Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 
Agar ishning xavfsizligini 
ta‘minlovchi qoidalar buzilsa, jarohatlanish xavfi tug‘iladi. Jihozlar va asboblarni 
ishlatishdagi mehnat usullari va hokazolarni bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini 
buzgan o‘quvchilarning bahosini pasaytirish kerak. 
 
19.3. Baholashda hisobga olinadigan omillar
Baholash mezonlari.
Har qanday baholash natijalari o‘zaro taqqoslanishi, 
ya’ni o‘lchanishi lozim bo‘ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin 
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari 
o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Bu 
ko‘rsatkichlar sonlar (“besh”, “to‘rt”, “uch” va hokazo) so‘zlar (“a’lo”, “yaxshi”, 
“qoniqarli” va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytadigan bo‘lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o‘zlashtirish 
darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichining 
tavsifidan iborat. 
Baholash shakllari.
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil 
shaklda o‘tkazilishi mumkin: 
1. Mezonga asoslangan baholash 
2. Meyorga asoslangan baholash. 
Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga 
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv 
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga 
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday 


194 
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha 
natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq 
farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi 
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda 
esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. 
Meyorga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo‘lib, u baholashdan 
so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro 
taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat. 
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib birinchi bosqichda 
baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu 
natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Meyorlangan (normaga asoslangan) 
baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta’lim olish shart-sharoitiga ko‘ra 
o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan, baho o‘qituvchi tomonidan xayrixohlik 
paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘ta qat‘iyligi sababli ham o‘zgarishi mumkin. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish