Uchinchi blok — ruhiy faoliyatni nazorat qiluvchi va dasturlar
tuzuvchi blokdir. Bu blokni, asosan, miyaning peshona bo‘lagi tashkil
qiladi. Peshona b o ‘lagi zararlangan bem orning xulqi buziladi, oddiy
harakatlami bajara olmaydigan bo‘lib qoladi. Bir so‘z bilan aytganda,
insonning shaxsi buziladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4-rasm (a, b, v). Bosh miya katta yarim sharlari po ‘stlog ‘ining tashqi
yuzasi: a — birlamchi m aydonlar; b — ikkilam chi maydonlar; v — uchlam -
chi maydonlar.
Miyaga kelib tushayotgan m a’lum otlarning analiz va sintezi
natijasida aniq shartlarga javob beruvchi harakat dasturi ishlab
chiqiladi. Mabodo ushbu dastur yordam ida «topshiriq» bajarilmasa,
miyada ketma-ket yangi dasturlar yaratilaveradi. Buning natijasida
tushayotgan signallarga bosh miya, albatta, javob qaytaradi. Shunday
qilib, bosh miyada murakkab qarom ing paydo bo‘lish jarayoniga
qo‘zg‘alishning zanjirli reaksiyasi sifatida qarash kerak. Bu aylana
bosh miya va uning turli bo‘limlari faoliyatining asosini tashkil qiladi.
Bosh miyada assotsiativ yo‘llaming katta im koniyatlari borligi va
po‘stloq neyronlarining keng ixtisoslashganligi turli-tum an neyron-
lararo aloqalarning yuzaga kelishiga, h ar xil vazifalarni bajaruvchi
murakkab neyronlar to'plam ining shakllanishiga imkon yaratadi.
Bu jarayonlarni yanada toMaroq tushunish uchun asab sistemasi
ning filogenezi va ontogenezi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Asab tizimining filogenezi. Evolutsiya jarayonida asab tizimi
rivojlanib, murakkablashib va takomillashib bordi. Oddiy bir hujayrali
organizmdagi (amyobalar) yolg‘iz hujayraning o ‘zi sezgi, harakat,
hazm qilish va himoya funksiyalarini bajarib keldi. Tirik to ‘qim a
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo‘zg‘alish, ya’ni tashqi ta ’sirlarga javob berish xususiyatiga egadir.
Filogenezda asab hujayralarining paydo bo‘lishi organizm uchun tash
qi ta’sirlarni qabul qilish, to ‘plash va tarqatish imkonini yaratib berdi.
Asab hujayralari orasidagi bog‘lanishlarning paydo boMishi va
oddiy asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi
bosqichiga ko‘tardi. Oddiy (primitiv) asab tizimiga ega jonzotlarda
qo‘zg‘alish hujayralardan barcha yo‘nalishlarda tarqalishi m um kin,
go‘yo bu impuls barcha hujayralarga taalluqli boMib, m a’lum bir
manzilga ega emasdek. Shunday boMsa-da, bu impulslar organizmdagi
u yoki bu jarayonlarning kechishida faol ishtirok etadi, lekin analiz
qilish qobiliyati hali ularda boMmaydi. Q o‘zg‘alishning asab hujayra-
larida to ‘planishi xotiraga o ‘xshash jarayonga zamin yaratadi.
Organizm rivojlangan va asab to'qim alari ishi takomillashgan
sayin asab hujayralaridagi jarayonlar qo‘zg‘alishni tez o'tkazishi va
m a’lum bir m anzilga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Asab
tizimining murakkablashib, takomillashib borishi, qabul qiluvchi
(afferent) va uzatuvchi (efferent) sistemalarning paydo boMishi bilan
kechadi. Nerv tarm oqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo
boMib, har biri faqat o ‘ziga tegishli boMgan ta ’sirlarni farqlab qabul
qila boshlaydi. Asab hujayralarining ixtisoslashib va takomillashib
borishi natijasida impulslarning faqat bir tomonga yo‘nalishini ta’m in-
laydigan sinapslar paydo boMadi. Xuddi shu bosqichda ba’zi vazi-
falarni bajaruvchi oddiy «aylana» tuzilm alar hosil boMadi.
Keyinchalik evolutsiya mobaynida nerv tugunlari — gangliyalar
paydo boMib, ular bir yoki bir nechta vazifani amalga oshira boshlaydi.
Gangliyalarning ishlash uslubi shundan iboratki, har bir gangliya
tanadagi m a’lum segment (soha) uchun javob beradi. Ushbu segment
darajasida o ‘ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida
mavjud boMgan gangliyalar majmuasi sezishning murakkab turlarini
amalga oshira oladi. Gangliyada har qanday jarayon go‘yoki aniq bir
dasturga ega. Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarlicha aloqalarga ega
emas — bosh miya hujayralaridan farqli ravishda bu gangliyalarda
biron-bir markazning muvofiqlashtiruvchi ta’siri uncha rivojlanmagan.
Evolutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi
bosh miya rivojlanishining ustuvorligi bilan kechadi, so‘ngra bosh
miya yarim sharlari po'stlogM paydo boMgan, asab tizimi filogene-
zining bu davri sefalizatsiya davri deb ham ataladi. Sut emizuvchilarda
asab tizimi yanada takomillasha borib, bosh miya katta yarim sharlar
po'stlogM va ularni o ‘zaro bogMovchi yo‘llar paydo boMdi. Organizm-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning barcha funksiyalarini boshqarib, nazorat qilib turuvchi, o ‘tka-
zuvchi yo‘llar sistemasi shakllandi. Odamda katta yarim sharlar po ‘st-
log‘i, ayniqsa, peshona va chakka bo ‘laklarining rivojlanishi yuksak
darajaga yetdi. Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq
tashkil qilib, uning 30 foizi peshona b o ‘lagiga to ‘g‘ri keladi.
Evolutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh m iyada
paydo bo'lgan markazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o'ziga b o ‘y-
sundira boshladi. N atijada bosh miyada hayotiy muhim m arkazlar
paydo bo'lib, ular organizm ning turli-tum an faoliyatini avtom atik
tarzda boshqara boshladi. Ushbu markazlararo aloqalar iyerarxik tarzda
faoliyat ko‘rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining
vertikal uslubda faoliyat ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv m arkaz
lari quyi markazlarga doimo tormozlovchi ta ’sir ko‘rsatadi, degan
fikr mavjud edi. Shuning uchun oliy markazlar zararlanganda quyi
markazlar qo‘zg‘aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik
jarayonlar doim bu tarzda kechavermaydi. Evolutsion jihatdan yosh
markazlar zararlanganda, keksa m arkazlar faollashadi, g o'yoki
evolutsion jarayon teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolatsiya
nazariyasi, deb nom olgan. Darhaqiqat, yuqori pog'onada joylashgan
markazlar zararlanganda, quyi markazlar faollashganini ko‘ramiz. Bun-
ga markaziy harakat neyroni zararlanganda, orqa miyaning oldingi sho-
xida joylashgan periferik harakat neyronlarining faollashuvini misol
qilib keltirish mumkin. Ammo bu buzilishlarning asl m a’nosi dissolat-
siyada yoki quyi markazlarning yuqori markazlar «tutqunligidan»
ozod boMishida emas. Chunki oliy markazlar quyi markazlar faoliyatini
faqat tormozlabgina qolmaydi, balki faollashtiradi ham. Markaziy
ta ’sirlar susayganda, quyi jarayonlam ing avtomatizmi va boshqarish
«san’ati» pasayadi, jarayon qo‘pol va sodda bo‘lib qoladi. Bundan
tashqari, quyida joylashgan markazlarning faollashuvi kom pensator
jarayonning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinishi ham mumkin.
Nerv markazlari iyerarxiyasida bosh miya katta yarim sharlari
p o ‘stlog‘i asosiy o ‘rinni egallaydi. Butun organizmdan va funksional
sistemalardan m a’lum otlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning
murakkab analiz va sintez qilinishi assotsiativ yo‘llaming paydo bo‘lishi
oliy nerv faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday
kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qan
day ta ’sir ko'rsatadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Asab tizimining ontogenezi. Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh
miyasining og‘irligi 400 g atrofida bo‘lib, tana og‘irligining 1/8 qismini
tashkil qiladi. G o 'd ak d a p o ‘stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan
bo'lib, pushtalar yirik-yirik bo‘ladi, lekin chuqurligi va balandligi
uncha rivojlanm agan b o ‘ladi. T o‘qqiz oylarga borib, miyaning
dastlabki og‘irligi ikki barobar oshadi. 2 yoshga borib, bosh miyaning
og'irligi bola tug‘ilgan davridagiga qaraganda bir necha barobarga
kattalashadi. Bosh miyaning kattalashuvi, asosan, asab tolalarining
miyelinlashuvi va tug‘ilgan zahotiyoq bosh miyada mavjud bo‘lgan
20 mlrd. hujayralarning kattalashuvi hisobiga kechadi.
G o‘dakning miya to ‘qimasi hali takomillashmagan bo‘ladi. Po‘st-
loq hujayralari, p o ‘stloq osti tugunlari, piramidal yoMlar yaxshi
rivojlanmagan, kulrang va oq m odda orasidagi aloqalar takom il
lashmagan bo‘ladi. G o ‘dakning asab hujayralari bosh miyaning kat
ta yarim sharlari yuzasida va oq moddaning asosida to'planib joyla-
shadi. Bosh miya kattalashgan sayin asab hujayralari po‘stloq tom on-
ga siljib boradi. Bosh miya qon tomirlari ham rivojlanib, takomilla-
shib boradi.
G o'dakda katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ensa qismi katta
yoshdagilarnikiga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Bola o ‘sgan sayin yarim
sharlar pushtalari, ularning shakli va topografik joylashuvi o ‘zgarib
boradi. Ayniqsa, bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib,
15—16 yoshlarga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilarnikidan
deyarli farq qilmaydi. Yon qorinchalar bolalarda nisbatan keng va
katta bo‘ladi.
G o‘daklarda ikkala yarim sharni birlashtirib turuvchi targ‘il tana
nozik va qisqa b o ‘ladi. Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ‘il tana
yo‘g‘onlashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa targ‘il tana to ‘la
shakllangan bo ‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda miyacha sust rivoj
langan bo‘lib, uzunchoq shaklga ega bo‘ladi, pushtalari va egatchalari
sayoz bo‘ladi. U zunchoq miya gorizontal joylashgan bo‘ladi. Kranial
nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi.
Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan
tugallangan tuzilishga ega. Shuning uchun ham orqa miya go‘dakda
nisbatan takom illashgan bo'ladi. G o ‘dakning orqa miyasi katta
yoshdagilarga qaraganda uzunroq bo‘ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda
umurtqaning o ‘sishiga qaraganda orqada qolib boradi. Orqa miyaning
o ‘sishi 20 yoshgacha davom etadi. Bu davr ichida uning og‘irligi
ham oshadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan,
nervtolalari siyrak bo‘lib, notekis taqsimlangan. Miyelinlanish ja ra
yoni turli nerv tolalarida turlicha kechadi. K ranial nervlarning
miyelinlashuvi bir yoshga yetib tugallanadi. Orqa miya nerv tolalari
miyelinlashuvi 2—3 yoshgacha davom etadi. Vegetativ asab tizimi
chaqaloq tug‘ilgandan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Em brio-
genezning dastlabki bosqichlarida asab tizim ining turli b o iim larid a
aniq takomillashgan m ustahkam aloqalar paydo bo‘ladiki, ular
tug‘ma hayotiy muhim funksiyalarning asosini tashkil qiladi. Bu
funksiyalarning yig'indisi tu g ‘ilgandan keyin hayotga dastlabki
moslashuvni ta ’minlab beradi (masalan, nafas olish, emish, yurak
urishi va h.k.).
Ontogenetik rivojlanish jarayonida odamning miyasi kuchli o ‘zga-
rishlarga uchraydi. A natom ik jih atd an olganda, yangi tu g‘ilgan
chaqaloq miyasi bilan katta yoshdagi odam ning miyasi bir-biridan
anchagina farq qiladi, chunki individual rivojlanish jarayonida yosh
o ‘tgan sayin miya tuzilm alari yetilib boradi. H atto, morfologik
jihatdan yetilgan asab tizim ida ham rivojlanishi yoki qayta paydo
boMishi zarur boMgan funksional sistem alar mavjuddir.
Bosh miya evolutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo‘nalishni
aniqlash mumkin. Bularning birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga
o ‘ta tayyor turishi. Bu yo'nalish tug‘ma, instinktiv reaksiyalarning
katta to‘plamidan iborat boMib, organizm hayot kechirishi mobaynida
har qanday hodisalarga shay boMib turadi. Bular ovqat, himoya,
ko‘payish mexanizmlari va boshqalar. Organizm ni ham m a narsaga
o ‘rgatish shart emas. Zero, u ba’zi qobiliyatlarga tugMlganidan egadir.
Agar biz xulq-atvori go'yoki avtomatlashib ketgan hasharotlar
dunyosidan sut em izuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak, boshqa-
cha manzaraga ko‘zimiz tushadi, ya’ni xulq-atvorning tug‘ma, ins
tinktiv turlari maqsadga yo‘naltirilgan, shaxsiy tajribaga asoslangan
xatti-harakatlarga q o ‘shilib ketganini ko‘ramiz. Sut em izuvchilar
xatti-harakatida izlanish, o ‘zi turgan muhitini topish kabi xususiyat-
larning shohidi boMamiz. H ayot kechirishning bunday turi uchun
takomillashgan miya kerakligi o ‘z -o ‘zidan ayon, albatta.
Ammo asosiy gap m iyaning hajm idagina emas, balki uning
funksiyasidadir. Evolutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xatti-
harakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa bosh miya katta
yarim sharlari p o ‘stlog‘i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel
holda kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Barcha funksiyalarni po‘stloq o ‘ziga «tortib» olishi uning tako-
millashib borishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Shu bilan birga
dunyoni anglab borish, o'rganish jarayoni, p o ‘stloqning ma’lumotlar
bilan to ‘lib borishi, asosan, bolalik davriga to ‘g‘ri kelar ekan. G o ‘-
daklik davridan yetuk, barkamol yoshga erishgunga qadar b o ig a n
davr har bir individ uchun uzoq masofa hisoblanadi.
Hech narsaga ega boMmagan go‘dak, keyinchalik ko‘p narsalarni
egallab, hayotga moslashib oladi. Xo‘sh, bu jarayon qanday kechadi?
N im a qilsa, xatolarga yo‘l qo'yilmaydi? Shaxsning uyg‘un, ijodkor
bo‘lib rivojlanishi uchun nimalar zarur? Ba’zi olimlarning fikricha,
hammasi tarbiyaga bog‘liq. Haqiqatan ham shunday. G o ‘dakning
miyasini hali to ‘ldirilmagan, yozilmagan daftarga o'xshatish mumkin.
Daftarning tashqi ko‘rinishi o ‘xshash bo‘lsa-da, har bir nusxasi-
ning, sahifasining o ‘ziga xos xususiyatlari bor. Bittasiga bir xil maz-
munli, ikkinchi varag‘iga boshqa mazmunli iboralarni yozish mumkin.
Yozuvchi daftarni nim a bilan to ‘ldirsa, keyinchalik shu yozuvni
o‘qiydi, shu yozuvga ko‘zi tushadi. Demak, oppoq varaqlarni qanday
to‘ldirish, nima bilan to'ldirish o'zimizga bog‘liq. Balki inson miyasini
oddiy daftar bilan taqqoslash noto‘g‘ridir, chunki, inson miyasi
m a’lum otlarni faqat «o‘lik», «jonsiz» holatda o ‘zida saqlaydigan
daftar emas, u m a’lum otlarni faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar
chiqaradigan, ijodiy fikrlay oladigan katta bir jonli, harakatdagi
sistemadir.
Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo‘lib o‘sishiga ta ’sir
qiluvchi sabablar bolani o ‘rab turgan muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Bolaning oldida turgan m uam m olar yechim ini to ‘g‘ri topishga
ko‘maklashish, uning xulq-atvorini to ‘g‘ri shakllantirib borish katta
ahamiyatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |