Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish 
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy 
amaliyoti haqida”gi Nizomga muvofiq Buxoro davlat universitetida “Talabalarning 
malakaviy pedagogik amaliyoti haqidagi Nizom” ishlab chiqilgan. 
Malakaviy pedagogik amaliyot ta‘lim-tarbiya jarayonini zamon talablari 
asosida tashkil etadigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini 
muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada etarli ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-
moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi. 
Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari oliy o‘quv 
yurti joylashgan hududga iloji boricha yaqin joylashgan bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. 


366 
1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida pedagogika oliy o‘quv 
yurtida, pedagogik amaliyotga bag‘ishlab o‘tkaliladigan konferentsiyada 
qatnashadilar. Konferentsiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruhlarga 
bo‘linadi va pedagogik amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan 
tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning 
mazmuni, biriktirilgan metodist o‘qituvchilar bilan tanishadilar.
2. Talabalar biriktirilgan o‘quv muassasasiga boradilar, manzil bilan 
yaqindan tanishadilar. Maktab rahbarii bilan suxbatlashib, uning tarixi va 
an’analarini, o‘quv moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil 
qilish talabiga javob berishini, o‘quvchilar kontengentini o‘rganadilar. 
3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedagogik ishlari, 
maktabdagi o‘quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar 
o‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Har bir amaliyotchi talaba 
amaliyotni o‘tash davrida ma‘lum sinfga biriktirib qo‘yiladi, u shu sinf 
o‘quvchilariga mehnat ta’limidan beshta yo‘nalish bo’yicha dars beradilar.
4. Amaliyotning birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining 
moddiy bazasi, hamda o‘quvchilar bilan tanishishga bag‘ishlanadi. Bu davrda 
amaliyotchi talabalar o‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf 
rahbari o‘tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi 
talabalar haftaning oxiriga borib, har bir o‘quvchi haqida uning o‘zlashtirishi, 
intizomi, o‘qishga, jamoat ishiga munosabati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega 
bo‘lishi zarur.
5. Talabalar o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim tarbiyaviy 
ishlar, guruh murabbiylari va fan o‘qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat 
ta’limi xonalarining yo‘nalishlar bo‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar. 
Bundan tashqari amaliyotchi fan o‘qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi 
dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi 
maqsadlarining qo‘yilishini o‘rganadilar. O‘quvchilarning fan yuzasidan bilim 
darajalarini o‘rganib davlat ta’lim standart talablariga to‘g‘ri kelishini tahlil 


367 
qiladilar. Fan o‘qituvchisining darslarda ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi va 
ularning natijalarini o‘rganadilar. 
6. O‘qituvchi bo‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta‘limi 
darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga 
kirib, tahlil qiladilar. Ularning mehnat ta‘limiga bog‘liq tomonlarini o‘rganadilar. 
Texnologik ta’limning barcha yo‘nalishlarini, ya‘ni texnik va maishiy xizmat 
ko‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o‘rganadilar. 
7. Amaliyot davrida talabalar o‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish 
rejasiga asosan bayram tadbirlarini o‘tkazadilar. Bunda talaba o‘zining ijodiy 
faoliyatidan kelib chiqqan holda “Balli qizlar”, “Navro‘z taomlarini tayyorlash” 
mavzusida tadbirlar o‘tkazishi mumkin. Talaba bayram stsenariysini tuzadi, 
o‘quvchilarni tayyorlantiradi. 
8. Maktabda tashkil qilingan to‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. 
To‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar. 
Navbatdagi to‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini o‘tadilar.
9. Yo‘nalishlar bo‘yicha 8-9sinflarda “Ishlab chiqarish asoslari”, “Kasbga 
yo‘naltirish” darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko‘rib 
avval sinov darslarini so‘ngra esa namunali darslarga ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlash va o‘tish. 
10. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilashlar 
o‘tkazishni o‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir balgan o‘qivchilarning oilaviy sharoitlari 
bilan tanishib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
11. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlarni yig‘ish 
va pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferentsiyaga tayyorgarlik 
ko‘rish. Hisobot topshirish.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish