Darsning mavzusi: Ahamoniylar davlati Darsning maqsadi



Download 18,46 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi18,46 Kb.
#612847
Bog'liq
6-sinf tarix 22.Ahamoniylar davlati



Sinf: 6-“A”___________________________
Darsning mavzusi: Ahamoniylar davlati
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – O’quvchilarga Fors davlati haqida umumiy tushuncha hosil qilish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarga Kir II va Doro I ning bosqinchilik yurishlarni tushuntirish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Kir II, Doro I, Elam, Suza, Frakiya, Kiaksar;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Ahamoniylar davlati
Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan.
Bu hududda qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil. avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'rnashadi.
Mil. avv. 3-mingyillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo'lgan. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo'lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati osti­da birlashtirdi. Midiya podsholigini bo'ysundirganidan so‘ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. 539-yil). Eronliklar O’rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O’rta Osiyoga, saklarva massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi.
Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.
Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (mil. avv. 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar alangalanib ketdi. Doro I butun mamlakat uchun “doroyi” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi.
Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo'lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Download 18,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish