Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


“5” baho bali bilan baholanadi 2 .  “4” ball



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

“5”
baho bali bilan baholanadi
2

“4” ball
butun o‘quv materiallarini bilish va tushuntirish, uni og‘zaki va 
yozma ravishda to‘g‘ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va 
puxta bajarishi, olingan bilimlardan o‘quv mehnat topshiriqlarini bajarishga 
nisbatan erkin foydalana bilish, barcha ish uslublarini sifat ko‘rsatkichlarini 
belgilangan doirada to‘g‘ri bajarish, bunda mehnatni tashkil etishda kamchillikka 
yo‘l qo‘ymasdan, belgilangan vaqt normasiga muvofiq o‘z vaqtida bajarganligi 
uchun qo‘yiladi. 
“3” ball
programmadagi asosiy materialni (bayon qilish) bundan keyingi 
o‘quv mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan, hajmda bilishi va 
tushuntirishi, o‘quv materialini bir muncha xato va kamchiliklar bilan 
o‘qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, olingan ilmiy-
texnikaviy bilimlardan, amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida sust foydalanishi
mehnat usullarini yetarli darajada egallamaganligi (natijada buyum sifati 
pasayib ketadi), mehnatni tashkil etishda oz kamchilik bo‘lgan holda belgilangan 
vaqt normasini 75 % bajargani uchun qo‘yilmadi. 
“2”
ball programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik, uni 
qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada 
qunt bilan bajarmaslik, olingan bilimlarni ancha xatolarga yo‘l qo‘yib tadbiq qilish,


191 
mehnat operasiyalarini ko‘p xatolar bilan boshqarish, mehnatga belgilangai sifat 
ko‘rsatkichlarining ta‘minlay olmasligi uchun qo‘yiladi. 

1”ball
o‘quv jarayonini umuman bilmasligi, berilgan topshiriqdan bo‘yin 
toblash, asboblardan foydalana bilmaslik va uni ishdan chiqarish xavfsizlik 
qoidalarini qo‘pol ravishda buzish. 
Shuni eslatib o‘tish lozim, ball baholar ishi tipovoy normalari bo‘lsa ham, 
ular aslida umumiy o‘rni normalar bo‘lib, ularni albatta indivduallashtirish kerak. 
Usta va mehnat o‘qituvchisi ball qo‘yish normalariga ijodiy yondoshishi bu 
masalaga bir xil qaramasligi lozim. Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi 
diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchini qo‘ygan baholarini izohlab 
berishi muhimdir. Bu hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarni, amaliy 
ishlardagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. O‘qituvchi baholarni 
izohlar ekan, sinf, guruhini diqqat e‘tiborini berilgan javob yoki bajarilgan 
topshrigini ijobiy va salbiy tomonlariga qaratilishi, buni barcha o‘quvchilar keyingi 
o‘quv mehnat faoliyatlarida hisobga olishlari zarur. Baholarni muntazam izohlab 
berish ularning ta‘limiy rolini oshiradi.
Chorak bahosi, o‘rtacha arifmetik 
hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog‘ini inobatga olib chiqariladi. 
Bundan o‘quvchining og‘zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholashda 
o‘quvchi javobini tahlil qilib boradi va javoblar yuzasidan o‘z mulohazasini aytadi. 
O‘quvchi javob berayotganida qanday xato va kamchiliklarni yo‘l qo‘yganini 
ko‘pincha uning o‘zi sezmaydi. Bunday holda o‘qituvchi o‘quvchining javobini 
qisqacha tahlil qilib berishi talab etiladi. Shunda o‘qituvchi qo‘ygan bahoning 
tog‘riligiga o‘quvchida shubha qolmaydi.
O‘quvchi o‘z bilimida qanday yutuq yoki kamchilik borligini, nima uchun 
uning bali oshirilgani yoki pasaytirilganini anglagandagina qo‘yilgan baho 
rag‘batlantiruvchi rol o‘ynashi mumkin. O‘quvchi o‘z xatosini to‘la 
tushungandagina uni to‘g‘irlashga ongli ravishda intiladi. O‘qituvchi o‘quvchi 
bilimini ball bilan baholar ekan, erishgan yutug‘i uchun rag‘batlantiradi, 
kamchiliklarini qayd qilib qo’yadi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarini qanday 


192 
bartaraf etish yo‘llarini, dars tayyorlash vaqtida asosiy e‘tiborni nimalarga qaratishi 
kerakligini ko‘rsatadi. Bunday asoslash o‘quvchining bundan keyingi faoliyatiga 
ham ijobiy ta‘sir etadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash o‘quvchilarni tizimli mehnat qilishga, 
mustaqil ishlashga, bilimlarni egallashdagi mas’uliyatni sezishga o‘rgatadi. 
Bilimlarni mustahkam, sifatli o‘zlashtirish uchun kurash, harakat qilish, bolalarni 
o‘z-o‘zini boshqarishga, intizom, qat‘iylik, ishni oxirigacha yetkazishga, o‘qquv 
topshiriqlirini tizimli va sifatli bajarishga undaydi. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va 
malakalarini tekshirish va baholash ota-ona uchun ham ahamiyatlidir. Chunki ota-
ona qo‘yiladigan baholar orqali o‘z bolalarining o‘qishi haqida asosli ma‘lumot 
olib turadilar.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish