366
1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida pedagogika oliy o‘quv
yurtida, pedagogik amaliyotga bag‘ishlab o‘tkaliladigan konferentsiyada
qatnashadilar. Konferentsiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruhlarga
bo‘linadi va pedagogik amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan
tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning
mazmuni, biriktirilgan metodist o‘qituvchilar bilan tanishadilar.
2. Talabalar biriktirilgan o‘quv
muassasasiga boradilar, manzil bilan
yaqindan tanishadilar. Maktab rahbarii bilan suxbatlashib, uning tarixi va
an’analarini, o‘quv moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil
qilish talabiga
javob berishini, o‘quvchilar kontengentini o‘rganadilar.
3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedagogik ishlari,
maktabdagi o‘quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar
o‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Har bir amaliyotchi talaba
amaliyotni o‘tash davrida ma‘lum sinfga biriktirib qo‘yiladi,
u shu sinf
o‘quvchilariga mehnat ta’limidan beshta yo‘nalish bo’yicha dars beradilar.
4. Amaliyotning birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining
moddiy bazasi, hamda o‘quvchilar bilan tanishishga bag‘ishlanadi. Bu davrda
amaliyotchi talabalar o‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf
rahbari o‘tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi
talabalar
haftaning oxiriga borib, har bir o‘quvchi haqida uning o‘zlashtirishi,
intizomi, o‘qishga, jamoat ishiga munosabati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega
bo‘lishi zarur.
5. Talabalar o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim tarbiyaviy
ishlar, guruh murabbiylari va fan o‘qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat
ta’limi xonalarining yo‘nalishlar bo‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar.
Bundan tashqari amaliyotchi fan o‘qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi
dars rejalarining tuzilishi,
ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi
maqsadlarining qo‘yilishini o‘rganadilar. O‘quvchilarning fan yuzasidan bilim
darajalarini o‘rganib davlat ta’lim standart talablariga to‘g‘ri kelishini tahlil
367
qiladilar. Fan o‘qituvchisining darslarda ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi va
ularning natijalarini o‘rganadilar.
6. O‘qituvchi bo‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta‘limi
darslariga
kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga
kirib, tahlil qiladilar. Ularning mehnat ta‘limiga bog‘liq tomonlarini o‘rganadilar.
Texnologik ta’limning barcha yo‘nalishlarini, ya‘ni texnik va maishiy xizmat
ko‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o‘rganadilar.
7. Amaliyot davrida talabalar o‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish
rejasiga asosan bayram tadbirlarini o‘tkazadilar. Bunda talaba o‘zining ijodiy
faoliyatidan kelib chiqqan holda “Balli qizlar”, “Navro‘z taomlarini tayyorlash”
mavzusida tadbirlar o‘tkazishi mumkin. Talaba bayram stsenariysini tuzadi,
o‘quvchilarni tayyorlantiradi.
8. Maktabda tashkil qilingan to‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar.
To‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar.
Navbatdagi to‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini o‘tadilar.
9. Yo‘nalishlar bo‘yicha 8-9sinflarda “Ishlab chiqarish asoslari”, “Kasbga
yo‘naltirish”
darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko‘rib
avval sinov darslarini so‘ngra esa namunali darslarga ko‘rgazmali qurollar
tayyorlash va o‘tish.
10. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilashlar
o‘tkazishni o‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir balgan o‘qivchilarning oilaviy sharoitlari
bilan tanishib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
11. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlarni yig‘ish
va pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferentsiyaga tayyorgarlik
ko‘rish. Hisobot topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: