Osh sodasi (natriy karbonat)
un ko‘rinishidagi oq mahsulot hamir
qorilganda qo‘shib tayyorlanadi. Xamir tarkibidagi kislotalar bilan birikishi
natijasida yoki hamirga issiqlik ta‘sir etishi natijasida natriy karbonat o‘zidan
karbonat angidrid chiqarib, mahsulot g‘ovakligi hosil qiladi.
Ammoniy karbonat
- oq un ko‘rinishidagi mahsulot. Bu mahsulot hamirga
qo‘shib tayyorlanadi. Xamirga issiqlik ta‘siri natijasida ammoniy karbonat
parchalanib karbonat angidrid, ammiak va ma‘lum darajada suv hosil qilishi
natijasida tayyor mahsulot g‘ovakligi hosil bo‘ladi
Xamirturushli hamirning asosiy mahsuloti, un, suv, tuz va hamirturushdan
iborat. Sut, tuxum, shakar, yog‘, nordonroq qaymoq qo‘shib tayyorlanadigan hamir
ham bor. Xamir tayyorlash jarayoni mahsulotlarni tayyorlash, hamir qorish,
hamirni achitish va achish jarayonida ezib havosini chiqarib turishdan iborat. Uni
ishlatishdan avval mashinada yoki qo‘lda elak yordamida elanib, qotib qolgan un
145
qoldiqlari, tashqi mahsulotlardan tozalanadi. Bunda un tarkibi kislorod bilan
boyiydi, hamir qorish osonlashadi, uning sifati yaxshilanadi, hamir yaxshi oshadi.
Yarim tayyor go‘shtli mahsulotlar
Go‘shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go‘sht turlaridan oshpazlikda
ishlatishga tayyorlab qo‘yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta.
Go‘sht turiga qarab mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtli yarimfabrikatlar,
shuningdek parranda go‘shtli yarimfabrikatlar bo‘ladi.
Go‘shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga
qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo‘linadi. Yarim tayyor
mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to‘qmoqchada urish, paychoqlarini bir
oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash,
marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan o‘tkaziladi.
Kesish go‘sht to‘qimasi holatiga qarab to‘g‘ri burchak yoki 40-45° burchak
ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo‘laklar yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi va
deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.
To‘qmoqchada urish. Bo‘laklarga bo‘lingan go‘sht oldindan suvga bo‘ktirib
qo‘yilgan to‘qmoqcha bilan uriladi. Bunda go‘shtdagi birlashtiruvchi to‘qima
g‘ovakligi oshadi, go‘sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib,
bo‘lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’sir etish imkoniyati
yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish. Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad
porsiyalangan go‘shtga issiq ishlov berganda u o‘z shaklini saqlab qolishini
ta‘minlashdir.
Go‘shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug‘lanishini kamaytirish
maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq ishlovda
chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Go‘shtni urvoqqa
belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi
yopishadi.
146
Do'stlaringiz bilan baham: |