Z ibodullayev


-jadval Axborotni  qabul  qilish  yo‘llari  va  ularni  qayta  esga



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

1-jadval
Axborotni  qabul  qilish  yo‘llari  va  ularni  qayta  esga 
tushirish  layoqati
Axborotni  qabul  qilish yoMlari
Y odga tushirish (%
3  saotdan keyin
3  kundan keyin
O g'zaki
Yozma
O g‘zaki  +  yozm a 
Turli  « o ‘yinlar»ni  qo‘llagan 
holda material ustida  faol 
ishlash
25
70
80
90
10
20
60
70
Shuni ta ’kidlash lozimki, sezgi a ’zolarimiz orqali ta ’sir qiladigan 
barcha  narsalar  esda  qolavermaydi.  Eslab  qolish  jarayoni  dastlab 
idrokning bevosita davomi sifatida ko‘riladi.  Eslab qolinayotgan har 
bir narsa yoki hodisaning aniq ko‘zga tashlanib turadigan elementlari 
yaxshi  eslab  qolinadi.
Axborotning  xotirada  saqlanishi  xotiraning  turiga  ham   bog‘liq. 
Mutaxassislar semantik va epizodik xotira turlarini farqlashadi.  Semantik 
xotira  —  m a’no  haqida  m a ’lum ot  beruvchi  xotira  sifatida  ko‘rilishi 
mumkin.  M asalan,  Zigm und  Freyd  tadqiqotchi  olim ,  psixoanaliz 
haqidagi ta ’lim ot asoschisidir.  Z.  Freyd to ‘g‘risidagi axborot  m a ’no 
va m azm un ko‘rinishida saqlanadi.  U  biror ilmiy yo‘nalish b o ‘yicha 
m ashhur  bo‘lgan  olim.  Ba’zan  ushbu  olim  ilmning  qaysi  sohasi 
bo‘yicha m ashhur bo‘lganligini odam  yaxshi eslab qolsa-da, olimning
www.ziyouz.com kutubxonasi


ismini unutib qo‘yadi.  Uning familiyasi yoki ismini eslamoqchi bo'lsa: 
U  «haligi  olim ning  familiyasi  nim a  edi,  u  ko‘p  tanqidga  ham  
uchragan,  m ashhur  nevrolog  ham   bo‘lgan-ku»,  deydi-yu,  ushbu 
olimning ismini hech eslay olmaydi.  Bu — semantik xotira buzilishining 
bir  turidir.  Epizodik  xotirada  biror-bir  voqeaning  bo‘rtib  turgan 
qismi esda qoladi.  M asalan,  ko‘chada birovni m ashina urib ketdi va 
uni  darhol  kasalxonaga  olib  ketishdi.  Bir  qancha  vaqt  o ‘tgandan 
keyin  o ‘sha voqeaning guvohi  bo‘lgan  odamdan  voqeaning tafsiloti 
so'ralsa,  guvoh  faqat  kim nidir  mashina  urib  yuborganini  eslab 
qoladi,  qolgan narsalar, ya’ni aynan qanday mashina urib yuborgani, 
haydovchining  ko‘rinishi  va  taxminiy  yoshi,  «tez  yordam»ni  kim 
chaqirgani esida saqlanib qolmaydi.
Shunday qilib, xotira murakkab funksional sistema sifatida ko'rilishi 
kerak. Xotirada ikkinchi darajali narsa yoki voqealar eslab qolinmaydi. 
Eslab  qolingan  narsa va voqealar  miyada  sintez  qilinadi va  maxsus 
kodga aylanadi.  Kodlanish jarayoni qisqa muddatli xotiraning uzoq 
muddatli xotiraga aylanishida muhim  ahamiyat  kasb etadi.
Xotirada axborot ko'proq optik tasvirlar holida yaxshi saqlanadi, 
chunki aksariyat odamlarda ko‘rish analizatori dunyoni idrok etishning 
yetakchi tizim i hisoblanadi.  Shu bois eslab  qolish usullaridan  biri — 
xotira turlarining birgalikda bo‘lishidir.  Ko‘rish,  eshitish, ta ’m bilish, 
taktil ta ’sirotlar  bilan bog‘liq  xotira  shular  sirasiga  kiradi.
Xotira jarayonlari odam uchun hamma vaqt muhim bo'lgan. Xotira 
qadim   zam onlardan  buyon  olim u  fuzalolarni  qiziqtirib  kelgan. 
G rek lar  xo tirani  m ustahkam lash  uchun  m nem o n ik a  xudosiga 
sig‘inishgan.  Barcha  insonlar  kuchli  xotiraga  ega  bo‘lishni  orzu 
qilishgan.  K o‘pchilik  olimlarning  xotirasi kuchli  bo‘ladi  deyishadi. 
Bu  ham m a vaqt  ham   haqiqatga to ‘g‘ri  kelavermaydi.  Ba’zi  olimlar 
olam shum ul  kashfiyotlar  qilishsa-da,  xotirasi  o ‘ta  yom on  bo‘lgan. 
Masalan,  CH.  Darvin xotirasida jiddiy kamchiliklar bo‘lgan.  Shunday 
bir  voqea  tarixchilar  tom onidan  yozib  qoldirilgan:  50  yoshdan 
oshgan  C H .D arvin  o'zining  xizmatkoriga  o ‘zi  yozgan  «Turlarning 
kelib  chiqishi  haqida»gi  asarini  o ‘qishni  buyuradi.  CH .  Darvin 
tinglashga  berilib  ketib  shunday degan:  «Qiziq,  qiziq,  buni  qarang-
a,  ju d a  durust,  bu  asarni  kim  yozgan  ekan-a»,  deb  yuborgan.  CH. 
D arvinda  xotira  ham mavaqt  ham   zaif bo‘lgan,  lekin  uning  alloma 
bo'lib  yetishishiga bu xalaqit bermagan.  Shu bilan bir vaqtda  aqlan 
zaif,  lekin  xotirasi  kuchli  odam lar  ham  bo'ladi,  am m o,  bunday 
xotira m antiqiy emas,  ko‘proq mexanik xotira hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O m m abop  adabiyotlarda  xotirasi  o ‘ta  kuchli  boMgan  odam lar 
ta’riflangan. A.R. Luriya oddiy ishda ishlaydigan, biroq cheklanmagan 
xotiraga  ega boMgan odam ni  deyarli  20  yildan  ortiq  kuzatgan.  0 ‘ta 
kuchli  xotiraning sohibi  boMgan  bu  odam   bir necha yillardan  keyin 
ham arzimagan  mayda narsalargacha eslab qolib,  ularni batafsil aytib 
bera olgan.  Masalan, uni tekshirayotgan olim qanday shimda boMgan, 
xonaning qaysi burchagida qanday narsalar bor edi, ob-havo qanday 
boMgan  va  bem or  qanday  uslubda  tekshirilgan?  U  kishining  aql- 
zakovati oddiy odamlarnikidek boMgan,  uncha murakkab boMmagan 
matematik masalalarni yecha olmagan,  lekin har qanday uzunlikdagi 
sonlarni, betartib joylashtirilgan harflarni va murakkab formulalarni 
bemalol  yodlab  qola  olgan.  U ni  ogohlantirm asdan  turib  so‘ralgan 
har  qanday  m a’lum otlarni  10—20  yildan  keyin  ham   bem alol  aniq 
aytib bera olgan. A.R.  Luriya bu shaxsning ustidan olib borgan hamma 
tajribalarni  doim o  daftarga  qayd  qilib  borgan,  lekin  u  kishidagi 
noyob  iste’dodni  tushuntirib  bera  olm agan.  Bu  xotiraning  egasi 
axborotni obrazlaming butun bir majmui holida eslab qolgan.  Bunday 
xotira «sinesteziya» nomini olgan.  K o‘pincha,  musiqa asarlarini yara- 
tish ana shu qobiliyatga asoslangan  boMadi.
Endi esda saqlash va qayta esga tushirish bilan tanishib chiqamiz.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish