Buzilgan xulq - atvor ijtimoiy dezaptatsiyaning bir ko'rinishi hisoblanadi. Bolalik - o'smirlik dezaptatsiya haqida gapirganda albatta bolalar kategoriyalarini bo’lib olish kerak.
Bular:
- o’qishga bormaydigan maktab yoshidagi bolalar;
-yetim bolalar, -ijtimoiy yetimlar’
-giyohvand va zaharli moddalarni iste’mol qiluvchi o'smirlar;
-jinsiy intizomsiz xulq - atvorli o'smirlar’
-jinoiy ishlarga qo'l urgan o'smirlar. Bizga ma’lumki, deviatsiya - deviant, delinkvent va kriminal xulq - atvorni o’z ichiga oladi.
Deviant xulq - atvor - bu xulq - atvor o’zgarishlarining bir turi bo'lib, kichik ijtimoiy munosabatlarda va kichik ijtimoiy guruhlarga xarakterli yoshga tegishli xulq - atvordagi ijtimoiy norma va qoidalarning bizilishi bilan bog'liq bo'lgan xulq - atvor tushiniladi, ya’ni xulq - atvorning bu turini antistsiplinali (tartib qoidalarga qarshi) deb atash ham mumkin. Deviant xulq - atvorning ko'rinishlari deb vaziyatli o’zaro bog'langan bolalar va o'smirlar xulq - atvoridagi reaktsichlari aytiladi, ular namoyish, tajovuzkorlik, bosqinchilik, chaqiriq, mustaqil va tizimli ravishda o'qishdan yoki mexnat faoliyatidan o’zilish, tizimli uydan chiqib ketishlik va daydilik, bolalar va o'smirlar ichkilikbozlik va aroqxo'rlik vaqtli, giyohvandlikka berilishi jinsiy harakatlardagi jamiyatga qarshi harakatlar va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Deviant xarakterlarning asosiy sabablari
Bolalar, o’smirlar va umuman bazi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olgan me’yorlarga zid keluvchi xatti — harakatlarni namoyon etishi — bu birdaniga, o’z —o’zidan bo’ladigan hodisa emas. Yani o’sha insonlarning shunday yo’l tutishiga nimadir sabab bo’ladi. Ya’ni har bir fazilat o’z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir —biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan turli xil faktorlarga borliq: irsiyat, muhit, tarbiya, iisonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k. Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:
1. Biologik faktorlar, ya’ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi noshush fo’ziologik va anatomik holatlar: Ularga:
genetik (o’ta aqli zayflar, ko’rlar, karlar va h.k),
psixofiziologik(ya’ni inson organizmiga salbiy ta’sir kirsatuvchi, somatik harakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k),
fiziologik (atro`ldagilarda nohush kayfiyat uyg’otuvchi tashqi qiyofa, tilning duduqligi va h.k).
2.Psixologik faktorlar, ya’ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (xaddan tashkari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir).
q.Ijtimoiy—pedagogik faktorlar, ya’ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuqsonlar.
4.Ijtimoiy — iqtisodiy faktorlar, ya’ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag’allar deb ajratilishi, xalqning ma’lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, shirinso’zlik, inflyatsiya va h.k.
6. Ma`naviy— axloqiy faktorlar. Ularga birinchidan, jamiyatdagi ma`naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma`naviy qashshoqlanishi ko’rsa, ikkinchidan, muyyan jamiyatning undagi ro’y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi.
Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari deviant xatti — harakatdagi bolalar va o’smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |