Z ibodullayev


Esda olib  qolish  m uddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli xotira



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Esda olib  qolish  m uddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli xotira 
farq  qilinadi.  H ar  qanday  axborot  awaliga  qisqa  muddatli  xotira 
sifatida saqlanadi. Agar miya tuzilmalarida ma’lumot zarurligi to ‘g‘risida 
«qaror» qabul qilinsa,  u uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Aks holda, 
qisqa  m uddatli  xotiraligicha  qolaveradi,  ya’ni  axborot  miyadan 
o ‘chirib  yuboriladi.
Qisqa muddatli xotirada axborot 20 soniya atrofida saqlanadi.  Qisqa 
m uddatli  xotiraning  uzoq  muddatli  xotiraga  o ‘tishi  axborotning 
naqadar  zarurligiga  ham   bogMiq.  Masalan,  biz  telefon  raqamlari 
bitilgan  kitobga  qarab,  o ‘zimizga  kerak  boMgan  telefon  raqam ini 
topam iz va shu raqam ni teramiz. Agar bu raqam javob bermasa yoki 
bir  m arta  gaplashilib,  keyin  o ‘sha  raqamga  qaytishning  zarurati 
b o 'lm a sa ,  biz  bu  ra q a m n i  uzoq  m u dd at  x o tiram izd a  saqlab 
qololmaymiz.  K eyinchalik  bu  raqamni  eslash  uchun  yana  telefon
www.ziyouz.com kutubxonasi


kitobini  varaqlashga  to ‘g‘ri  keladi.  M abodo,  odam   ushbu  telefon 
raqamini uzoq  vaqtga  eslab  qolsa,  dem ak,  shu  raqam   bilan  bog‘liq 
bo‘lgan m a’lum ot o ‘sha odam da qiziqish uyg‘otdi va bu raqam  uzoq 
muddatli xotiraga aylandi.
N em is  psixologi  Ebbingauz  tadqiqotlarining  k o ‘rsatishicha, 
qisqa  m uddatli  xotiraning  hajmi  7  ta  elem entga  teng  ekan.  Agar 
odam  7  raqam dan  ortiq b o ‘lgan  qandaydir sonni  eslab  qolm oqchi 
b o ‘lsa,  ushbu  sonni  ik k ita-u ch ta  raqam larga  b o ‘lib  tashlaydi. 
M abodo  talaba  o ‘quv  m aterialini  yaxshi  eslab  qolishni  xohlasa,  u 
ushbu  m aterialni  m azm un jih atd a n   b o ‘laklarga  (qism larga)  ajratib 
o ‘zlashtirishi  kerak.  Ba’zi  odam larning  raqam larga xotirasi  kuchli 
bo‘lsa,  b a’zilarniki  so‘zlarga  kuchli  bo'ladi.  M asalan,  quyidagi 
raqamlar to ‘plam ini eslab qolish kerak:  3912213354.  Bu  raqam larni 
eslab  qolish  m ushkul,  albatta.  Lekin  ularni  3 -9 -12 -2 1 -3 3 -5 4   ga 
bo'lib  tashlasak,  eslab  qolish  osonlashadi.  Buning  u ch u n   h a r  bir 
«—»  dan  keyingi  raqam   bir-biriga  q o ‘shib  borilaveradi  (3 + 9 = 1 2 ; 
9+12=21 v a h .k .).
Qisqa m uddatli xotirada material esda qolishi uchun uning hajmi 
uncha katta bo'lmasligi  kerak.  M asalan,  reklam ada bu qo id ag aju d a 
amal  qilishadi,  shuning  uch un   ham   reklam alarda  u z u n d an -u z u n  
m atn lar  u ch ram ay di.  S hu nin g  u c h u n   ham   b em o r  b ilan   su h - 
batlashayotgan  vrach  qisqa  va  lo‘nda jum lalarni  ishlatishi  kerak. 
Ana  shunda  vrachning  tavsiyalari  bem orning  esida  uzo q   saqlanib 
qoladi.  Yoki  zarur  so'zlarga  alohida  urg'ularni  ishlatgan  holda 
gapirish  m aqsadga  muvofiqdir.  Eslab  qolishda  urg‘uli  so 'zlard an  
boshqa  so 'z lar  faqat  shovqin  tu sid a  qoladi,  u rg ‘uli  so ‘zlar  esa 
xotirada asosiy  axborot  b o ‘lib  saqlanib  qoladi. Bu  usul  gip no zd a 
ko‘p  q o ‘llaniladi.
Shuni  ta ’kidlab  o ‘tish  lozimki,  uzundan-uzoq  gapiruvchi  no- 
tiqlar,  ko‘pincha,  jum lalarni  gram m atik jihatdan  n o to ‘g ‘ri  talaffuz 
qilishadi, ya’ni jum la boshlanishi uning oxiriga mos kelmaydi, chunki 
ana shu jum lani talaffuz etish paytida odam  jum laning boshlanishini 
unutib  qo‘yadi.  K o‘p  b o ‘g‘inli  so‘zlarni  ham   xuddi  shunday  eslab 
qolish  qiyin.
Qisqa m uddatli xotira jarayonlarini o ‘rganishda psixologlar ko‘p 
tadqiqotlar o ‘tkazishgan.  Axborot  qisqa  m uddatli xotiradan  qanday 
qilib uzoq  m uddatliga o ‘tishi  m um kin?
Dastlab  axborot  qisqa  m u dd atli  xotira  bloklariga  tu shad i,  bu 
bloklarga asab hujayralarining m uayyan guruhlari xizm at ko‘rsatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


A na shu bloklarda saqlanib turgan axborot keyinchalik uzoq muddatli 
xotira  bloklariga  o ‘tadi.  Lekin  ham m a  vaqt  ham   shunday  bo‘- 
lavermaydi.  Qisqa m uddatli xotira uzoq muddatli xotiraga aylanishi 
u ch u n   axborot  «tanlanadi».  Ayonki,  uzoq  m uddatli  xotira  blok- 
larining  axborot  izlari  asab  hujayralarida  o ‘ta  tu rg 'u n  joylashgan 
b o ‘ladi.  Bu jarayon xotiraning ana shu  ikki turi bilan cheklanmasa 
kerak,  degan  fikrlar mavjud.  C hunonchi,  o ‘ta qisqa  muddatli yoki 
operativ xotira ham  farq qilinadi.  M atn bosuvchining xotirasi bunga 
misol bo ‘la oladi,  u xotirasida atigi bir necha so‘zlarni klaviaturada 
bosilgungacha  saqlab  qoladi,  xolos.  Shuni  aytib  o ‘tish  lozimki, 
qisqa m uddatli xotiraning uzoq muddatli xotiraga o'tish  mexanizmi 
yetarlich a  o‘rganilm agan,  lekin  bu  jarayonda  takrorlash  asosiy 
aham iyatga egadir.
Shu o'rinda odam o ‘z ona tilida va begona tilda aytiladigan so‘zlami 
qancha davrgacha eslab qolishi haqida so‘z yuritsak. Ba’zi mutaxassislar 
o ‘z  o n a  tilidagi  so‘zlar  yaxshi  eslab  qolinishini  ta ’kidlashadi.  Bu, 
albatta,  uzoq  m uddatli  xotiraga  taalluqli.  Lekin  qisqa  muddatli 
xotirada-chi?  Bu savolga javob topish uchun  Moskva Davlat univer- 
sitetida va boshqa ba’zi xorijiy institutlarda tadqiqotlar o ‘tkazilgan va 
turli  xil  natijalar  olingan.
Z .R .  Ibodullayev  (2001)  shu tajribani  ruschani yaxshi  biladigan 
o ‘zbek talabalari orasida o ‘tkazdi.
U   sog‘lom  o ‘zbek  talabalarida  o ‘zbekcha  va  ruscha  so‘zlardan 
iborat  10 ta so‘zni (5 ta o ‘zbekcha +   5 ta ruscha) yodlatib,  qayta esga 
tushirishni  Ebbingauz  usuli  bilan  tekshirib  ko‘rdi  (bundan  oldin 
faqat  o ‘zbekcha  so‘zlar  qatori,  keyin  ruscha  so‘zlar  qatori  yodlatib 
tekshirib ko‘rildi va deyarli bir xil natija olindi).  Talabalardan qoidaga 
bin o a n   m a ’no  jih a td a n   bir-biriga  o ‘xshash  b o ‘lm agan  so 'zlar 
(m asalan, 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish