Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Farzand qilib olishga qo’yilgan talablar.
2.Asrab olingan bolaga (etim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi uchun qanday zarur sharoitlar yaratiladi.
3. Ijtimoiy yetimlikning kelib chiqish sabablari.
4.Oilaviy ajralishlarni oldini olish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Bolalikni yosh davrlarga ajratish, uni tabaqalash bolalar psixologiyasida juda qadimiy muammolardan biridir. Bolaning aql-idroki, fe’l-atvori, voqelikka munosabati, jismoniy va psixik o’sishi, rivojlanish xususiyatlari uning taraqqiysi bilan o’zgarib turadi. Bu o’zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog’liqdir. Masalan: Hozir tug’ilgan bola bilan undan bir xafta ilgari tug’ilgan bola orasida ham farq bor.
Yangi tug’ilgan bola gavdasining sondan bo’yingacha bo’lgan qismi uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, bo’yni qisqa, bosh suyagi esa hali qotmagan bo’ladi. U shartsiz reflekslar bilan dunyoga keladi va vaqt o’tgan sari u ham jismoniy, ham psixologik tomondan shakllanib boradi. Bunday o’zgarishlar turli oy va turli yoshlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.O’sib ulg’ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bo’lsa, sifat o’zgarishlari bolaning psixik tarqqiyoti bilan bog’liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o’zgarishlari birdaniga sodir bo’lmaydi, asta –sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda ularning hayotida yuz beradigan sifat o’zgarishlari, yahni uni psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko’tarishlari asos qilib olinadi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Ko’pchilik olimlar bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda faqatgina jismoniy o’sishni asos qilib, uni:
1) chaqaloqlik davri,
2) balog’atga erishish davri,
3) balog’atga erishgandan keyingi davr deb tabaqalangan bo’lsalar, ba’zi birlari esa:
1) emish davri
2) emaklash davri,
3) ikki oyoqlab yurish davri deb davrlarga ajratishgan.
Olimlardan masalan P.P. Blonskiy
1) tishsiz bolalik davri
2) sut tish davri
3) doimiy tish davri
4) doimiy tishni tushish davri (qarilik) deb ajratganlar. Bunday bolalikni davrlarga ajratishda faqat ularni fiziologik va biologik belgilarigagina suyanib, pisixik xususiyatlar hisobga olinmagan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
podsholik davri 5 yoshgacha
qullik davri (6-12 yoshgacha)
O’rtoqlik do’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini, bola o’zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni e’tiborga oladi. 6-12 yoshgacha bo’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta, bu davrda bolani xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo’ysunish, mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o’qish, o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy anhanalarimizga sadoqatli bo’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do’stlik davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo’lish lozimligini nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta e’tibor berilgan. Jumladan Shveytsariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql idrokiga xos bo’lgan xususiyatlariga qarab : 1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha); operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Frantsuz olmi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulg’siv harakat davri- 0-6 oygacha, xis-tuyg’u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o’spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish to’g’risida ko’pgina materiallar to’plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
1) go’daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o’tishdagi inqiroz davri (3 yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o’smirlik davriga o’tishi (balog’atga yetish inqirozi davridir)
Bu ikki davr o’rtasida juda katta farq va o’xshashliklar mavjud. Jumladan xar ikkala davr ham o’zining mustaqilligi va kattalar bilan o’zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P. Blonskiy va L.S. Vigotskiylar bolalikni davrlarga ajratishda bolaning yashash sharoitini o’zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarini o’zgarishini ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida e’tiborga olish lozimligini ko’rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o’zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar.
Chaqaloqning barcha hayotiy funktsiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.
Bolaning ilk yosh davrni 3 davrga ajratamiz.
Tug’ilgandan 1 oylikkacha chaqaloqlik davri.
Bir oylikdan 1 yoshgacha go’daklik davri.
Bir yoshdan 3 yoshgacha ilk yosh davri yahni bog’chagacha yosh davridir.
Tadqiqotchi F.I.Fratkina kattalarning go’dakka qaratilgan nutqidan quydagicha ta’sirlanish holatlarini aniqlagan:
1) nomi aytilgan buyumga javob tariqasida burilib qarash.
(7-8 oyligida)
2) turmush tajribasida egallagan harakatlarini kattalar eslatishi bilan bajarishga intilish (8-9 oyligida)
3) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasidan oddiy nutq topshriqlarini bajarish (9-10 oyligida)
4) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasi bo’yicha zarur predmetni tanlab olish (10-11 oyligida)
5) mumkin emas tahqiqlovchi so’z yordamida harakatni to’xtatish (12 oyligida)
Go’dakdan o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilishi harakatni amalga oshirishi murakkablashib boraveradi. Bular aqliy imkoniyatlar darajasiga bevosita bog’liq. 1 yoshgacha davrni nutqqacha davr deb atash odat bo’lib qolgan. Bu davrda go’dak bosh miya yarim sharlari po’stida ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina ishlarni yahni nutq taraqqiysi bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalarni amalga oshiradi.
Nutqni tushunib idrok qilish kun sayin ortadi. U bir nimani olishni so’rashni, aytishni hohlaydi, asta- sekin birinchi so’zlar 10-12 ta gacha paydo bo’ladi.
Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Inson ontogenezida uning ana shu 1 yoshdan 3 yoshgacha davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof muhitga o’zgalarga munosabat, xulq – atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko’rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi. Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg’ul bo’lish imkoniyatlari kengayishi uning kattalarga bevosita tobeligi ularga bog’liqligi nisbatan kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
R.Ya.Abramovich–Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, 1 yoshli va 1 yoshu 2 oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishining oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi.
Tayyorlov guruhlarga borganda o’n ichida tartib bilan sanashga va og’zaki masalalar yechishga o’rgatish bilan bola tafakkurini o’stirish mumkin.
Bolalar tafakkuri turli hil sayr va ekskursiyalar yordamida ham o’stirib boriladi.Ekskursiyalar bolalarda tafakkur protsessini aktivlashga va rivojlantirishga yordam beradi.
Bolalar ekskursiya va sayllar paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli narsalarni taqqoslashga, analiz – sintez qilishga o’rganadi. Masalan: boqqa ekskursiyaga chiqqan bolalar bog’ning bir chekkasiada yer kovlayotgan toshbaqani oyoqlarini belkurakka o’xshatsa, ikkinchi bola ekskavatorning kovushiga o’xshatadi. Bunday taqqolovchi mulohazalar bolalar tafakkurini o’stirishga aktiv ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |