‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi Eron manbalari va tarixnavisligi



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Qadimgi Eron manbalari va tarixnavisligi. 
Qadimgi Eron xil- 
ma-xil yozma manbalarga boy hujjatlari bilan ajralib turadi. Ayniq­
sa, Eron saltanati tarixi bilan bog'liq yozma manbalar ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Ular orasida xo' jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, pod- 
sholarning viloyat hukmdorlariga yuborgan farmonlari, buyruqlari, 
ko'rsatmalari, amaldorlarning bir-birlariga yozgan maktublari, 
ayrim shaxslarning xatlari, diniy. ilmiy va adabiy matnlar shular 
jumlasidandir. Ularning eng qadimgilari m.av. Ill—I mingyillikka
229


oid elam tarixi haqidagi turli mazmundagi matnlarki, ular elam va 
akkad tillarida yozilgan.
Hozirgi kungacha 200 ga yaqin ponasimon (mixsimon) yo­
zuvlari orasida Kirmon shahrining sharqidagi Behistun qoyasiga 
o ‘yib yozilgan katta xat juda muhim ahamiyatga ega. Bu yozuv- 
da Eron shohi Doro I Kambiz (Kambiz) o ig an d an keyin mam­
lakatda k o ‘tarilgan qo'zg'olonni qanday qilib bostirgani, barcha 
isyonchilarni qanday tor-mor qilgani. saklarga qarshi qo‘shin tortib 
borib, Eron davlatining yahlitligini qanday qilib tiklagani va bosh­
qa siyosiy voqealar mufassal ta'riflanadi. Suvaysh kanali hududida 
saqlangan va M isr tiliga tarjima qilingan qadimgi Eronning ponasi­
mon mixxati ham shu shohga mansubdir.
Doro I ning muhim yozuvlaridan biri Persepol shahridan bir 
necha km shimoldagi Naqshi Rustam qoyasiga yozilgan yozuv- 
lardir. Bu yozuvda Eron shohligi tarkibida b o ig a n mamlakatlar va 
viloyatlaming ro ‘yxati berilgan. Shuningdek, Suza shahrida ham 
g'isht va marmar lavhalarga bitilgan ko'p yozuvlar borki, unda 
Doro I ning Suza saroyi qurilishi bilan b o g iiq faoliyati haqida 
m a iu m o t beriladi.
1972-yilda fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning uch 
metr balandlikdagi haykalini topgaular. Haykalda shohning boshi 
saqlanmagan qadimgi, Persepol va Pasargaddan esa Kserks yozuv­
lari topilgan. Bu yozuv qadimgi eronliklarning dinini o'rganishda 
katta ahamiyatga ega. Unda qadimgi qabila xudolari man etilib. 
davlatga sig in ish rasm qilingani aytilgan.
Eroniylaming diniy e ’tiqodi va qarashlarini o'rganishda zardush­
tiylik dinining 21 kitobdan iborat “Avesto" ham qimmatli manba 
hisoblanadi. Beruniy xabariga ko'ra "Avesto” 12 ming qoramol teri- 
siga tillo suvi bilan yozilgan ekan.
Persopoldan m.av. VI—V asrlarda elam tilida yozilgan bir necha 
ming ponasimon hujjatlar topilgan. Bu matnlar shox arxivining bir 
qismi bo'lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, soliqlar ma- 
salasi, davlat amaldorlarini maosh bilan ta’minlash kabilar haqida 
m aiu m o t beriladi.
230


Qadimgi eroniy qabilalari haqida m.av. IX-V11 asrga mansub 
ossur yozuvlari ham qimmatli m aiu m o t beradi. Bobilning tari­
xiy hujjatlarida Eron qo‘shinlarining Mesopotamiyani bosib olishi 
bayon etilgan, Bu voqealar haqida akkad tilida tuzilgan silindr Kir
II da ham bayon etiladi. O 'sha davrda Eron hududida oromiy tili 
ham keng tarqalgan edi. Oromiy tilida yozilgan papiruslar, toshlar, 
terilar, muhr va tangalar uchraydi. Bu yozuvlar Misrdagi Elefantin 
orasidagi. Hind daryosigacha b o ig a n joylarda, shuningdek Eronda 
ham keng tarqalgan edi. Bu hujjatlarda Eron tarixi va madaniyati. 
aholining xo'jalik hayoti haqida ko'pgina m aiu m o tlar keltirilgan.
Eronliklar Misrni istilo qilgan va Eron shohlarining Misrda 
hukmronlik qilgan paytidagi misr yozuvlari ham katta ahamiyat­
ga ega. Masalan Saisdagi m a’buda Neytning bosh rulioniysi kohin 
Ujagorryasentning yozuvi ham Misrning oliy kohini bilan Eron 
shohi oitasid ag i o'zaro munosabatni aniqlashga imkon beradi. De- 
mak, Erondan va unga tutash yerlarda topilgan xilma- xil yozuvlar 
qadimgi Eron tarixi va madaniyatini o'rganishda qimmatli manba 
hisoblanadi.
Qadimgi Eron tarixi, moddiy va m a’naviy madaniyatini o 'rg a­
nishda arxeologik qazishlar natijasida topilgan buyumlar ham katta 
ahamiyatga ega. Eronda dastlabki arxeologik qazish ishlari XIX asr 
o'rtalarida boshlangan. Arxeolog Flanden va Kosta Persepoldagi 
sarovda dastlabki arxeologiya qazish ishlarini olib boradilar. Ular 
bu yerdan haykaltaroshlikka oid yodgorliklarni topishga muyassar 
b o iib , Eron shohlarining taxt zalini tiklamoqchi bo'ladilar. XIX 
asrning oxirlarida esa de Morgan Suzada ulkan arxeologik qazish 
ishlari o ik azib , tosh qurollar ishlatilgan eng qadimgi (arxaik) 
zamonlardan to Eron davlatining ravnaq topgan davrigacha, ya'ni 
Suza Eronning muhim m a'm uriy va madaniy markazlaridan biri 
b o ig a n davrgacha yetib kelgan bir qancha arxeologik qatlamlarni 
topdi. Nihoyat XX asrda Qadimgi Eronning poytaxti Persepolda 
arxeologik qazish ishlari o'tkazildi. Qazishlar natijasida bu yerdan 
katta bir saroyning xarobalari topib o'rganildi. Saroy devorlariga 
bo'rtma-qabariq rasmlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqil- 
gan. Katta-katta darvozalar oldiga esa shoh saroylarini qoiiqlovchi 
bahaybat qanotli buqalarning haykallari ishlangan.
231


Persepoldan topilgan ajoyib san'at yodgorliklari orasida 
shohning surati, shuningdek, ilohga turli xil sovg'a-salom lar olib 
kelayotgan xiroj to‘lovchi qabilalarning surati ayniqsa qiziqar- 
lidir. Keyingi vaqtlarda Eron arxeoiogiyasiga qiziqish kuchaydi. 
Arxeologlar - qadimshunoslar Tanjedar, Tepa-Aelab degan joylar­
da arxeologik qazishlar o ‘tkazib, mezolit va neolit davriga mansub 
qishloq va qabristonlami topganlar. Bu yodgorliklaming madaniy 
qatlamlaridan qadimiy sopol buyumlar Suza, Persepol. Dur-Untash 
va boshqa joylardan ajoyib shoh saroyi, ibodatxona, qalin mudofaa 
devorlari topilgan. Ular mahobatli haykallar. devoriy rasmlar. qim- 
matbaho m a’danlardan yasalgan ritonlar, qurol-aslahalar va ziynat 
buyumlari bilan bezatilgan.
Qadimgi 
Eron 
tarixini o'rganish- 
da xorijiy mam- 
lakatlarning olim- 
lari katta yutuqlarga 
erishgan. 
Bular 
qatorida M.M.Dv- 
akonov, 
R. Fray a, 
Dj.Kameron, V.Xi- 
ni. 
Y.B.Yusifov,
1. M . D у а к о n о v .
B . A . T u r a y e v ,
V . V . S t r u v e ,
E . A . G r a n o v s ­
kiy, 
M.A.Danda- 
mayev, 
V. I. A ba­
yev, 
V.I.Avdiyev,
G.Maspero, Ed.Meyer, J.Dyushen-Gilmen, G.Videngren va bosh- 
qalarning xizmati kattadir.
Shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi Eron tarixi. madaniyat va 
xo'jaligini o‘rganishdam.av. V -IV asrda yashagan yunon tarixchisi 
Gerodotning “Tarix” kitobi, Fukididning “Tarix” asari, “Anabasis”, 
m. av. V asrda yashagan Diadorning “Tarixiy kutubxona” asarlari 
nodir manbalar hisoblanadi.
232


Shunday qilib. olimlar qadimgi Eron tarixini o'rganishda qa­
dimgi ponasimon, iyeroglifda yozilgan matnlar, arxiv hujjatlari. 
arxeologik yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan ash- 
yoviy buyumlar hamda qadimgi mualliflarning qadimgi Eron haqi­
da yozib qoldirgan asarlaridan keng foydalanganlar. Shuningdek, 
qadimgi Elam. Midiya va Eron tarixini o'rganishda G.Kardashin, 
G.Petgov, E.Zeydlya. l.P.Veynberg. M.Delafus, J. de Morgan, R.de 
Mekenem. R.Grishman. E.Nechaxban, V.M.Masson va boshqa 
olimlarning xizmatlari benihoya kattadir.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish