Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o’z funktsiyasini yo’qotgan u yoki bu joyning to’la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo’naltirilgan.
Psixologik reabilitatsiya o’smir ruhiyatig, ongiga deviant xulq-atvorning kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni o’qitish yoki unga to’g’ri keladigan mehnat turiga qayta o’qitib tayyorlash, yengallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo’lgan ish joyi bilan ta’minlash.
Maishiy reabilitatsiya o’smirning hayoti uchun mehyordagidek sharoitning yaratilishini ko’zda tutadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta tiklash jarayonidir. Shuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi, ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo’l qo’ymaslikdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o’smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo’ljallangan mablag’larni tahminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-tadbirlar tizimi bo’lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o’z-o’ziga xizmat qilishda zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur tahlimni olish kabilarni o’z tarkibiga oladi. O’smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o’smirlarda profilaktik oldini olish choralarini ko’rish.
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy, psixologik zo’ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og’ir hayotiy vaziyatlarga tushgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko’nikmalarini shakllantirish
Ota-ona qaramog’i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o’z qaramog’iga olish funktsiyasining bajarilishi
favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo’llab-qo’vvatlash
oilaga qaytishga hamkorlik qilish
tahlim olish, mehyordagidek o’sishga imkoniyat bilan tahminlash.
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g’amxo’rlik qilish.
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-qo’vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to’g’ri yo’lga qo’yishda yordam berish.
“Nega?”, “Nima uchun?” yoxud ijtimoiy xulqning motivlari
Eng avvalo shuni ehtirof etish lozimki, inson oldida u yoki bu voqea-hodisaning guvohi bo’lar ekanmiz, “Nega?”, “Nima uchun?” degan savollar bilan bog’liq ijtimoiy xulqning sabablarini o’rganishi kerakligi tayin. Bu masalada psixologiya ijtimoiy xulqning motivlariga hamda motivatsiya masalasiga e’tibor beradi. Oddiy misol: ko’pincha, jamoat joylarida, oilada, ishlab chiqarish jarayonida odamlarning bir-birlariga nisbatan qo’pol muomalada bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Tabiiy, savol tug’iladi: nega odamlar bir-birlariga nisbatan agressiv bo’lib qolishdi, qani o’sha insoniy bag’rikenglik, odamlar o’rtasidagi normal, madaniy muomalalar, degan.
Xorijlik mutaxassislarning (E.Ilg’in va b.q) fikricha, eng avvalo agressiv xulq-atvor bo’lishi uchun birinchi navbatda nizoli yoki odamni xavotirga soluvchi vaziyat bo’lishi kerak.
Lekin vaziyatning mavjudligi hali odamda janjallashishga moyillik holati paydo bo’ldi, degan mahnoni anglatmaydi. Birinchidan, odamlarning o’zaro muomalasida fikrlari, istaklari, qiziqishlari va maqsadlarida tafovutlar bo’lishi kerak. Ikkinchidan, bu tavofutlar har bir kishi tomonidan deyarli bir xil anglanishi lozim. Uchinchidan, bu holat hech bo’lmaganda bir tomonning ikkinchi tomonni yoqtirmasligi, ko’ra olmasligiga olib kelishi, fikrlar amalda to’qnash kelishi kerak.
Bu o’rinda bizdagi madaniyat va mentalitetning o’ziga xosligi bor, albatta. Bizda xulq agressiv tarzga o’tib ketishi uchun menimcha, yanada ko’proq bosqichlar talab qilinadi. Chunki vaziyatning mavjudligini yumshatuvchi, odamlarni nisbatan uzoq muddatda nizoni ichida saqlashiga olib kelgan sharqona odob, andisha bor. Lekin agressiv xulqning intihosi shundayki, uzoq vaqt ichida saqlangan agressiya bir kun kutilmagan tarzda namoyish etilishi mumkin. Ya’ni, bizda doimo ham bu urush, ochiq betga aytishlar tarzida emas, namoyishkorona ishning teskarisini qilish (ayniqsa, o’smirlarda, oilada ko’proq kuzatiladi), yoki boshqa vaziyatda boshqa insondan o’ch olish orqali kompensatsiya qilinadi (xotini bolasidan, rahbar xodimlaridan va hokazo). O’smirlik davrida hadeb bolaning o’zini biror narsa tufayli o’zini namoyishkorona ko’rsatishga intilishini ham aslida agressiv xulqqa moyillik, konfliktga asos bor, deb hisoblash mumkin. Demak, bu o’sha nizoli vaziyatni inson o’zidagi “ichki, ruhiy fil’trdan” qanday o’tkazilganiga bog’liq bo’ladi. Umumiy fikr shuki, biror narsaga agressiv munosabatning shakllanishi bir yoki alohida olingan motiv tufayli emas, balki sabablar yoki motivlar tizimi orqali sodir bo’lishini nazarda tutish va tarbiyaviy ishlarda bunga e’tibor berish kerak.
Ijtimoiy psixologiya bu hodisalarga insoniy munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishi sifatida qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |