Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ijtiomiy pedagogikada ishontirish meodi?
2. Ijtimoiy pedagogianing iborat?
3. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti nimadan iborat?
4. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish deganimiz nima?
5 Sotsiometrik metodning boshqa metodlardan farqi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.1997 y.
Umum ta’lim maktablarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish haqida farmon. 2001 yil 4 yanvar
3 – Modul. Ijtimoiy pedagogika fanining metodik ta’minoti
4-Ma’ruza. O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi ijtimoiy-reabilitatsion muassasalar. Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.Vasiylik va homiylik.Yetim bolalar bilan olib boriladigan faoliyat.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Reja.
1.Ijtimoiy realbilitatsiya mohiyati va vazifalari.
2. Vasiylikka qaromog’iga olish.
3. O’zbekiston respublikasida patronaj ish usuli.
4. Reabilitatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
Tayanch so’z va iboralar.
Ijtimoiy, reabilitatsiya,vasiylik, patranaj, qaramog’iga olish, davlat muhofazasi, farzandlikka olish, reabilitatsiya turlari.
Jamiyatda oilaning roli o’zining kuchi bo’yicha boshqa hech bir institutlar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi. Bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog’liqlikni inson o’zining butun hayoti davomida xis etadi. Oilada insonning mahnaviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Statistik ma’lumptlarning ko’rsatishicha, xo’jalik yuritish bozor siyosatiga o’tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha yomon og’ir ta’sir ko’rsatdi. Demograflar tug’ilish kamayganini qayd etadilar sotsiologlar assotsial oilalar sonini o’sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo’yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur.Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch, yomon oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muxtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o’zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila – bu ijtimoiy institut bo’lib, unda odamlar o’rtasida o’zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo’ladi. Ana shu o’zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko’rish, bolalaning boshlang’ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va boshqalar.
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko’rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlisiga to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |