5-rasm (b). Psixo/unksional mexartizmlarni ta ’minlovchi asosiy tuzilmalar.
Funksional sistema tushunchasi individual rivojlanish jarayonida
yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asabiy-ruhiy buzilishlaming mohiyatini
ochib berishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, embrional
rivojlanish jarayonida asab tizim i turli tuzilmalarining birin-ketin
paydo bo‘lishi bilan birga, ushbu ketm a-ket rivojlanishning buzilishi
ham ro‘y beradi.
Dastlab, hayotiy m uhim ahamiyati bo‘lgan funksional sistemalar
shakllanadi. Funksional sistem aga evolutsion nuqtai nazardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
olganda, xilma-xil tuzilm alar q o ‘shilishi m um kin. Shuning uchun
bir bosqich darajasida funksional sistemaga kiruvchi ba’zi tuzilm a-
laming turli darajada takomilga yetishini kuzatamiz. Ayni vaqtda,
bir marom da rivojlanmaslik, ya’ni geteroxronlikning ko‘rinishlariga
ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, go‘dakda emish jarayonida
qatnashadigan asab hujayralari va to ‘qimalari yuz nervlarining boshqa
tolalariga qaraganda miyelin pardasi bilan oldinroq va yaxshiroq
qoplangan bo‘ladi. Yuz nervining yuqori tolalari go‘dakda miyelin
pardasi bilan yaxshi qoplanm aydi, go‘yoki bu tolalarga hozircha
zarurat yo'qdek.
Sistemogenezga yaqqol misol b o ‘la oladigan go‘dakda kuzatila
digan ushlab olish refleksi mexanizmiga e ’tibor beraylik. Em brional
rivojlanishning IV—VI oylarida qo‘lning barcha nerv tolalari ichida
eng yaxshi yetilgani barm oqlarning bukilishini ta ’minlovchi nerv
tolalaridir. Bundan tashqari, bu davrga kelib sakkizinchi b o ‘yin
segmentining oldingi shox m otor hujayralari ham takomillashgan
bo‘ladi. Bu m otor hujayralar barm oqlarni bukuvchi m ushaklarni
nervlaydi, bundan tashqari, ushbu hujayralarni boshqaruvchi asab
tizimining yuqorida joylashgan tuzilmalari ham shakllangan b o ‘ladi.
Sistemogenezning bir nechta muhim jihatlari o ‘rganilgan. Birin-
chisi shundan iboratki, funksional sistem alar bir vaqtda shakllan-
maydi. Organizm uchun hayotiy m uhim b o ‘lgan sistem alar aw al
shakllana boradi. M asalan, yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun hayotiy
muhim bo'lgan jarayonlar — emish, yutish, nafas olish tug'ilgan
zahoti faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ba’zi jo n zotlarda esa funksional
sistema tug‘ilgan zahoti m ukam m allashgan bo ‘ladi. K enguruning
bolasi tug'ilgan zahoti onasining qornidagi xaltachaga sakrab chiqa
oladi yoki endigina tuxum dan chiqqan g ‘ozning bolasi onasining
izidan yura boshlaydi va hokazo.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda tug‘ma m exanizm lar go‘yo kamdek
tuyulsa-da, ba’zi boshqaruvchi vazifalarning ju d a nozik ishi kishi
e’tiborini o ‘ziga tortadi. M asalan, go‘dakda yutish va nafas olish bir
vaqtning o ‘zida amalga oshiriladi, keyinchalik bu qobiliyat yo‘qolib
boradi. Shu bilan birga ko‘ruv, eshituv, harakat reaksiyalari yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. Asab tizimi ba’zi bo'lim larining bir m arom da
rivojlanmasligi va yetilmasligiga geteroxronlik prinsipi deyiladi.
Sistemogenezning ikkinchi prinsipi sistem alararo vasistem alar
ichra geteroxronlik prinsipidir. Sistemalararo geteroxronlik — bu
turli funksional sistem alarning (emish va ko‘ruv nazorati) turli
www.ziyouz.com kutubxonasi
davrlarda paydo bo‘lishi va shakllanishidir. Sistemalar ichra getero-
Do'stlaringiz bilan baham: |