191
mehnat operasiyalarini ko‘p xatolar bilan boshqarish,
mehnatga belgilangai sifat
ko‘rsatkichlarining ta‘minlay olmasligi uchun qo‘yiladi.
“
1”ball
o‘quv jarayonini umuman bilmasligi, berilgan topshiriqdan bo‘yin
toblash, asboblardan foydalana bilmaslik va uni ishdan chiqarish xavfsizlik
qoidalarini qo‘pol ravishda buzish.
Shuni eslatib o‘tish lozim, ball baholar ishi tipovoy normalari bo‘lsa ham,
ular aslida umumiy o‘rni normalar bo‘lib, ularni albatta indivduallashtirish kerak.
Usta va mehnat o‘qituvchisi ball qo‘yish normalariga ijodiy yondoshishi bu
masalaga bir xil qaramasligi lozim. Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi
diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchini qo‘ygan baholarini izohlab
berishi muhimdir. Bu hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarni,
amaliy
ishlardagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. O‘qituvchi baholarni
izohlar ekan, sinf, guruhini diqqat e‘tiborini berilgan javob yoki bajarilgan
topshrigini ijobiy va salbiy tomonlariga qaratilishi, buni barcha o‘quvchilar keyingi
o‘quv mehnat faoliyatlarida hisobga olishlari zarur.
Baholarni muntazam izohlab
berish ularning ta‘limiy rolini oshiradi.
Chorak bahosi, o‘rtacha arifmetik
hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog‘ini inobatga olib chiqariladi.
Bundan o‘quvchining og‘zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega.
O‘qituvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholashda
o‘quvchi javobini tahlil qilib boradi va javoblar yuzasidan o‘z mulohazasini aytadi.
O‘quvchi javob berayotganida qanday xato va kamchiliklarni yo‘l qo‘yganini
ko‘pincha uning o‘zi sezmaydi. Bunday holda o‘qituvchi o‘quvchining javobini
qisqacha tahlil qilib berishi talab etiladi. Shunda o‘qituvchi qo‘ygan
bahoning
tog‘riligiga o‘quvchida shubha qolmaydi.
O‘quvchi o‘z bilimida qanday yutuq yoki kamchilik borligini, nima uchun
uning bali oshirilgani yoki pasaytirilganini anglagandagina qo‘yilgan baho
rag‘batlantiruvchi rol o‘ynashi mumkin. O‘quvchi o‘z xatosini to‘la
tushungandagina uni to‘g‘irlashga ongli ravishda intiladi. O‘qituvchi o‘quvchi
bilimini ball bilan baholar ekan, erishgan yutug‘i uchun rag‘batlantiradi,
kamchiliklarini qayd qilib qo’yadi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarini qanday
192
bartaraf etish yo‘llarini, dars tayyorlash vaqtida asosiy e‘tiborni nimalarga
qaratishi
kerakligini ko‘rsatadi. Bunday asoslash o‘quvchining bundan keyingi faoliyatiga
ham ijobiy ta‘sir etadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash o‘quvchilarni tizimli mehnat qilishga,
mustaqil ishlashga, bilimlarni egallashdagi mas’uliyatni sezishga o‘rgatadi.
Bilimlarni mustahkam, sifatli o‘zlashtirish
uchun kurash, harakat qilish, bolalarni
o‘z-o‘zini boshqarishga, intizom, qat‘iylik, ishni oxirigacha yetkazishga, o‘qquv
topshiriqlirini tizimli va sifatli bajarishga undaydi. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va
malakalarini tekshirish va baholash ota-ona uchun ham ahamiyatlidir. Chunki ota-
ona qo‘yiladigan baholar orqali o‘z bolalarining o‘qishi haqida asosli ma‘lumot
olib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: