Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Ekologik tarbiyani tashkil etish shakllari



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Ekologik tarbiyani tashkil etish shakllari 
Fuqarolarda ekologik savodxonlik va madaniyat ijtimoiy ta’lim-tarbiya 
muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mehnat jamoalari, mahalliy boshqaruv 
organlari, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, sud, ommaviy axborot vositalari 
singari shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy 
xususiyat va tomonlarga asosiy e’tiborni qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, 
havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: “Suv - tabiat in‘omi, hayot 


279 
manbai”, - deb bejiz aytishmagan. Ma’lumki hozir faqat 500 ming km 3 ga yaqin 
chuchuk suv bor xolos. Ma’lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza 
qilish haqida qimmatli hayotiy g‘oyalar xalq donishmandligida asoslangan. 
Masalan, “Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni 
tangri do‘zaxga mahkum etur”, “Dehqonchilik bilan shug‘ullaninglar, dehqonchilik 
muborak kasbdir. Unga qo‘riqchilarni ko‘paytiringlar», “Qaysi bir musulmon ekin 
eksa yoki biror daraxt o‘tqazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, 
uning ekinidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi” va 
hokazo.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan 
biridir. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqta bo‘lib, 53,4 
metrni, shu darajalar 1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni 
(400 kub kilometrni) suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming 
kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 10-11 gramm (u ikki 
barobar oshganligining guvohimiz)ga etgan. Orol dengizining qurib borishi 
munosabati bilan xalqaro, keng ko‘lamli ahamiyatga molik bo‘lgan ekologik, 
ijtimoiy-iqtisodiy va desografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. 
Dengizning qurib borishi va mintaqaning cho‘lga aylanib borishi bilan bog‘liq 
fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir.
Maktabda o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma’lumotlarni berib 
borish o‘qituvchilarning asosiy vazifasi bo‘lmog‘i darkor. Endilikda atrof-muhitga, 
tabiat boyliklariga e’tiborsiz bo‘lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi 
ma‘lumligi aniq bo‘lib qoldi. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar 
muammolarini echish zaruriyati tug‘ildi. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni 
shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish 
pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. Ayniqsa, 
umumta’lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya 
berishga astoydil kirishi zarurligini ko‘rsatadi. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi 
zamonning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolganligi o‘quvchi ongiga singdiriladi. 
Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko‘p darajada foydalanish, 


280 
yangi yerlarni rejasiz o‘zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o‘zgardi, 
atrof-muhit ifloslandi.
Ekologik 
tarbiya 
insonning 
atrof-muhitga 
nisbatan 
munosabatini 
tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga 
oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh 
avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan 
iboratdir. Bizningcha, umumiy o‘rta ta’lim va boshqa muassasalarda ekologik 
tarbiya berishni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
atrof-muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri;
- tabiat va uning ahamiyatini anglash;
- tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi;
- o‘z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda, 
hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini;
- oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini 
e’zozlashga o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
- yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, 
ularga e’tiborni kuchaytirish.
“Avesto”da kishilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha quyidagi tadbirlar 
belgilangan: Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi 
jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.
Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga 
mahkumdir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko‘rsatishgan. 
Yurtni 
obod 
etishgan, 
ko‘chalarni, 
haylilarni 
sarishta 
qilishgan.
Maktab o‘quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari 
zarur:
- tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi 
bog‘lanish;
- tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
- atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash;
- tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.


281 
Umuman umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining ekologik ta’lim-
tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi 
ta‘minlanadi: ekologik his-tuyg‘u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik 
tushuncha, ekologik bilim, ma‘lumot, ko‘nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat 
(mahorat) va hokazo. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish