  mutaxassislar  yilda 
1  yoki  2  marta  tutqanoq  xurujlari  kuzatiladigan  bem orlarga  ham 
antikonvulsantlar  buyurish  shart  emas,  deb  hisoblashadi.  Albatta, 
agar xurujlar soni ko‘paymasa,  antikonvulsantlar bermaslik mumkin, 
biroq, ularni vrach nazoratiga olish zarur.  Chunki xurujlar keyinchalik 
ko'payishi va har haftada yoki  h ar kuni  kuzatila boshlashi mum kin.
Davolashning  muvaffaqiyatli  kechishi  to ‘g ‘ri  aniqlangan  diag- 
nozga va to‘g‘ri tanlangan dori turiga bog‘Iiq.  Dastlab antikonvulsantlar 
kam miqdorda beriladi va ularning miqdori oshirib boriladi.  M a’lum 
birsam araga  erishilgandan  keyin  dori  berish  ko'rsatilgan  miqdorda 
davom  ettiriladi.  Agar  tanlangan  antikonvulsant  sam ara  bermasa, 
uning  miqdori sekin-asta kamaytirilib, boshqa doriga o ‘tiladi.  Dorini 
birdan  to'xtatish   m um kin  em as,  ayniqsa,  u  y uqori  m iqdorda 
berilayotgan bo‘lsa.  Iloji boricha dorini ertalab va kechkurun tavsiya 
etish  zarur,  buning  uchun  ta ’sir  kuchi  12  soat  davom   etadigan 
dorilarni  tanlagan  m a’qul.  U larning  soni  ko‘p.  Chunki  ertalab  va 
kechqurun hamma uyda bo'ladi va bemorga dori ichishni eslatuvchilar 
ko‘p  b o ‘ladi.  Juda  ko‘p  mutaxassislar  (hattoki,  bem orlarning  o ‘zi 
ham)  xurujlarning  takrorlanishiga  va  qayta  paydo  b o ‘lishiga  dori 
ichishni unutish  sabab  deb  bilishadi.  Aksariyat  holatlarda,  dorining 
kunduz  kuni  ichiladigan  qismi  unutiladi.  Epilepsiyaning  aksariyat 
turlari uchun fikrlar inertligi va xotira buzilishi xos.  Ba’zan uyda ham 
bem or  dorini  ichdim,  deb  o ‘ylaydi,  kecha  qabul  qilgan  dorisini 
xuddi  bugun  ichgandek  tu y u lad i  va  shu  sababli  ham   xurujlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


takrorlanishi  mumkin.  O datda,  dorini  ichishni  to ‘xtatgandan  2-3 
kun  o ‘tib,  xuaij  paydo  bo‘ladi.  Xurujlar dori  ichib  yurgan  taqdirda 
ham  takrorlanaversa,  uning  miqdorini  bem orlar  vrach  ruxsatisiz 
oshirmasligi kerak yoki bu dori foyda qilmadi deb, to ‘xtatib qo‘ymaslik 
kerak.  Bu og'iroqibatlarga olib  kelishi  mumkin.
Hozirgi  paytda  epilepsiyada  monoterapiyaga  k o ‘proq  e’tibor 
qaratilm oqda,  chunki  mutaxassislarning  fikricha,  epilepsiyaning 
aksariyat turlarini birxil dori berib davolash mumkin.  Epilepsiyaning 
ba’zi  turlarida  esa  2-3  xil  antikonvulsantni  birgalikda  tavsiya  etish 
mumkin,  biroq  undan  ortig‘ini  emas.  Lekin  bir-birining  ta ’sirini 
pasaytiradigan yoki organizmga zaharli ta ’sir ko‘rsatadigan dorilarni 
bemorga tavsiya qilmaslik kerak.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish