po‘stlog‘i deb nom olgan. P o‘stloq turli vazifani bajaruvchi ko‘p
miqdordagi asab hujayralari (14 mlrd) to ‘plangan joydir. Bu yerda
murakkab integrativ jarayonlar ro‘y beradi. Analizatorlaming m arka
ziy qismi joylashgan p o ‘stloqda turli toifaga mansub bo‘lgan (ko'ruv,
eshituv va h.k.) sezgilar doimo bir-biri bilan shartli bog‘lanishlar
hosil qilib turishi natijasida odam idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Endi sezgi va idrok uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko‘ruv,
eshituv va teri analizatorlarining anatomo-fiziologik xususiyatlari
to ‘g‘risida to ‘xtalib o'tam iz. K o'ruv ta ’sirotlari ko'zning to ‘r parda-
sida joylashgan yorug‘likka qo‘zg‘aluvchi retseptor hujayralar orqali
qabul qilinadi. Bu hujayralar tayoqchalar va kolbachalar shaklida
b o ‘lib, birinchilari oq-qora tasvirni, ikkinchilari rangli tasvirni qabul
qiladi. T o‘r parda hujayralarida paydo bo‘lgan qo‘zg‘alishlar ko'ruv
nervlari orqali markazga yo‘naltiriladi. Bu impulslar tayoqchalar va
k o lb a ch ala rd a n k o ‘ruv nervlariga, xiazm aga, ko‘ruv trak tig a,
ko‘ruv do‘ngligiga, u yerdan esa k o ‘ruv ta ’sirotlarini analiz va sin
tez qiladigan m arkaz — bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining
ensa sohasida joylashgan 17-maydongauzatiladi. Bu maydonda ko‘ruv
impulslari birlamchi tahlil qilinadi. Bu maydon zararlanganda bemorda
ko‘rish buziladi. K o‘ruv impulslari 17-maydondan 18- va 19-may-
donlarga uzatiladi. Bu yerda ko‘ruv ta ’sirotlari idrok qilinadi va
murakkab ko'ruv obrazlari yaratiladi. Bu soha zararlansa, bem or
o ‘z ko‘zi bilan к о ‘rib turgan va aw a l taniydigan narsalarni ham da
odam larni tanim aydi. Buni nevrologlar ko‘ruv agnoziyasi deb
atashadi. D em ak, 17-maydon ko'ruv ta ’sirotlarini sezish m arkazi
bo ‘lsa, 18- va 19-maydonlar esa ularni idrok qilish markazidir. Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
idrok jarayonida po ‘stloqdagi barcha markazlar ishtirok qiladi. K o‘ruv
analizatorlari orqali qabul qilingan axborotlar xotirada saqlanadi va
ko‘ruv xotirasiga aylanadi.
Eshituv analizatori ham , boshqa analizatorlar kabi bir n echta
bo‘limlardan iborat. Odamning eshitish retseptorlari tebranish tezligi
16 dan 20000 G s ga qadar bo'lgan tovush toMqinlarini qabul qila
oladi. Eshituv analizatori quyidagicha tuzilgan. Ichki quloq chig‘a-
nog'ida tovush toMqinlarini qabul qiladigan m urakkab retseptor
apparat joylashgan, uni kortiy organi deb atashadi. Eshituv ta ’sirot-
lari kortiy organi orqali qabul qilinib, eshituv yo‘llari b o ‘ylab,
bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan
eshituv markaziga (41-maydonga) uzatiladi. Bu m arkazda, y a ’ni
41-m aydonda eshituv apparatlaridan keluvchi tovushlar (ta’sirotlar)
qabul qilinadi. Bu yerda tovushlar birlamchi analiz bosqichini o ‘taydi.
Eshituv ta’sirotlarini idrok qilish esa p o ‘stloqning chakka qism ida
joylashgan 22- va 42-maydonlarda kechadi. Bu maydonlarda eshitilgan
tovushlarni tanish, ya’ni bilish markazi joylashgan. Bu so h alar
zararlanganda bem or oddiy tovushlarni (suvning oqishi, eshikning
g'ichirlashi, m ashina m otorining g‘urullashini va h.k.) eshitsa-da,
nim aning tovushi ekanligini aytib bera olmaydi. D em ak, atrof-
m uhitdagi to v u sh lar b em o r u ch u n hech q an d ay m a ’n o kasb
etmaydi. Agar bola tu g 'm a kar bo‘lsa yoki ilk bolalik davridan
eshitmaydigan b o ‘lib qolsa, unda nutq rivojlanmasdan qoladi. N u tq
esa insonni hayvonlardan ajratib turuvchi oliy ruhiy jarayondir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, eshituv analizatorlari insonning ruhiy
rivojlanishida juda katta aham iyat kasb etadi. Lekin qulog‘i yaxshi
eshitmaydigan odam larda boshqa sezgilar mukammallashgan b o ‘ladi.
Teri-kinestetik (yoki umumiy sezgi) analizatori o ‘ziga xos tuzilishga
ega bo'lib, uning m arkazi orqa markaziy pushtada (1-, 2-, 3-m ay-
donlar) va qisman yuqori pariyetal b o ‘lakda (5- va 7-m aydonlar)
joylashgan (14-rasm). U m um iy sezgi fllogenetik jih atd an eng keksa
bo‘lib, uning inson uchun biologik ahamiyati beqiyosdir. O dam hid
yoki ta ’m bilish, eshituv yoki ko‘ruv sezgilarisiz yashashi m um kin,
biroq umumiy sezgisiz uning hayot kechirishi katta xavf ostida qoladi
yoki umum an m um kin bo‘lmaydi. Umumiy sezgi tushunchasi yig‘m a
tushuncha bo‘lib, unga taktil, og‘riq va harorat, m u shak-bo‘g ‘im va
murakkab sezgilar kiradi. Ushbu sezgilardan ju d o b o ‘lgan nafaqat
odam larning, balki hayvonlam ing ham hayot kechirishini ta sa w u r
qilish qiyin, albatta. Chunki tashqi olam dan va o ‘z tan am izd an
www.ziyouz.com kutubxonasi
| ^ П Umumiy sezgining birlamchi
■ H proeksion sohasi
j[ fj n r j Ikkilamchi proeksion
ИМИ assotsiativ sohalar
Do'stlaringiz bilan baham: |