Xed-Zaxarin sohalari
deb ataladi (31-rasm).
Psixogen giperesteziyalar ayniqsa, bosh terisidayaqqol ifodalan
gan b o ‘ladi. Psixonevroz bilan xastalangan bem orning boshini tek-
shirayotgan vrachning qo‘lini bem or itarib yuborgan. U boshida
31-rasm. Xed-Zaxarin sohalari. Ichki a ’zolar kasalliklarida terida
kuzatiladigan iperesteziyalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qattiq og‘riq paydo boMganidan shikoyat qilib, doktor qabulida 10
daqiqagacha o ‘tirib qolgan. O radan 3—4 daqiqa o ‘tgach «og‘riq o ‘tib
ketdimi, yoki biror og‘riq qoldiradigan dori beraymi» deb so‘ral-
ganda bemor: «Yo‘q, hozir o ‘zi o ‘tib ketadi, nega m endan so‘ramas-
dan boshimni bosib qo'ydingiz» deb vrach yordamidan voz kechgan.
Yana bitta bem orning tizza refleksi nevrologik bolg'acha bilan
tekshirilayotganda, bem orning oyog‘ida kuchli og'riq paydo b o ‘lib,
yura olmay qoladi va birozdan keyin o ‘tib ketadi. Psixogen gi-
peresteziyalar uchun og‘riqlarning aynan tanadagi sezgir nuqtalarda
paydo b o ‘lishi xosdir. M asalan, trigem inal nuqtalarda, oyoqlardagi
nerv stvollari sohasidagi nuqtalarda va hokazo. Ba’zan bexosdan
aytib qo'yilgan so'zdan yoki tashxisdan keyin bem orlarda yatropatik
xususiyatga ega boMgan turli og‘riqlar va giperesteziyalar paydo
boMishi ham mumkin.
Biz o ‘zimiz kuzatgan quyidagi ikkita bem or bunga misol boMa
oladi. D. ismli 18 yashar kelin oilada yuz bergan falokatdan keyin
o ‘ziga-o‘zi pichoq uradi. Q orinning ikkita joyiga urilgan zarbadan
bem or ko‘p qon yo‘qotib, jarrohlik boMimiga tushadi. Bem orga shu
zahoti ko‘rsatilgan yordam dan keyin yosh kelinning hayoti saqlab
qolinadi. Bemor tuzalib chiqadi, biroq uning ikkala oyogMda og‘riq
paydo boMib, bu og‘riq borgan sayin kuchayib boradi. Ikkala oyoqda
falajlik paydo boMadi. Bem orni nevropatologga ko'rsatishadi. U
«pichoq orqa miyadagi nerv tolalarini ham shikastlagan» deb xulosa
chiqaradi va davolash choralarini tavsiya qiladi. Bemor bu diagnozni
qo‘yarda-qo‘ymay ota-onasidan bilib oladi va bem orning tanasidagi
og‘riqlar belda va oyoqlarda «to‘planadi». Bemorning tanasida og‘riq
paydo qilish uchun uning tanasiga qoM tekkizish shart em as edi,
chunki og'riqlar usiz ham, ayniqsa, tu n d a o ‘z -o ‘zidan paydo b o ‘-
lardi va bem or og‘riq kuchidan qichqirib yigMab yuborardi. Bem or
badanini hatto choyshab bilan ham yoptirmas edi. Chunki «choyshab
biror joyiga tegib tursa, og‘riq kuchayardi». U qo‘rqqanidan o ‘zining
tanasiga o ‘zi ham qoM tekkizmas edi. Bem or tanasida tez-tez va to ‘-
satdan paydo boMadigan o g ‘riq larn i kutib, ikkala q o ‘li b ilan
to ‘shakning chekkasidan m ahkam ushlab yotardi. Shunisi e ’tiborliki,
bemorga biror yordam kerak boMsa, faqat katta akasiga m urojaat
qilardi, boshqalarni (ota-onasini, ukalarini) yoniga yoMatmasdi. Bu
holatni psixogen og‘riqlarga qiyosiy diagnoz qo‘yganda e ’tiborga olish
zamr. Nega bunday qilasiz, degan savolga bemor: «Akam hech joyimni
og'ritm asdan yordam beradi» deb javob bergan. Buning oqibatida
www.ziyouz.com kutubxonasi
uyga kelgan vrachlarni ham yoniga yo'latmagan. Bemor bilan ikki
kun mobaynida suhbat uyushtirilib, uning psixologik statusi tekshirildi.
Bem or suhbat chog‘ida har gal: «Meni davolasangiz hech joyimga
tegmasdan davolaysizmi?», «Orqa miyam haqiqatan ham jarohat-
lanmaganmi?» deb so‘rardi. Bemor bilan umum iy til topilgandan
keyin, bem orda to ‘la nevrostatus tekshirildi, oradan bir necha oy
o ‘tganiga qaram asdan, bem orning oyog‘ida atrofiyalar yo‘q edi,
pay reflekslari saqlangan, sezgi buzilishlari ham yo‘q edi (faqat
um um iy gi peresteziyadan tashqari). Endi eng asosiysi bem ordayat-
rogeniya belgilarini yo‘qotish va orqa miyada hech qanday jarohat-
lanish yo‘qligiga ishontirish kerak edi. Bu vazifaning uddasidan
chiqqanimizdan keyin bem or davolanishga katta ishonch bilan qarab,
tavsiya qilingan barcha muolajalarni ola boshladi. Bemor, asosan,
psixoterapevtik muolajalar hamda platseboterapiya usuli bilan davolandi
va sog‘ayib ketdi. Chunki og‘riq va falajlik organik xususiyatga ega emasdi.
Ikkinchi voqea ham yatrogeniyaga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu
voqea viloyat shifoxonalarining birida sodir b o ‘lgan edi. Uzoq
yillardan buyon asab kasalliklari vrachi bo‘lib ishlab kelayotgan
doktor o'zining um r yoMdoshiga «Disk churrasi» deb diagnoz qo‘yadi.
T o‘yda tinm ay yumush qilgan 40 yoshdan oshib qolgan bu ayolning
belida kuchli og‘riq paydo bo‘lib, ikki kundan keyin ikkala oyog‘i
ishlamay qoladi, to ‘g ‘rirog‘i kuchli og'riqdan qo‘rqib, oyoqlarini
sira qimirlatmaydi. Buning ustiga «disk churrasi», asosan, operatsiya
yo‘li bilan davolaniladi deb o ‘ylagan bemorda affektiv holat yanada
rivoj oladi. Oddiy ukollarni ham dod-voylab oladigan bem or 5 oy
m obaynida konservativ yo‘l bilan davolanadi. N ihoyat, bemorning
eri uni operatsiya qilishga roziligini oladi va bemorni Toshkentga olib
keladi. Bem or neyroxirurgiya klinikasiga yotqiziladi va o ‘sha kechasi
bemorga epidural og‘riqsizlantirish qilinadi (chunki oddiy novokainli
blokadalar yordam berm as edi). Ertasi kuni bem orga epidural
miyelografiya qilinib, disk churrasi yo‘qligi aniqlanadi va bemorga
nevropatologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bemorda har tomonlama
nevrologik va psixologik status tekshiriladi. U nda affektiv buzilishlar
oqibatida rivojlangan psixogen gi peresteziya va radikulalgiya aniq
lanadi. Bem or maxsus davolash muolajalaridan keyin tuzalib ketadi.
Savol tug‘iladi: yatropatiyalar uzoq (oylab, yillab) davom etishi
m um kinm i? H a, albatta davom etishi mumkin. Bemor qancha ko‘p
muvaffaqiyatsiz davolash usullari bilan davolansa, psixogen kasallik
nafaqat uzoq vaqt davom etadi, balki zo'rayib ham boradi. Bu psi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
xogen sindromlar qancha uzoq davom etsa, davolash ham shuncha
cho‘ziladi degani emas. Diagnoz to ‘g‘ri aniqlangandan keyin bem or
ning psixologiyasiga moslab tuzilgan davo choralari shu zahoti yoki
bir-ikki kun ichida foyda beradi. Kasallikning davomiyligi bu yerda
ahamiyatga ega emas, aksincha, ruhiy ta ’sir qilish kuchi ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |