293
mumkin. Bunday xislatlarni bevosita kuzatish natijasida aniqlash qiyin. Shuning
uchun ham o‘qituvchi o‘ziga qulay ko‘rsatkichlardan foydalanadi.
Bevosita va bilvosita kuzatish
bilan bir qatorda faol kuzatish ham
qo‘llaniladi. Faol kuzatishda didaktik jarayonda bevosita o‘qituvchining o‘zi ham
qatnashadi va jarayonning borishigata’siretadi. Bunda
ishtirok etishning ijobiy
tomoni shundan iboratki, o‘qituvchi bo‘lib o‘tayotgan jarayonning ikir-chikirlarini
tushunib yetadi, bu esa o‘quv jarayonini tadqiqot talablariga yo‘naltirish imkonini
beradi. Bunday usul ayrim kamchiliklariga qaramasdan, ijodkor-o‘qituvchilar
tomonidan o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda keng qo‘llaniladi.
Bilvosita kuzatish o‘qituvchini hodisalarni o‘rganishga ko‘proq jalb etishga
imkoniyat yaratadi. Mashg‘ulotlar stenogrammalari, uchinchi odam tomonida
tayyorlangan
kuzatish bayonlari, foto-kinolavhalar, rasmlar, diagrammalar,
statistik mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlar pedagogik faoliyatning
natijalarini
hamda ijtimoiy muhit, xususan o‘qituvchi faoliyatining o‘quvchi
shaxsida uyg‘otadigan o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi.
Ilmiy-tekshirish maqsadlarini aniqlash o‘qituvchini qiziqtirib qolgan
muammoli holatni tahlil qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday holatni tahlil
qilish va unda ma’lum va noma’lumlarni aniqlash, qo‘shimcha
adabiyotlarni
o‘rganish, tajribali shaxslarning bu masalaga bergan bahosi o‘qituvchining asosiy
va qo‘shimcha muammolarni aniqlash imkonini beradi.
Suhbat metodi
Suhbat bu so‘rashning bir turi bo‘lgani holda o‘qituvchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan o‘quvchi bilan bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan
ilmiy farazlarning
qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi.
Odatda, suhbat metodi maktab o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-ona
va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda
294
qo‘llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi,
amalga oshirish yo‘llari belgilanadi, natijalar tahlil
qilinadi va tegishli xulosa
chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli
tomonga yo‘naltira olishni bilishi, suhbatdoshining
ruhiy holatiga qarab suhbat
ohangini moslashtira bilishi g‘oyat muhimdir. Bunda:
1) suhbat uchun oldindan savol tuzish;
2) vaqti va o‘tkazish joyini belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo‘lishi;
4) suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
5) mahmadona va bachkana bo‘lmaslik;
6) suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;
7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa
chiqarish, lozim bo‘lsa qo‘shimchalar kiritish va maktab
hayotiga tadbiq etish
pedagogik jihatdan qimmatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: