Z ibodullayev


  Diqqatning  fiziologik  mexanizmlari



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

4.2.  Diqqatning  fiziologik  mexanizmlari
Barcha ruhiy jarayonlar singari diqqat ham bosh miya faoliyatining 
bir  ko ‘rinishidir.  D iqqat  jarayonida  bosh  m iyada  nim alar  sodir 
b o ‘ladi?  M a’lumki,  turli  xil  vazifalarni  ado  etuvchi  ko‘pgina  asab 
hujayralarining bir qismigina diqqat paytida faol  holatda bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M uayyan  faoliyat  bilan  mashg‘ul  boMgan  va  unga  m oslashgan 
ana shunday hujayralarning yig‘indisi asab qo‘zg‘alishining «markazi» 
deb  ataladi.  N erv  induksiyasi  to ‘g ‘risidagi  qonunga  m uvofiq  ushbu 
markazning atrofidagi hujayralar «mudroq» yoki torm ozlanish hola- 
tida  b o ‘ladi.  Bordi-yu,  kishi  diqqat  bilan  tinglasa,  bu  paytda  nutq 
tovushlarini  idrok  etadigan  hujayralar  q o ‘zg‘algan,  yaqin  atrofdagi 
ko‘rish,  sezish,  ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa  m arkazlarning 
hujayralari torm ozlangan bo‘ladi.  M asalan,  diqqat bilan tinglovchi- 
ning qulog‘iga faqat notiq nutqi yetib boradi.  Bundan boshqa narsalarga 
tinglovchi  e ’tibor  qilmaydi  yoki  sezmaydi.
A.A.Uxtomskiyning  ta ’kidlashicha,  torm ozlangan  markazlarga 
tushuvchi signallar o ‘sha  markaz  hujayralari  qo‘zg‘alishini  kuchay- 
tirishi mumkin. Ayni paytda begona, ortiqcha ta’sirlar diqqatga xalaqit 
beribgina qolmay, balki uni yaxshilashi ham  mumkin.  Bunday mexa- 
nizm qo‘zg£alishning asosiy o ‘chog‘i yetarli kuchga ega b o ‘lgandagina 
amalga oshadi.  Kuchli o‘tkinchi og‘riq bunga misol bo‘la oladi.  Bunda 
har  qanday  ta ’sir  (qo‘ngMroq,  tovush,  yorugMik)  uni  kuchaytirishi 
mumkin.
4.3.  Diqqatning  buzilishi
Diqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qilinadi.  Diqqat 
uzoq vaqt zo'riqqanida,  u toliqadi.  Faoliyat  qanchalik  m urakkab va 
mushkul b o ‘lsa,  toliqish  shunchalik  tez boshlanadi.  G ap   shundaki, 
diqqat  qilish  jarayonida  m a’lum  m iqdorda  energiya  sarflanadi, 
miyaning tegishli boMimlarida kimyoviy o ‘zgarishlar kuchayadi. Toliq- 
qan  nerv  hujayralari  tiklanishi  uchun  vaqt  (dam )  kerak.  Q andaydir 
ishdan,  aytaylik,  m atem atik  hisoblashlardan  charchab,  jism oniy 
ishga yoki boshqa aqliy mehnatga o ‘tilsa ham miya dam olishi va diqqat 
biroz yaxshilanishi  mumkin.  D em ak,  nerv hujayralarining  muayyan 
ishga aloqador ayrim guruhlarigina toliqib, boshqa funksional guruhlar 
esa  charcham agan  boMadi.  Bir  narsa  yoki  ish  bilan  uzo q   vaqt 
shug'ullangandan  ko‘ra,  navbatm a-navbat  bir  necha  ishlar  bilan 
mashg‘ul  boMish  maqsadga  muvofiqdir.  Shu  fikr-m ulohazalarni 
hisobga olgan holda o'quv mashg'ulotlarini tuzishda m azm unan bir- 
biriga o ‘xshash fanlarni,  masalan,  m atem atikaga oid  fanlarni  birin- 
ketin  q o ‘ym aslik  kerak,  o ‘z - o ‘zid an   ravshanki,  m a sh g ‘u lo tla r 
almashganda,  diqqatni  muayyan  vaqtgacha  saqlab  qolishga  im kon 
yaratiladi.  Aks  holda,  um um iy  toliqish  yuz  beradi  va  keyinchalik 
diqqat obyekti  almashinuvi  foyda berm aydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K atta  individual  tafovutlarga  ega  bo‘lgan  diqqatning  fiziologik 
toliqishidan tashqari, ko'pgina xastaliklarda,  masalan,  bosh miyaning 
qon to m ir kasalliklarida,  miya jarohatlarida,  turli zaharlanishlardan 
keyin ham  diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi.  Bemor diqqati- 
ning  ortiqcha  toliqqanligini,  uning  kasallikka  qadar  bo'lgan  ish 
qobiliyati  bilan  solishtirib  k o ‘rib  aniqlash  mumkin.  Yetarlicha dam  
olib,  um um iy  quw atga  kirituvchi  davolashdan  so‘ng  diqqat  toliq- 
qanligi  o ‘tib  ketishi  mum kin.
D iqqatning  boshqa  tez-tez  uchrab  turadigan  buzilishi  —  uning 
chalg‘iganligidir.  Diqqat chalg'iganligining ikki turi — tashqi va ichki 
turi  mavjud.  Bordi-yu,  kitob o ‘qib, varaqlarni sanaganimizda, bayon 
ipini y o ‘qotganligimizni  payqab qolamiz,  xayolimiz esa kitob m az- 
m unidan uzoqlashib,  chalg‘ib ketadi.  Bu esa diqqatning ichki chalg‘i- 
ganligidir,  bu yerda bizni ichki kechinmalar chalg‘itadi.  D iqqatning 
tashqi chalg‘iganligida esa kitob o ‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi 
ta ’sirlar:  eshiklarning  taraqlashi,  uzuq-yuluq  gaplar  va  hokazolar 
chalg'itadi.
Toliqish,  m aterialni  tushunmaslik,  obyektga  qiziqish  yo‘qligi 
diqqat  chalg'iganligining  sabablaridan  sanaladi.  Bundan  tashqari, 
kuchli  kechinm alar,  ushalm agan  orzu-niyatlar  ichki  chalg'iganlik 
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o‘chog‘ini 
yaratadi.  Bunda  diqqatga  aloqador  birm uncha  kuchsiz  qo‘zg‘alish 
o ‘chog‘i, dom inanta qonuniga muvofiq, miyada paydo bo‘lgan kuchli 
qo ‘zg‘alish  bilan  raqobat  qila  olmaydi.  Kasai  odam larda  diqqat 
chalg‘ishi,  uning  o ‘z  dardini  o ‘ylab  nechog'lik  hayajonlanganiga, 
tanasidagi og‘riqlarga, xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo bo'lishiga 
ko ‘p bog‘liq b o ‘ladi.  Agar qo‘zg‘aluvchanlikning tegishli o'choqlari 
jud a  yaqqol  ifodalangan  b o ‘lsa,  diqqatni  zarur  bo‘lgan  obyektga 
jalb  qilish  ham  yaxshi  ifodalangan  bo'ladi.
Vrach  og'ir  bem orlar  bilan  suhbatlashar  ekan,  bunday  bem or­
larni  o ‘sha  suhbat  yoki  maslahat  mavzuiga jalb  etish  ehtimoli juda 
kam bo‘lishini esda tutishi lozim.  Shuning uchun, doktorning so'zlari 
sodda, lo‘nda va tushunarli bo‘lmog‘i  kerak, ana shundagina u bemor 
diqqatini  o ‘ziga  jalb  qila  oladi.  Diqqat  chalg'iganligini  ko'pincha 
parishonxotirlik deb ham  atashadi.  Bir holda u diqqatning tashqi va 
ichki  chalg'iganligiga  bog‘liq  bo'ladi,  u  bilan  yuqorida  tanishib 
chiqqan  edik.  Bunday  parishonxotir  odam   tashqi  ta ’sirlardan  va 
o ‘zga  fikrlardan  chalg‘ib,  o ‘z  diqqatini  uzoq  saqlab  tura  olmaydi. 
Parishonxotirlikning  boshqa  turi,  aksincha,  diqqatni  bitui  narsaga
www.ziyouz.com kutubxonasi


uzoq  qaratishga aloqador b o ‘ladi.  C hunonchi,  o ‘z  kashfiyoti  ustida 
fikr  yurgizayotgan  olim,  bunga  shunchalik  berilib  ketadiki,  unga 
qaratib aytilgan savollami eshitmasligi yoki poyma-poy javob qilishi, 
yonidagilarga e ’tiborsiz bo‘lishi m um kin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xalaqit beruv- 
chi  sabablami  imkoni  boricha b artaraf etish  lozim.  Agar  p arishon- 
xotirlik va  diqqatning  boshqa  buzilishlari  markaziy asab  tizim ining 
kasalliklari  sababli  rivojlansa,  tegishli  davo  choralari  o ‘tkaziladi. 
Buning  uchun  bosh  miya  po‘stlog‘ida  q o ‘zg‘alish  va  torm ozlanish 
jarayonlarini  idora  etuvchi  dorivor  vositalar,  m asalan,  trankvi- 
lizatorlar,  psixostim ulyatorlar va  nootroplar  tavsiya  qilinadi.  Aqliy 
m ehnat jismoniy m ehnat va sport bilan birgalikda olib borilsa,  diqqat 
buzilishining  oldini  oladi.
Diqqatni chiniqtirish ham  mumkin.  Buning uchun turli m ashqlar 
mavjud.  Shulardan  bittasi  16-rasmda  keltirilgan.  U nga  qarab,  iloji 
boricha  1  dan 90 gacha bo‘lgan raqam ni adashmasdan topib chiqing. 
Bu mashqni o ‘rtoqlaringiz bilan bajaring.  90-raqamga tez yetib kelgan 
talabaning  diqqati  o ‘tkir  bo'ladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish