‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi Xett madaniyati: yozuvi, ilmiy bilimlari, san'ati



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Qadimgi Xett madaniyati: yozuvi, ilmiy bilimlari, san'ati
va adabiyoti. 
Qadimgi xettlar o ‘zlariga xos madaniyat yaratganlar. 
Ular Mesopotamiya, Kavkaz va O 'rtayer dengizi sohilidagi mam­
lakatlar madaniyatlaridan ko'p narsalarni qabul qilgan. Ular shum- 
er-akkad alifbosi asosida Xett iyeroglifi va mixxatsimon yozuvla- 
rini yaratganlar. M.av. 1280-yilda xett podshosi Xattusili 
III 
bilan
211


Ramzes II o'rtasida tuzilgan do'stlik bitimi shumer-akkad, Xett va 
M isr tillarida shu iyerogliflar bilan yozilgan ekan.
Xettlarda 
astronomiya, 
matematika, 
geometriya, 
tarix.
agronomiya, veterinariya, tabobat va
boshqa fanlar o 'z davrida 
ancha rivoj topgan edi. Qadimgi Xettlarda haykaltaroshlik, toshta- 
roshlik, qabartma rassomchilik va qoyatoshlarga rasm ishlash ham 
rivoj topgan edi. Ular asosan xudolar. podsholar, jangchilar, har 
xil hayvon, ot, jangovar arava va boshqa narsalarning haykallari. 
rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar.
“Ullikumin haqida qo'shiq” va “Telepin haqidagi afsona
lar Xett adabiyotining eng ajoyib namunalari hisoblanadi. O 'sha 
zamonlarda “
Suppilulium I solnomasi”, “Mursili II solnomasi"
va 
“Xattusili III tarjimayi holi
” kabi tarixiy asarlar ham yaratilgan.
Yangi podsholik davrida esa mesopotamiyaliklaming 
“Gel-
gamesh haqida d o sto n ’i,
Gesiodning 
"Teogoniya"
kabi asarlari 
xett tiliga tarjima qilingan.
O 'sha davrda yaratilgan adabiy va tarixiy asarlar xettlar hayo- 
tining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va diniy e'tiqodlarini o ‘rganishda 
muhim manba hisoblanadi.
Qadimgi Xett dini va e’tiqodi. 
Qadimgi Xettlar hayoti va 
e ’tiqodida ibtidoiy e ’tiqod shakllari keng tarqalgan edi. Ular yer. 
suv, to g \ momaqaldiroq. chaqmoq xudolariga e’tiqod qilganlar. 
Ularda hosildorlik xudosi ay о I qiyofasida tasvirlangan. Ayni pay- 
tda xettlar tog' cho'qqilaii. momaqaldiroq, vashin, yog‘ingarchilik 
va hosildorlik xudosi 
Teshubni 
ulugMagan va unga e’tiqod qilgan­
lar. U 
“Os mo it podshosi, Xett mamlakati hom iysi
” hisoblangan. 
Uning xotini Quyosh xudosi bo'lib, u ham mamlakat homiysi va 
Xett podsholari malikalarining homiysi bo'lgan.
Teshubni beliga qilich taqqan va chap qo'lida bir tutam vashin, 
o'n g q o iid a jang boltasi ushlagan holda tasvirlagan. Boshqa Xett 
xudolari ham turli qiyofada tasvir etilganlar. Xett podsholari mam­
lakatning bosh ruhoniylari hisoblangan. Xettlarda podsholar xudo 
darajasiga ko'tarib ulug‘langan. Mamlakat ahli podshoni “Quyosh” 
deb atagari va ulug' lagan.
212


Shuni ta ’kidlash kerakki. mamlakatda bosh xudolardan tash- 
qari har bir qishloq va shaharning o 'z xudosi b o ig an . Qadim­
gi manbalarda 
“mcimlakatning 1000 xudosi
” tilga olinadi. M.av. 
1280-yilda tuzilgan M isr - Xett do'stlik bitimida xettlarning 1000 
xudosining nomi qayd etilgan. Xettlar o 'z xudolariga va muqaddas 
hay vonlarga atab haykallar, rasmlar va har turli asarlar y aratganlar. 
O 'z xudolariga bag'ishlab bayram kunlari qo'y, echki va qoramol 
so'yib qurbonliklar qilgan.
Shunday qilib qadimgi xettliklar o'zlariga xos madaniyat yara- 
tib. jahon xazinasiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish