Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Ta’lim beruvchi uchun vositalar:
o‘quv-metodik qo‘llanmalar, metodik 
tavsiyalar, metodik ishlanmalar, o‘quv dasturlari, dars rejasi, ma‘ruza matni. 
Ta’lim oluvchi uchun vositalar: darsliklar, o‘quv qo‘llanma, jadvallar, texnologik 
xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolar. Dars o‘tkazish uchun vositalar: 


185 
plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual vositalar, texnik vositalar, real 
vositalar. Quyida biz elektron-didaktik vositalarning uchinchi guruhiga kiruvchi 
elektron-didaktik vositalar va ulardan texnologiya ta‘limi darslarida foydalanish 
metodikasi bilan tanishib chiqamiz.
Elektron-didaktik vositalar
va ulardan foydalanish metodikasi haqida 
gapirar ekanmiz: ta’limning ko’rgazmali qurollari va texnika vositalaridan 
foydalanishning aqamiyatini ta‘kidlab o’tishimiz kerak. Texnologiya ta’limi 
jarayonida avvalo natural ob‘yektlar, asbob- moslama, tayyor detallar va buyumlar, 
uskunaning yig‘ma sxemalari, uzellari va yaxlit uskuna va hokazolar, ya’ni 
o‘quvchilar qaysi uskunada va nima yordamida ishlashlari kerak bo‘lsa, shularning 
barchasi ko‘rgazmali qurollar, elektron-didaktik vositalar hisoblanadi. Bundan 
tashqari texnologiya ta’limi jarayonida plakatlar, sxemalar, diagrammalar, 
modellar, maketlar va boshqa tasviriy ko‘rgazmali qurollardan ta’lim vositasi 
sifatida foydalaniladi.
18.3. O‘qituvchining shaxsiy fazilatlari
O‘qituvchi xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta’sirining 
samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namayon bo‘ladi. 
O‘qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar, 
tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq tarzida bir 
qadar 
oydinlashiriladi. 
Insonparvarlik, 
vatanparvarlik 
milliy 
g‘urur, 
baynalminalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr qimmat, mas‘uliyat vijdon, 
halollik, rostgo‘ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‘qituvchi odobida 
pedogogik faoliyati bilan bog‘liq ravishda tahlil qilinadi bolalarga yaxshilik qilish 
o‘qituvchilik burchi o‘qituvchi sha‘ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik mas‘uliyati, 
o‘qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lish, o‘qituvchining ma‘naviy 
qiyofasi, halolligi, pokligi rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim 
fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirish bo‘lajak o‘qituvchi 
uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunday axloqiy va insoniy xususiyatlarini 
tog‘ri amalga oshira olgan o‘qituvchigina o‘zining haqiqiy biologik ekanligini his 
etadi.


186 
O‘qituvchining bilimidon bo‘lishi, insoniyat ma’naviy boyliklarini 
ko‘paytirishga va uni yoshlarga astoydil o‘rgatish, o‘z ishida qanoat hosil qilish, 
o‘z kasbini bolalarni dildan sevish, berilib ishlash. Bularning barchasi o‘quvchi 
shaxsining skakllanishiga bebaho axloqiy ta‘sir etadi. O‘qituvchining bilimdonligi 
ham uning insoniy yoki axloqiy xususiyati hisoblanadi. Bilimdonlik bu insoniy 
munosabatlarni go‘zallashtiradi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz 
izlanish olib borishi ya‘ni o‘qituvchi o‘z ustida ishlashdan to‘xtagan kuni u o‘lik 
hisoblanadi.
O‘qituvchilik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy xarakterga ega. 
Pedagogik faoliyatning bunday xususiyati barcha fan o‘qituvchilariga, 
tarbiyachilar, sinf va maktab rahbarlariga birdek taalluqlidir. Barcha pedagogik 
xodimlarning har bir so‘zi va amaliy hatti-harakatlari o‘quvchilarga, 
tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat 
qilishi lozim. Bu ish o‘z navbatida muallim va o‘quvchilardan axloq nazariyasi, 
axloqiy tasavvur va tushunchalar, o‘qituvchi odobiga doir bilimlarini muntazam 
ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, 
mag‘zini chaqishni talab etadi.
Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirish 
mas’uliyatli ish bo‘lib, buning uchun muallim o‘quvchilarning yoshi, saviyasiga 
mos ular tushunadigan misollarni izlab topishi, tanlab olishi kerak. Pedagogik 
faoliyat o‘qituvchidan axloqiy ma’rifatli, yaxshi xulq egasi bo‘lishni; axloqiy 
tajribaga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini muntazam ravishda axloqiy jihatdan tarbiyalab 
borishni talab etadi, shu bilan birga muallim o‘quvchilarga muntazam ravishda 
axloqan saboq berib, ularni axloqiy bilimli qilishi; bolalarga yaxshi xulqiy 
odatlarni amalda bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba orttirishlariga 
ko‘maklashishi, o‘quvchilarni ham o‘z-o‘zini tarbiyalab borishlariga erishishi 
zarur.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish