‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi Mesopotamiyaning arxeologik o‘rganilishi ta-



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Qadimgi Mesopotamiyaning arxeologik o‘rganilishi ta-
rixidan. 
Jahon xalqlarining qadimgi tarixini arxeologiya fani va 
tadqiqotlarisiz o'rganib bo'lm avdi. Shuningdek, Mesopotamiya 
tarixini o'rganishda u yerdan topilgan arxeologik yodgorliklar 
va ularning madaniy qatlamlaridan arxeologlar topgan ashyoviy 
buyumlar eng muhim manbalar hisoblanadi.
Mesopotamiyada arxeologik qazuv ishlari XIX asrning o'rta- 
laridan boshlandi. 1842-yili fransuz diplomati E.P.Botta Kuyun- 
jiuk tepaligida qazish ishlarini boshladi. Rivoyatlarga ko'ra. bu joy 
Ossuriyaning poytaxti Nineviya ekan. 1843-yilda A.P.Botta pod­
sho Sargon 111 ning poytaxt shahri Dur-Sharrukin bo'lgan qadimgi 
Xorsobodda qazish ishlarini olib bordi.
1844—1845-yillarda ingliz diplomati G.A. Leyvard Nimrud te­
paligida qazish ishlarini boshlaydi. Nimrudni qazish natijasida bu 
tepalik Ossuriyaning Kalxa shahri ekanligi aniqlangan. Kalxaning 
madaniy qatlamlaridan topilgan ashyoviy buyumlar uning ossur 
podsholari saroyi bo'lganligidan darak beradi. Madaniy qatlamlar- 
dan odam-buqa va odam-arslonning katta haykali topilgan.
1847-yili G.A.Leyyard Kuyunjikda qazish ishlari olib borib 
Nineviya shahri xarobalarini. shoh Sinaxerib saroyini (m.av. VII 
asr), uning nabirasi Ashshurbanipal to'liq saqlagan "sopol kitob" 
kutubxonasini topishga muyassar bo'lgan. XIX asrning ikkinchi 
yarmi XX asr boshlarida Mesopotamiyada arxeologik tadqiqot ish- 
larining yangi davri boshlanadi.
Leardining safdoshi X.Rassam Kuyunjikda qazish ishlarini 
davom ettirib, ossiriya shohi Ashshurbanipalning ajoyib ov va urush 
manzarasi ifoda etilgan tasviri tushirilgan saroyini va shoh kutub­
xonasini topgan. Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavot degan joydan 
m.av. IX asrga mansub ossuriya yodgorligini, bronza plita. sirtiga 
harbiy yurish manzarasi ifoda etilgan Blavat darvozasini topgan.
Rassam tomonidan Sippar shohi saroyi xarobasi topilgan. U 
yerda quyosh xudosi Shamashga atalgan ibodatxona. ish hujjatlari
98


arxivi va ‘'o'quv qoilanm alari” bo'lgan maktab binosi ham ochil- 
gan. Yodgorlikning madaniy qatlamlaridan Ashshurbanipalning 
silindr loy lavhasi topilgan bo’lib, u fanda "Rassam lavhasi” deb 
nom olgan.
Mesopotamiyadagi qadimgi shaharlarni qazib ochish va il­
miy o'rganishda ingliz geologi V.Loftusning ham xizmatlari katta 
bo'lgan. U Uruk va Larsada katta kashfiyotlar qilgan. Angliya eks- 
peditsivasi XIX asrning ikkinchi yarmida Uruk, Ur, Larsa va Eredu 
kabi qadimgi Shumer shaharlarini qazib ochdilar. XIX asr oxirida 
E. de Sarzek boshliq fransuz arxeologik ekspeditsiyasi Shumerd- 
agi Lagash shahrida qazishlar olib borib katta yutuqlarga erishdi. 
U yerda Lagash hokimlarining, xususan Gudeaning kumushdan 
yasalgan haykallari va ganjdan yasalgan vazalar topilgan. Shuning­
dek, u yerdan Lagash hukmdorining Yamma shahri hokimi Uru- 
nimgin ustidan erishgan g'alabalaritii eslatuvchi yozuv - “Kalxatlar 
yodgorlik toshi” devoriy rasmlari Lagash hukmdorining islohot- 
lari haqida, shuningdek, ibodatxonalarning xo'jalik hujjatlariga 
oid katta arxiv ham topilgan. Amerikalik arxeologlar esa Nippur 
shahri xarobalaridan 3000 yil ilgari faoliyat ko'rsatgan xudo Enlil 
ibodatxonasini ochganlar. Ibodatxonaning madaniy qatlamlaridan 
60000 dan oshiq sopol lavhalar b o ig a n kutubxona, ibodatxonaning 
xo'jalik binolari, saroy. maktab, bozor. peshtaxta, uy-joy va boshqa 
narsalar topilgan.
XX asrdan boshlab Mesopotamiyada arxeologik qazuv ish­
lari yanada qizg'in tus oldi. R.Koldevoy boshliq nemislarning 
arxeologik ekspeditsiyasi Bag'dod shahridan 90 km janubdagi 
tepaliklarni kovlashgakirishadilar. Qazish natijasida qadimgi Meso­
potamiyaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-diniy markazi bo'lgan 
qadimgi Bobil shahri kashf etildi. Bu yerdagi qazish ishlari 
1899-vildan 191 7-yilgacha davom etgan. Qazishmalar natijasida 
m.av. VII - VI asrda yashagan shoh Navuxodonosor II ning.sarpyi, 
xudo Marduk ibodatxonasi, zinapoyasimon zikkuratning ulkan 
binosi ochilgan. 1903-1914-yillarda V.Andre boshliq arxeologlar 
Ossuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshur shahri xarobalarini 
kovlaganlar. Qazishlar natijasida podshoh saroyining qoldiqlari,
99


ibodatxona, jumladan ossurlarning oliy xudosi Ashshur ibodatxona- 
si, shohlaming yer ostidagi daxma-sag'anasi, shahar ko’chalari va 
uylarning o'rni topilgan. A.Neldeka, R.Koldevoy va V.Andrelar Fara 
qishloqchasida qazish ishlari olib borishgan. Bu joy Shumer sha- 
harlaridan biri bo'lib, madaniy qatlamlardan qadimgi xo'jalikka oid 
matnlar bitilgan kutubxona; Bobil yaqinidagi Borsippdan balandligi 
49 metrlik zikkurat, shuningdek, Umma shahri xarobalari topilgan.
1933-1939-yillarda A.Perro boshliq fransuz arxeologiya eks- 
peditsiyasi qadimgi Mari shahrida arxeologiya qazish ishlarini olib 
borib, u y erdan m.av. II ming y illik boshlarida Mari podshosi to­
monidan qurilgan ulkan saroy qolaig'i, 20000 ga yaqin xo'jalik va 
diplomatik sopol lavhalar qazib olingan. 70-yillarda esa m.av. IV
- Ill mingyillikka oid saroy lar, hosildorlik xudosi Ishtar ibodatxo- 
nasi, qadimgi qabrlar va sopol lavhalar topilgan.
1922-1934-yillarda L.Vulli boshliq ingliz arxeologik ekspedit- 
siyasi qadimgi Urda qazish ishlari olib borganlar. Urning madaniy 
qatlamlarida m.av. IV ming yillikdan m.av. IV asrgacha bo'lgan 
shahar hayotini tiklovchi ashyolar. oy xudosi Ninnari va uning 
rafiqasi Ningal ibodatxonasi. shoh Ur-Ninnar tomonidan m.av. Ill 
mingyillik oxirida qurilgan zikkurat inshooti. ilk sulola davriga 
mansub shoh maqbaralari, maktab. ustaxona, bozor. daryo kemalari 
to'xtaydigan gavan - bekat, mehmonxona, turar joy, ibodatxona. 
davlat va xususiy arxivlar topilgan.
1925-1930-yillarda amerikalik arxeologlar Arrapxadagi uchta 
tepalikni qazib, u yerdan qal'a, ibodatxona saroyi, xo'jalik. turar 
joy va m.av. II mingyillikka mansub katta arxiv qazib ochilgan. 
1930-1936-yillarda esa amerikalik arxeologlar qadimgi Eshkunani 
qaziganlar.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng amerikalik tadqiqotchi va ar­
xeologlar ishiga iroqlik olimlardan Faud Safar va Taxa Bakirlar 
ham jalb qilingan. Ular Eshkunna yaqinidagi Shaduppamada qa­
zish ishlari olib borib, qadimgi sud-adliya qonunlari y ozilgan lavha 
(Eshnunna qonunlari), matematika va boshqa fanlarga oid m a'lu­
motlar topgan.
Iroq olimlari Eredu shahri xarobalarida ham qazish ishlari olib 
borganlar. U yerdan tarixiy davrgacha bo'lgan 14 madaniy qatlam
100


ochilgan. Bu narsalar janubiy Shumer shaharlarining qadimligini 
ko‘rsatuvchi dalillardan biri hisoblanadi. 50-60-yillarda iroqlik 
arxeologlar Nebi-Yunus tepaligida qazish ishlarini olib borganlar. 
Bu joy Nineviya shahri xarobalari bo'lib, u yerdan ossur shohi 
Asarxadon saroyi, qurol-yarog' ombori, xo'jalik-qurilish binolari 
va ko'pgina yozma hujjatlar topilgan.
50-80-yillarda nemis arxeologlari Uruk shahrida qazish ish­
lari olib borib, u yerdan m.av. Ill mingyillikka mansub muqaddas 
ibodatxona, hosildorlik xudosi Ianna ibodatxonasi, xom g'ishtdan 
qurilgan qadimgi shahar devori, Urukning afsonaviy shohi “Gil- 
gamih" davri hunarmandlar ustaxonasi, boy qabr-mozorlar, ossur 
va bobil shohlarining yozuvlari matni kashf etilgan.
M.Mellouen boshliq ingliz arxeologlari Nimrud tepaligida qa­
zish ishlari olib borganlar. U joyda “Salamansar forti" b o iib , u 
yerdan m.av. IX - VII asrga mansub kuchli minorali qal’a devori, 
harbiylar turadigan qarorgoh, xo'jalik binolari, ossur podsholari sa­
roy lari topilgan.
Shuni ham aytib o'tish joizki, Mesopotamiyaning qadimgi ta­
rixini o'rganishda M.V.Nikolskiy, N.P.Lixachev, M.V.Nikolskiy- 
ning o 'g i i N.M .Nikolskiylaming xizmatlari ham kattadir. Ular 
Ikki daryo oralig'i tarixi, bobilliklar madaniyatiga doir ko‘plab 
maqolalar yozishgan. M esopotamiya xalqlari va madaniyati tarixi­
ni o'rganishda B.A.Turayev, V.K.Shileyko. V.V.Stnive, A.I.Tyume- 
nov, I.M.Dyakonov, V.I.Avdiyev, M.A.Dandamaev, V.M.Masson, 
R.M.Munchayev, N.Y.Merpert va boshqa m s arxeolog tarixchilari, 
sharqshunoslarining hissalari kattadir.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish