227
100% esa iqtidorli o‘quvchilar echa oladigan bo‘lishi kerak. Malum sinf uchun
tayyorlangan ko‘p variantli testlar talab va murakkablik
darajasiga teng kuchli
bo‘lishi, aniqrog‘i, test 10 savoldan iborat deb oladigan bo‘lsak, shunda 2 tasi
sodda, 5 tasi o‘rta murakkab savollar bo‘lgani yoki ana shu 10 ta savoldan 4 tasi
nazariy, 3 tasi amaliy, 3 tasi nazariy ham amaliy xarakterga ega bo‘lgani maqul.
Shu o‘rinda takidlash joizki, test savollarida beriladigan noto‘g‘ri javoblar ham
malum manoda mantiqli bo‘lmog‘i kerak, yani “yo‘q”, “ha”, “bilmayman”, “eslay
olmayman”, “to‘g‘ri javob yo‘q” tarzidagi javoblardan iborat bo‘lishi test
talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘quvchining bilimini faqat bitta bob yuzasidan test orqali baholab, yakuniy
xulosa chiqarish noto‘g‘ri usul, test o‘quvchi bilimini
aniqlashning boshqa
komponentlari bilan aloqada bo‘lishi kerak. Test bahosi tekshirishning boshqa
komponentlari bahosiga mos tushsagina, haqiqiy baho hisoblanadi. Yangi
pedagogik texnologiyada test o‘quvchilar bilim darajasini
aniqlashda asosiy
mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Test orqali o‘quvchi talanti, istedodi,
iste’dodini aniqlash qiyin.
O‘quvchining bilim darajalari so‘rovlar, uy vazifasi, yozma ish, laboratoriya
ishi, kollokviumlar, sinovlar, diplom ishi, loyihalash ishlari, grafik chizish, referat,
imtihonlar natijasi orqali aniqlanadi. Test pedagogik texnologiyada aniq maqsadga
asoslanib qo‘llanilishi kerak. Testning salbiy tomonlarini o‘qituvchi bilib olish
kerak. Test ma’lum belgilangan bosqichni o‘qitishda foyda beradi, xolos. Aks
holda o‘qitish samaradorligini tushirib yuboradi. Test
tuzishda ishning eng qiyin
tomoni noto‘g‘ri javoblarni tanlashdan iborat. Noto‘g‘ri javoblar o‘quv jarayoni
davomida foydadan ko‘ra zarar yetkazishi ham mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchi noto‘g‘ri javoblardagi xatolarning oldini olishda
quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
- o‘qituvchi tomonidan tanlangan xatolar;
- dars vaqtida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar;
- mashqlarni ishlashda paydo bo‘lgan chala holdagi javoblar;
- uyga berilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatolar;
228
- to‘g‘ri javobga eng yaqin bo‘lgan xatolar;
- o‘quv materiallarining eng xarakterli kamchiliklarini aniqlovchi javoblar;
- to‘g‘ri javobga yaqin mavzulardan, bobdan yoki bo‘limlardan olingan xato
javoblar.
Shuningdek, o‘qituvchi test tuzishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, saviyasi,
iqtidori, malaka-ko‘nikmalarini ham hisobga olish shart.
Har qanday darsga
qo‘yiladigan maqsadlardan biri tarbiyaviy maqsad sanaladi. Shunday ekan, test
savollariga kiritiladigan gap, jumlalar tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo‘lishi test
qimmatini yana bir bora orttirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi test mashg‘ulotlarini
o‘tkazar ekan, natijalarni elon qilish, o‘quvchilarga ball qo‘yish bilan
kifoyalanmay, test natijalarining tahliliga e’tibor qaratish asosiy ahamiyatga ega. U
o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni, o‘zlashtira olmagan nazariy qirralarni aniqlash,
kelgusi darslarda ularni bartaraf etishga intilmog’i test mashg‘ulotlariga
qo‘yiladigan asosiy metodik talab hisoblanadi.
O‘qituvchi
test natijalarini aniqlagach, ular bilan o‘quvchilarni atroflicha
tanishtirishi, ular esa shu jarayonda o‘zlarining javoblarini qanchalik to‘g‘ri
ekanligini, qaysi savollarda xato qilganliklarini bilib olishlari kerak. Shunday
qilingandagina ular testda ko‘rilgan masalalar doirasida o‘z bilimlarini
mustahkamlab oladilar.
Bundan tashqari test - o‘quvchilar bilimini aniqlashda
nazorat qiluvchilar
uchun ajoyib qurol vositasidir. Bu qurolni to‘g‘ri ishlatish o‘qitishda “yaxshi” yoki
“yomon” natija berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: