Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

xronlik  —  bu  shakllangan  funksiyaning  asta-sekin  murakkablashib 
borishidir.  D a sta w a l  m inim al  funksiyani  bajara  oluvchi  asab 
to'qimalari yetilib boradi,  keyinchalik tashqi va ichki ta’sirlarga javob 
beruvchi shu sistemaning boshqa bo‘limlari ham safga turadi.  Masalan, 
go'dakda  3  oygacha  so'rish  refleksi  juda  oson  chaqiriladi,  lunjiga 
yoki  iyagiga  q o ‘l  tekkizilsa  bas,  u  darrov  labini  cho'chchaytiradi. 
Shu  bilan  birga,  go‘dakda  qalqib  ketish  yoki  havo  yutib  yuborish 
holatlari  ham tez-tez kuzatilib turadi.  U ch oylikdan keyin so‘rg‘ich 
harakatlari  faqat  labiga  tekkanda  paydo  bo'ladi  va  qalqib  ketishlar 
kam  uchraydi.  X uddi  shunday  m anzarani  ushlab  olish  refleksiga 
nisbatan  ham  kuzatishimiz  mumkin.  G o'daklik  davrining  birinchi 
oylarida uning kaftiga sal tegilsa, qo'lini musht qilib oladi, keyinchalik 
ushlab olish biroz pasayadi, ya’ni bosh bannoq qolganlariga qarshilik 
ko‘rsata boshlaydi.
Sistemalar ichra geteroxronlik biror funksional sistemaning nafa­
qat  yetilishi,  balki  sistemalararo  aloqaning  o ‘rnatilishi  bilan  ham  
kechadi.  M asalan,  avtomatik tarzda ushlab  olishda  harakat  m urak­
kablashib boradi,  shu bilan birga q o ‘lning harakati ustidan ko‘zning 
nazorati kuchaya boshlaydi.
Sistemogenez haqidagi ta ’limot bolaning asabiy-ruhiy rivojlani­
shining uzviyligi va ketma-ket rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. 
Masalan,  boshini  ushlab  turishdan  keyin  o ‘tirish,  o‘tirishdan  keyin 
tik turish,  tik turishdan  keyin yurish  boshlanadi.  Boshini ushlab tu ­
rish  qobiliyati  tana  holatini  nazorat  qilishga  zamin  yaratib  beradi. 
Bu muvozanat a ’zosi va ko'ruv nazoratining takomillashuvi natijasida 
amalga oshiriladi.
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  juda  ko‘p  funksional  sistemalarning 
o‘zi bir qancha kichik sistemalardan tarkib topgan.  Bular bir vaqtning 
o ‘zida paydo bo'lm aydi va o ‘zaro bog'lanishlarni asta-sekin murak- 
kablashtirib  boradi.  M asalan,  harakatni  boshqarish  kompleksiga 
muskul tonusini, tana muvozanatini va koordinatsiyasini boshqaruvchi 
sistemalar  kiradi.  Bundan  tashqari,  har  qanday  harakatni  amalga 
oshirish  uchun  biron-bir  harakatni  boshqa  harakat  bilan  almash- 
tiruvchi,  uning ustidan  nazorat  qiluvchi dastur zarur bo‘ladi.  M asa­
lan,  oldinga  bir qadam   tashlash  uchun  tananing  og'irligini  ikkinchi 
oyoqqa o ‘tkazish,  shu vaqtda tananing  muvozanatini saqlab qolish, 
bir  guruh  m uskullarning  qisqarishini,  boshqalarining  yozilishini 
amalga oshirish  kerak bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Biz yurib borayotganimizda oyoqni qanday tashlash kerak, gavda 
qanday,  qoMlar  qay  holatda  harakat  qilishi  zarurligi  hisob-kitobini 
qilmasdan  hammasini  beixtiyor  tarzda  am alga  oshiramiz.  T o ‘g‘ri, 
biz ongli ravishda tezlikni oshirishimiz yoki pasaytirishimiz,  qadam ni 
katta  yoki  kichik  tashlashim iz  m um kin,  am m o  qaysi  m uskulni 
qisqartirib, qaysi birini bo'shashtirishimiz kerakligini o'ylamay amalga 
oshiramiz.  Harakatni boshqaruvchi sistemalarning bunday kelishilgan 
holda ishlashi bolalik davridan rivojlana boshlaydi.  H ar xil yoshdagi 
bolalam ing harakat faoliyatini  kuzata borib,  ularning harakat funk- 
siyalari takomillashib borayotganligini va kichik sistem alardan yirik 
integrativ  sistemalar  paydo  b o ‘lishini  kuzatish  mumkin.
Sistemogenez  nuqtai  nazaridan  qaraganda,  h ar  bir  yosh  uchun 
xos  b o ‘lgan  norm al  funksiyalarning  rivojlanish  m exanizm larini, 
funksiyalar takomillashuvining kam -ko‘stligini tushunib olish m u m ­
kin.  Ba’zi funksional sistem alar yoki ularning b o iim la ri rivojlanishi 
sust  kechsa,  boshqa  funksional  sistemalar  esa  norm al  rivojlanib  va 
takomillashib  boraveradi.  M asalan,  chaqqon,  o ‘yinqaroq  bolalar 
diq q at-e’tiborni  talab  qiluvchi  nozik  harakatlam i  bajara  olmaydi. 
Buning  sababi,  harakatni  boshqaruvchi  miya  p o ‘stlog‘i  markazlari 
takomillashmaganligidir.  B a’zan  kundalik hayotda beso'naqay bola- 
larda surat  chizish,  musiqiy asboblarni  chiroyli  chalish  kabi  m aho- 
ratni  kuzatishga to ‘g‘ri  keladi.
Bolalarda nutqning turli buzilishlarining sababi ham ,  ko‘pincha, 
sistem alararo  va  sistem alar  ichra  aloqalarning  yetilm ay  qolishi 
oqibatida kuzatiladi.  Harakat beso‘naqayligining duduqlanib gapirish 
bilan birga kelishi yoki  harakati to ‘liq rivojlangan b o ‘lsa-da,  duduq- 
lanadigan bolalarni ko‘p uchratamiz.  Ba’zan og‘zaki nutq juda yaxshi 
rivojlansa-da,  husnixati  xunuk  bolalarni  kuzatish  mum kin.
Sistemogenez  prinsiplari  asab  tizim ining  evolutsion  rivojlanish 
jarayonida kuzatiladigan morfofunksional o ‘zgarishlarni takomillash- 
tirishga  yordam  beradi,  rivojlanib  kelayotgan  sistem alarning  kam - 
ko‘stligining oldini olish yoMlarini ko‘rsatadi.  Bu yetishmovchiliklami 
tuzatishning  prinsiplarini  bir  necha  guruhlarga  boMish  mumkin: 
1) o ‘sish ko'rsatkichlaridan orqada qolayotgan funksiyalarni rag‘bat- 
lantirish;  2)  buzilib  qayta  rivojlanayotgan aloqalarni  to'xtatish  yoki 
pasaytirish;  3)  sistemalararo  va  sistem alar  ichra  aloqalarning yangi 
komplekslari shakllanishiga yordam  berish va hokazo.
Demak,  nuqsonning konkret shaklini topib,  davolash choralarini 
o ‘tkazish  bir  nechta  yo'nalishda  olib  borilishi  kerak,  lekin  bunda
www.ziyouz.com kutubxonasi


individual  rivojlanish bosqichlaridagi uzviylikni ham  e’tiborga  olish 
zarurdir.
Ko‘ruv  va  eshituv  sistemalari  ham   bosh  miyaning  murakkab 
funksional sistemalari guruhiga kiradi.  H ar qaysi funksional sistema 
yoki uning har bir bo'limi o ‘zining rivojlanish dasturiga ega bo'lishiga 
qaramasdan,  bosh  miya  doimo  yagona  yaxlit  a ’zo  sifatida  ishlaydi. 
Miyaning bu  integrativ funksiyasi turli sistemalarning o ‘zaro m uno- 
sabatini mustahkamlaydi va rivojlantiradi.  Bu holda rivojlanayotgan 
miyada sistemalararo aloqalami o‘rnatish mexanizmi qanday kechadi, 
degan savolga  duch  kelamiz.
Miya  o ‘z  faoliyatida  yagona  b o ‘lib  qolishiga  qaram asdan, 
rivojlanishning  har bir bosqichida u   boshqacha  miya va  boshqacha 
sistemadir.  Shuning  uchun  hatto  b a’zi  funksional  sistemalar  rivoj- 
lanishining xronologiyasini mukammal o ‘rgansak-da,  hayot yo'lining 
har  bir  konkret  rivojlanish  darajasini  to ‘g‘ri  baholab  borish  o ‘ta 
murakkab muammodir.  Bolada funksional sistemalarning rivojlanish 
tezligini velosipedchilar  poygasigaham taqqoslash  mumkin. M asa­
lan,  bitta velosipedchi poyga davom ida doimo oldinda boravermay- 
di,  bunga  uning  kuchi  ham  yetm agan  b o ‘lur  edi.  U  goh  oldinda, 
goh orqada qolib boradi va nihoyat,  marrani birinchi bo‘lib egallaydi. 
Rivojlanayotgan miyani o ‘rganganimizda bolaning dastlabki yoshlari- 
da shunga o ‘xshash manzarani ko‘ramiz.  Rivojlanishning yangi shakl- 
lari  paydo bo ‘lishi go‘dakdagi birlam chi  avtomatizmlarning  reduk- 
siyasi  (yo‘qolishi)  bilan  kechadi.
Bunda ikkita, ya’ni yangilanish va yo‘qolish jarayoni bir maromda 
kechishi katta ahamiyatga egadir.  Birlamchi avtomatizmlarning erta 
so‘nishi  miya  rivojlanishidagi  uzviylikni  buzib  yuborishi  mumkin. 
Shu bilan birga,  eskirib qolgan funksiyalarning juda kech yo'qolishi 
ham  yaxshi  emas,  chunki u yangi,  yanada murakkab sistemalarning 
paydo  bo'lishiga  xalaqit  beradi.  Reduksiya va  yangilanish jarayon- 
larining  bir  m arom da  kechishiga  bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda 
harakatning  rivojlanishini  misol  qilib  ko‘rsatsa  bo'ladi.  G o ‘dakda 
boshning  fazodagi  holatini  nazorat  qiluvchi  birlamchi  tonik  avto- 
m atizm lar  mavjud.  Bu  avtom atizm lar  2—3  oylarga  borib  so ‘nib, 
o ‘rniga  boshni  aniq  ushlab  turishini  ta ’minlovchi,  muskul  tonusini 
boshqaruvchi  sistem a  rivojlanadi.  Agar  bu  so‘nish  m uddatidan 
kechiksa,  birlamchi tonik avtomatizmlarni anomal hodisa deb qabul 
qilish  kerak,  chunki  u  boshni  ushlab  turuvchi  mexanizm lam ing 
rivojlanishiga xalaqit beradi.  K eyinchalik zanjirli patologik holatlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


rivojlanib boraveradi: boshni ushlab tura olm aslik ko‘ruv nazoratini 
va  vestibulyar  apparatning  ishini  buzadi,  vestibulyar  apparatning 
rivojlanmay qolishi natijasida o'tirishni ta’m inlab beruvchi muskullar 
to n u si  ishdan  chiqadi  va  hokazo.  N a tija d a  yaxlit  bir  harak at 
mexanizmlari buzilib, aqliy zaiflik rivojlanishiga zam in vujudga keladi. 
D em ak,  ruhiy  buzilishlarning  bolalik  davrida  oldini  olish  uchun 
dastlabki  shakllanayotgan  patologik jarayonni  o ‘z vaqtida davolash 
muhim ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta ’kidlash  lozimki,  reduksiya va yangilanish jara- 
yonlarining  bir  m arom da  kechishi  deganda,  faqat  bir  funksiyaning 
ikkinchi funksiyaga yo‘l ochib berishini tushunmaslik kerak. Vaholanki, 
reduksiya faqat avtomatizmlaming butunlay yo'qolishi degani emas, 
balki murakkab funksional sistemalarga qo'shilib ketishi degani hamdir. 
Shuning uchun birlamchi avtomatizm to ‘la reduksiyaga uchram asa- 
da,  rivojlanishning  um um iy  rejasiga  xalaqit  bermasligi  ham   kerak. 
Agar  reduksiyaning  kechikishi  yangi  m exanizm lar shakllanishining 
sustligi  bilan  uyg'unlashib  ketsa,  funksional  sistem alarning  rivoj­
lanishiga katta salbiy ta ’sir ko‘rsatib,  asabiy-ruhiy qoloqlikka zam in 
yaratib  beradi.
Shunday qilib, funksional sistema ba’zi b o ‘limlarining geteroxron 
rivojlanishi bilan bii^a ularning o ‘zaro munosabatida sinxronlik bo‘lishi 
kerak,  individual  ontogenezning  har  qaysi  davrida  b a’zi  sistem alar 
barkamollikning shu davrga mos bosqichida b o ‘lishi zarur.  Boringki, 
bu  farqlar  har  xil  bo‘lsin,  lekin  farqlar  m a’lum   b ir  paytda  bir-biri 
bilan  uyg'unlashgan  b o ‘lishi  shart,  aks  holda  ziddiyatlar  yuzaga 
kelib,  funksional sistemalarning  rivojlanishiga  katta ziyon  keltiradi.
Ushbu bobda  neyrofiziologik va  psixofiziologik jarayonlar bilan 
tanishib  chiqdik,  funksional  sistem alarning  rivojlanish  davrlarini 
o ‘rgandik.  Keyingi  bobda  esa,  bosh  miya  katta  yarim   sharlarining 
patologiyasini, ya’ni oliy ruhiy funksiyalaming buzilishini o ‘rganamiz. 
Bu  muammo bilan  neyropsixologiya fani shug‘ullanadi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish