45-modda. Tuman, shahar hokimining, vasiylik va homiylik organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish.Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish, vasiylarni yoki homiylarni o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to’g’risidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 3-kichik bo’limi. («Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish yuritish»). 46-modda. Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish. Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-kichik bo’limi. («Dahvo ishlarini yuritish»). 9-bob. Yakunlovchi qoidalar 47-modda. Nizolarni hal etish.Vasiylik va homiylik sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. LexUZ sharhiQarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-kichik bo’limi. («Dahvo ishlarini yuritish») 3-kichik bo’lim. («Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish yuritish»). 48-modda. Vasiylik va homiylik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Vasiylik va homiylik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. LexUZ sharhi qarang: O’zbekiston Respublikasi Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 471, 472, 48-moddalari 49-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.