Mustahkamlash uchun savollar.
1.Harakatlar strategiyasida ijtimoiy faoliyat.
2.Xalq pedagogikasida ijtimoiy reablitatsion faoliyatning o’rni.
3.Ijtimoiy-reabilitatsion muassasalarning yangilanishi haqida fikrlaringiz.
4.O‘zbekistonda bolalar va o’smirlar dam olish maskanlari haqida fikringiz.
5.IRMlarda pedagogik va psixologik xizmat qanday tashkil etiladi.
6.Siz qanday ijtimoiy-reabilitatsion muassasalar tashkil qilgan bo’lardingiz?
Vasiylik va homiylik.
Vasiylik – bu “balog’atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota-onasiz qolgan bolalar, ruhiy kasallar)”21. vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan shaxslar yoki tashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik. Qaramog’iga olish - o’z mazmuni bo’yicha vasiylikka yaqin tushunchadir, qaramog’iga olish – bu balog’atga yetmagan bolalar shaxsiy va mol-mulkka himoya qilish shakli (va boshqa kategoriyali odamlarning ham), ya’ni qaramog’iga olish deganda vasiylikdan farqli ravishda unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo’llaniladi: yetim (hech kimi yo’qlik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy birga yashamaydi, hech kimi yo’qlik).
Vasiylik va homiylikning maqsadi-vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi.Vasiy va homiy voyaga yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.Vasiylik va homiylik tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma`lum bo`lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim.
Vasiy yoki homiyni tayinlash vaqtida uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs bilan vasiylik va homiylikka muhtoj shaxs o`rtasidagi munosabatlar, shuningdek vasiylik va homiylikka olinuvchining o`z xohishi e`tiborga olinishi lozim. Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ta`minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta`lim berish, shuningdek, bunday bolalarning shaxsiy hamda mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi.Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to`g`risidagi Nizom»ga ko`ra, vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshiruvchi organlar tavsiyasiga ko`ra tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
O`n sakkiz yoshga to`lmagan ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan vasiylik va homiylikka muhtoj voyaga yetmagan bolalarni aniqlash, hisobga olish, joylashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish singari vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish – xalq ta`lim bo`limlariga, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan - sog`liqni saqlash bo`limlariga, sog`lig`ining yomonligi sababli homiy tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan – ijtimoiy ta`minot bo`limlari zimmasiga yuklatiladi.
Vasiylik va homiylik belgilanadigan shaxslar.Vasiylik o`n to`rt yoshga to`lmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi. Sog`lig`ining yomonligi sababli mustaqil ravishda o`z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.Bolaning ota-onalik huquqidan ma’hrum qilinmagan ota-onasi bo`lib, vasiylik va homiylik organlari uning ota-ona tarbiyasida qolishi bola manfaatlariga javob bermasligini, shuningdek, bolaning hayoti va sog`lig`i uchun bevosita xavf borligini aniqlasa, unga vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Voyaga yetmagan bola o’n sakkizr yoshga to’lganligi sababli vasiylik tugaganida vasiy vazifasini bajaruvchi shaxs maxsus tayinlanmasdan voyaga yetmagan shaxsning homiysi bo’lib qoladi: Homiylik quyidagi hollarda tugaydi: homiy yoki homiylikdagi shaxs voyaga yetganda, homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganida, homiylikdagi shaxs nikohga kirganda, voyaga yetmagan shaxs to’la muomilaga layoqatili deb e’lon qilinganda, fuqaroning muomila layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda, homiylikdagi voyaga yetgan shaxsning sog’lig’i yaxshilanganligi tufayli u mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lganda tugaydi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida Nizom» ga ko`ra, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olishni istovchilarning oilaviy sharoiti, moddiy ta`minoti va ahvolini tahlil qilib, ularni ro`yxatga oladi
.Bolalarni tarbiyaga olishni istagan shaxslar o`zlari yashaydigan joydagi vasiylik va homiylik organlariga ro`yxatga olinishlarini so`rab ariza berishadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:-ish joyidan vazifasi va maoshi miqdori ko`rsatilgan ma`lumotnoma yoki tegishli tartibda tasdiqlangan daromadlari haqida deklaratsiya nusxasi;-uy-joy borligini tasdiqlovchi hujjat; -agar nikohda tursa, nikoh guvoxnomasi nusxasi;-bolani tarbiyaga olishni istagan shaxs va uning oila a`zolari sog`lig`i haqida tibbiy ma`lumotnoma.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o`rtasida tuziladi. Tutingan ota-onalar, bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan, bolani oilaga tarbiyaga olishga huquqi bo`lgan fuqarolar orasidan vasiylik va homiylik organlari tomonidan tanlanadi. Tutingan ota-onalikka nomzodlar tanlashda ularning shaxsiy xususiyatlari, fe`l-atvori, sog`lig`i, o`zi bilan birga yashaydigan oila a`zolari va boshqalar bilan munosabati hamda bola tarbiyasi sohasidagi tajribasi e`tiborga olinadi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda uning tuzilgan vaqti va joyi, kelishuvni tuzayotgan vasiylik va homiylik organining nomi, yuridik manzili, tutingan ota-onaning shaxsini tavsiflovchi ma`lumotnomalar (jumladan, turar joyi, pasportining tartib raqami), tarbiyaga berilayotgan bola haqida batafsil ma`lumotnomalar, tutingan ota-onaning asosiy huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organing tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari hamda kelishuvning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilishi lozim.Kelishuvda tutingan ota-onaning asosiy majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi mumkin: -tutilgan bolani o`zaro yordam va hurmat asosida tarbiyalash;-bolaning ta`lim olishi, jismonan, ruhan, ma`nan va axloqiy sog`lom o`sishi uchun sharoit yaratish;-bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish;-bolaning sog`lig`i va sog`lig`i haqidagi tibbiy tavsiyalardan kelib chiqib, uni vaqti-vaqti bilan mutaxassis-vrachlar ko`rigidan o`tkazib turish, bolaning davolanishini ta`minlash;-bolaning umumiy ta`lim muassasalarida ta`lim olishini ta`minlash, uning fanlarni o`zlashtirishini kuzatib borish va maktab ma`muriyati bilan aloqada bo`lib turish;-tutingan oilada bolaning tarbiyasiga salbiy ta`sir qiladigan yoki kelgusida uning bu oilada yashashi va tarbiyalanishini istisno qiluvchi holatlar yuzaga kelganda, bu haqda darhol vasiylik va homiylik organlariga xabar qilish va boshqalar.
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham egadir.
Bolaning manfaatiga daxldor har qanday masala oilada hal qilinayotganida bola o`z fikrini bildirishga haqli.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo`lishi mumkin, quyidagilar bundan mustasno: -sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanga n deb topilgan shaxslar;-sud tomonidan ota-onalik huquqidan ma’hrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;-qonun bilan o`z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;-ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilingan shaxslar;-qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;-sog`lig`ining holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
O’zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to’g’risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 8 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda mahqullangan.1-bob. Umumiy qoidalar.1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi.Ushbu Qonunning maqsadi vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |