Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


 To‘garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo‘llari. Ommaviy



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

29.2. To‘garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo‘llari. Ommaviy 
tadbirlarni tashkillashtirish 
Texnik 
tо‘garaklarida 
о‘quvchilarning 
ijodiy 
kо‘nikmalarini 
shakllantirishning barcha bosqichlarida kompyuter bilan yakka tartibda ishlashga, 
undan mustaqil ravishda avvaldan belgilab qо‘yilgan о‘quv axborotlarini olishga 
tо‘g‘ri keladi. Odatda, an’anaviy usulda olingan bilimlar о‘quvchi xotirasida 
sezilarli iz qoldirmaydi. Bunga sabab, matnlarida о‘quvchilar faolligini oshiruvchi 
maxsus usullarning yetarlicha qо‘llanilmasligidir. Shu sababli bu о‘rinda о‘quvchi 
tafakkurining faol ishlashidanam ayon bо‘luvchi bilish faolligini oshirish masalasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Texnik t‘оgaraklarida о‘quvchilarning ijodiy 
kо‘nikmalarini shakllantirishda bilish faolligini oshirish birinchidan ijodiy 
faoliyatni 
rivojlantirish 
bilan 
bog‘liq 
bо‘lgan 
ixtirochilik 
ijodkorligini 
shakllantirish muammosining tо‘la ishlab chiqilmaganligi va ikkinchidan texnika 
taraqqiyotining 
hozirgi 
sharoitlarida 
о‘quvchilarning ob’yektlarni real 


308 
xususiyatlariga kо‘ra loyihalashda turli darajadagi dinamik modellar bilan ishlash 
qobiliyatiga bо‘lgan talabning ortib borayotganligi bilan belgilanadi.
О‘quvchi ijodiy fikrlashini faollashtirishda
eng asosiy omil jonli 
mushohada va abstrakt tafakkur bо‘lgani uchun uni rivojlantirish bosh masala 
sifatida qaraladi. Ular о`quvchi shaxsining muhim sifatlari, faollik, mustaqillik, 
tashabbuskorlik, ishga ijodiy yondoshish, qiziquvchanlik kabi ta’limda о‘quvchi 
shaxsining shakllantirish vazifalariga javob bera oladigan xislatlari bilan 
uyg‘unlashtirib borildi. Shu bilan birgalikda dasturlashtirilgan ta’limda ijodkorligi 
asoslariga oid nazariy bilimlarni tadqiq etilayotgan ob’yektlarning namuna 
nusxalarini ishlab chiqish amaliyoti bilan birgalikda olib borilishi, ta’lim jarayonini 
faollashtirishning eng muhim didaktik vositasi sifatida qaraladi. Ana shu xislatlarni 
rivojlantirishda qо‘llanilgan ijodiy masalalar va ularni yechishda bajarilgan amaliy 
faoliyat turlarini kо‘rsatib о‘tamiz:
1. Ijodiy kо‘nikmalari bilan bog‘liq bо`lgan faoliyat turlari: ijodkorlik 
bilimlari yuzasidan savollarga javob; ijodkorlik tadqiqotlari mavzusini 
shakllantirish; tadqiqot shartlarini tahlil qilish.
2. Ijodiy kо‘nikmalarini shakllantirish natijalarini rasmiylashtirish bilan 
bog‘liq bо‘lgan faoliyat turlari: ixtirochilik metodlarini о‘rganish; patent 
tadqiqotlarini olib borish; ixtiro ob’yektining qiyosini aniqlash; ixtiro ta’rifini 
shakllantirish; ixtiro samaradorligini baholash
3

Texnologiya ta’limi о`qituvchisi boshqaradigan tо‘garakdagi о‘quvchilar 
mehnatining ob’yektlarini belgilashda asosiy diqqat e‘tibor maktab ustaxonalarini 
ayrim texnik qurilmalar, texnologik uskunalar о‘quvchilarning ishlab chiqarish 
brigadasi yoki boshqa mehnat birlashmalaridagi mehnatning kichik mexanizatsiya 
vositalari bilan ta’minlashga, maktab ustaxonalaridagi mavjud uskunalarni remont 
qilish va takomillashtirishda, о‘quvchilar о‘quv materialini о‘zlashtirishida yordam 
beradigan har xil kо‘rsatmali qо‘llanmalarni, elektrlashtirilgan stendlarni, bilishga 
doir о‘yinlarni ishlab chiqishga qaratiladi. 
Maktab koridorlari uchun turli burchaklar, stendlar, kо‘rgazma vitrinalari, 
vitrajlar maktab ustaxonalari bazasida faoliyat kо‘rsatadigan duradgorlik - 


309 
konstruktorlik tо‘garagidagi ijodiy ishlarning predmeti bо‘lishi mumkin. 
О‘quvchilar yosh metallchilar yoki texnolog-ratsionalizatorlar tо‘garagida maktab 
ustaxonalarida ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish uchun zarur texnologik 
uskunalarni yarata oladilar, maktab tajriba uchastkasida, maktab о‘rmonchiligida, 
kо‘k patrullar ishida foydalanish uchun kichik gabaritli transport vositalarini, 
mikrotraktorlarni, priborlar va mexanizmlarni tayyorlay oladilar. Kо`pincha 
maktab ustaxonalari bazasidagi texnika tо‘garagining ishi baza korxonadagi 
ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati sovetining, mahalliy sovxoz, kolxoz, 
maishiy xizmat kо‘rsatish muassasasining topshirig‘i bо‘yicha tashkil qilinadi, 
ya‘ni aynan ijtimoiy foydali xarakterda bо‘ladi. О‘quvchilarning tо‘garakdagi ishi 
uchun ob’yektlar tanlashdan oldin о‘quvchilarning о‘zlarini tayyorlash ularda 
kishilar uchun kerakli buyumlarni ishlab chiqish hamda yasashga qiziqish va 
ishtiyoq uyg‘otish kerak. Ishning muvaffaqiyatli о‘qituvchi - tо‘garak rahbari 
tо‘garak qatnashchilari orasida vazifalarning taqsimlanishini qanchalik aniq tashkil 
etgani, ularning individual va yosh xususiyatlarini, maktab ustaxonalari sharoitida 
tavsiya qilingan ishni bajarishga amaliy tayyorlik darajasini hisobga olgani bilan 
ham belgilanadi.
Tо‘garak faoliyati doimo tо‘garak rahbari tuzgan va maktab direktori 
tasdiqlagan ish plani bо‘yicha amalga oshadi. Tо‘garak ishining plani tо‘garakning 
tipovoy dasturi yoki tо‘garak rahbari о‘qituvchining о‘zi tuzgan va maktab 
direktori tasdiqlagan dastur asosida tuzilishi mumkin. Kо‘pincha tо‘garakning ish 
plani mashg‘ulotlar boshlanishidan ancha oldin, rahbar hali tо‘garak qatnashchilari 
sostavini aniq bilmaydigan paytda tuziladi va tasdiqlanadi. Aslida esa tо‘garakning 
yillik ish plani loyihasinigina oldindan tayyorlash, keyin tо‘garak qatnashchilarini 
ana shu loyiha bilan tanishtirish, uni uzil-kesil ma’qullashni esa navbatdagi 
mashg‘ulotlarda, ya‘ni о`quvchilar о‘z faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini va 
о‘zlarini nimalar kо‘proq qiziqtirishini bilib olganlaridan sо‘ng amalga oshirish 
tо‘g‘riroqdir. О‘quvchilarning aktiv ishtirokida tuzilgan plan eng tо‘g‘ri bо‘ladi, 
chunki bunday plan har bir о‘quvchining ishiga aylanadi. Tо‘garak rahbari yillik 
plandan tashqari har bir mashg’ulotdan sо‘ng yakunlagan holda keying 


310 
mashg‘ulotning planini tuzadi. Texnika tо‘garaklarining ba’zi rahbarlari 
о‘quvchilarga о‘z ishlarining planini tuzishni tavsiya etadilar, bunda ularga 
yordamlashadilar: u yoki bu texnik vazifani bajarishning taxminiy muddatini 
belgilaydilar, individual va kollektiv ishning kо‘zlagan natijalariga erishishni 
rejalashtiradilar.
To‘garak mashg‘ulоtlarida o‘uvchilar ishini tashkil qilishning frоntal, zvеnо, 
individual mеhnat taqsimоti bilan kabi har хil shakllari qo‘llaniladi. Tarbiya 
masalalari nuqtai nazaridan o‘quvchilar ishini tashkil qilishning frоntal shaklini 
imkоni bоricha kеng qo‘llash lоzim. O‘quvchilarning qiziqishi jiхatdan qaraganda 
esa individual fоrmasidan ko‘prоq fоydalanish kеrak. Mehnat tarbiyasi, mehnatga 
munosabatni tarbiyalash maktabdagi o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlarning 
o‘zagi, maktabni hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish