Gallutsinatsiyalar deb, aslida bem or oldida mavjud b o ‘lm agan
obyektlami va hodisalarni idrok qilishga aytiladi. G allutsinatsiyalar
bosh miya p o ‘stlog‘ida inert qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va uning
dominantlik vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Inert qo‘z-
www.ziyouz.com kutubxonasi
g‘alish bosh miya po‘stlog‘ining umum iy tormozlanishi oqibatida
paydo bo'ladi. Bosh miyada m oddalar almashinuvining buzilishi
ham gallutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin. K o‘rish, eshitish, hid
va t a ’m bilish ham da um um iy sezgi bilan bog'liq bo'lgan gallut-
sinatsiyalar farq qilinadi.
G allutsinatsiyalar soxta tasaw u r hisoblanadi, chunki ular atrof-
m uhitda mavjud bo'lm asa ham bem or fikrida paydo bo‘laveradi.
B a’zan bemorga o ‘zi idrok qilayotgan narsa, hodisalar haqiqatan
ham bordek tuyuladi va o ‘zi ham bunga ishonadi. Gallutsinatsiyalar
shizofreniya kasalligida ko‘p kuzatiladi. Nevroz bilan xastalangan va
tez-tez affekt holaiiga tushib turadigan bem orlarda ham gallut-
sinasiyalar bo‘lib turadi. Gallutsinatsiyalar sog'lom odamda ham
kuzatilishi mumkin. M asalan, sahroda adashib qolib bir o ‘zi keta-
yotgan odam ga suv, qishloq, daraxtzor yoki u tom onga yurib
kelayotgan odam ko‘rinadi. K o‘ruv gallutsinatsiyalarida bemor ko‘z
oldida har xil narsalar ko‘rinadi. N arsalaryo katta (makropsiya), yo
kichik (mikropsiya) bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, bu narsalarning
shakli ham qiyshiq va noaniq bo‘lib ko'rinadi. Gallutsinatsiyalar
nafaqat psixoz yoki nevrozlarda, balki bosh miya po‘stlog‘ini ta ’sir-
lantiruvchi organik kasalliklarda (masalan, o'smalarda) ham kuzatilib,
muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Eshitish gallutsinatsiyalari turli-tum an bo‘ladi. Tovushlar jarang-
dor, b o ‘g‘iq, uzoqdan yoki yaqindan, pastdan yoki tepadan kelgan-
dek bo'lib tuyuladi. Shunga yarasha bemor boshini ham tovush kelgan
tom onga buradi yoki yurib boradi. Verbal gallutsinatsiyalar, ayniqsa,
bem or uchun xavflidir. H ar tom ondan keluvchi ovozlar bemorga
tahdid soluvchi, buyruq beruvchi tarzda b o iib , bemorni yurib bora-
yotgan avtomobil tagiga tashlashni, tom dan sakrashni, o ‘ziga yoki
birovga pichoq sanchishni, sevimli farzandini o ‘ldirishni buyuradi.
Bular imperativ gallutsinasiyalardir. Ovozlarning eng xavflisi —
ularning hadeb takrorlanaverishidir. Bu ovozlar tanish yoki notanish
odamning, ayol yoki erkak kishining ovozi bo‘lishi mumkin. Ovozlar
bir marta paydo bo‘lib to ‘xtab ham qoladi. Bemorning qilgan ishlarini
m a ’qullovchi yoki tanqid qiluvchi ovozlar ham eshitiladi. Taktil
gallutsinatsiyalarda b em o r xuddi terisida biror narsa o'rm alab
yurgandek ust-bo shin i qoqaveradi. H id va t a ’m bilish gallut
sinatsiyalarida bem or badbo‘y narsalarning hidini va ta ’mini sezadi.
G ipnogogik gallutsinatsiyalar bem or ko‘zini yumib uxlamoqchi
b o ‘lganda kuzatiladi. Bunda uning ko‘z oldida har xil qo‘rqinchli
www.ziyouz.com kutubxonasi
narsalar, hayvonlar, yom on odam lar nam oyon b o ‘ladi. K o'zini
ochsa yo‘qoladi. Bu holat bolalarda ham tez-tez uchrab turadi.
Illuziyalar deb, atrof-m uhitda aslida mavjud bo'lgan narsa va
hodisalarni yanglish idrok qilishga aytiladi. D em ak , gallutsi-
natsiyalardan farqli o ‘laroq, illuziyalarda idrok etilayotgan narsalar
mavjuddir, lekin ular noto‘g‘ri qabul qilinadi. M asalan, yerga tushib
yotgan qora chopon uzoqdan xuddi uxlab yotgan itdek, d o ‘ppi esa
mushukdek, qorong'i xonada mixga ilib q o ‘yilgan palto xuddi o ‘g‘ri
turgandek tuyuladi. Illuziyalar ham , xuddi gallutsinatsiyalar singari
ko‘ruv, eshituv, hid va ta ’m bilish turlariga bo‘linadi. Illuziyalar
sog‘lom odamlarda ham uchrab turadi. Masalan, qurilish bo'layotgan
joyda yog‘ochlar uzoqdan xuddi egri joylashgandek, eshik va dera-
zalar qiyshiq q o ‘yilgandek, devordagi chiziqlar egri chizilgandek
bo‘lib ko‘rinadi. B a’zan, quruvchi bulam ing to ‘g ‘riligini maxsus
priborlar yoki dastgohlar bilan tekshirib k o ‘rib ishonch hosil qiladi.
Illuziyalar asosan ruhiy va asabiy buzilishlarda, ayniqsa, toksik
ensefalopatiyalarda va psixozlarda ko‘p kuzatiladi. Turli xil illuziyalar
15-rasmda aks ettirilgan.
Verbal illuziyalarda bir nechta odam ning suhbati bem or uchun
uning ustidan g ‘iybat qilayotgandek yoki fitna uyushtirish uchun
reja tuzilayotgandek eshitiladi. Illuziyalar shizofreniya kasalligi xuruj
qilganda, delirioz va oneyroid holatlar bilan kechuvchi kasalliklarda
ko‘p kuzatiladi.
Psixosensor buzilishlar. Psixosensor buzilishlarga depersonali-
zatsiya, derealizatsiya, anozognoziyalar kiradi. D epersonalizatsiya
sindromida bem or o ‘z shaxsini yanglish idrok etadi, y a ’ni uning
tanasi ikkiga bo‘lingandek, biri o ‘ziga bo‘ysunmayotgandek va boshqa
odamning tanasidek his qiladi. U larda tan a tuzilishini to ‘g ‘ri idrok
qilish ham buziladi: qo‘li yoki oyog'i kattalashib ketgandek, birovning
qo'lidek, yotgan paytlari yonida q o ‘l em as, xuddi yog'och yotgan-
dek tuyuladi. Bem orga «axir bu q o ‘lingiz-ku, yog‘och bunaqa
bo‘lmaydi-ku desa, to ‘g ‘ri lekin, m en q o'lim ni xuddi yog‘ochdek
his qilayapman» deydi. Demak, ularda tanqidiy fikr saqlangan bo‘ladi.
D epersonalizatsiya sindrom i bosh m iyaning o ‘ng yarim shari
(o‘naqaylarda) zararlanganda kuzatiladi.
D erealizatsiya — bem orlar borliqdagi narsalam i va vaziyatni
taniydilar, biroq bu vaziyat ularga boshqachadek tuyuladi. Atrof-
muhitdagi ham m a narsalar noaniq, begona, tushunarsiz, g o ‘yoki
parda bilan o ‘ralgandek b o ‘lib tuyuladi, o ‘zi yashayotgan joyni va u
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |