‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


-chizm a.  Tarbiya jarayonining  umumiy  m ohiyati



Download 11 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/415
Sana07.08.2021
Hajmi11 Mb.
#140757
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   415
Bog'liq
PEDAGOGIKA

20-chizm a.  Tarbiya jarayonining  umumiy  m ohiyati
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan  maqsad 
asosida  tashkil  etiladi.  Tarbiya  maqsadi  ijtimoiy jamiyat  taraqqiyoti, 
uning  rivojlanish  yo ‘nalishi,  ijtimoiy  m unosabatlar m az m u n id a n   kelib 
chiqib belgilanadi.  Bugungi  kunda  0 ‘zbekiston  Respublikasida  tashkil 
etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi  komil  shaxsni tarbiyalab voyaga 
yetkazishdan  iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. 
Tarbiyaning  natijasi yuksak  m a ’naviy 
va  axloqiy  tala b la rg a   javob  beruv ch i  yu qo ri  m ala k ali  k a d rla rn i 
tarbiyalashdir.  Bu  jarayon  ikki  to m o n la m a   boMib,  uyushtirish  va 
rahbarlik,  shuningdek,  o ‘quvchi  shaxsining  o ‘zi  t o m o n id a n   faollik 
ko‘rsatilishini taqozo etadi.  Bu jarayonda  pedagog yetakchi  rol  o ‘ynaydi. 
Chunki u  ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari  mohiyatini tushunadi, 
maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan  yaxshi xabardor, 
tarbiya shakl,  m etod va  vositalarini  asosli,  ilmiy tarzda tanlab   oladi  va 
tarbiya jarayoniga  tatbiq  etadi.
T arbiya  j a r a y o n in i n g   m o h iy a tin i  ta r b iy a g a   h a r   t o m o n l a m a  
yondashish  bilan  muvaffaqiyatli  tarzda,  ilmiy  tahlil  qilish  m um kin.
Shaxs  ta r b i y a n i n g   natijasi  s if a tid a   s h a k l l a n a d i g a n   ijtim o iy  
mavjudotdir.
Shaxsning ko‘p d a n -k o ‘p xislatlari  bir-biridan  ajratilgan  emas,  balki 
o ‘zaro  mustahkam  bogMangan.  Tarbiya jarayonida  bolaning shaxsiyati 
ayrim-ayrim  emas,  balki  yaxlit  ravishda  rivojlanadi.


Bola  o ‘sib  va  riv o jla n ib   b o rg an i  sari  t a r b iy a   v a z ifala ri 
murakkablashib,  chuqurlashib,  tabaqalashib  boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga  izchil  ravishda aqliy, 
g ‘oyaviy-siyosiy, axloqiy,  mehnat,  estetik, jismoniy, ekologik,  iqtisodiy 
ham da  huquqiy  tarbiya  berish,  o'quvchilarning  ongi,  xulq-atvori  va 
faoliyatining  birligi,  shuningdek,  tarbiya  jarayonini  tashkil  etishning 
yakka,  g uruhli  va  om m a viy  shakllarini  q o 's h ib   olib  borilishini 
t a ’minlaydigan  pedagogik  tizimlarni  vujudga  keltirish  va  bu  tizim 
g'oyalariga  amal  qilishni  talab  etadi.
I jtim o iy   ta rb iy a   j a r a y o n i   s h a x sn in g   ijtim o iy   fa z ila tla rin i 
shakllantirish,  uning  atrof-tevarak,  jamiyat,  odam lar  hamda  o'ziga 
nisbatan  munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni  kengaytirishga 
qaratilgan.  Shaxs  ishtirok  etadigan  ijtimoiy  m u no sabatlar  tizimi 
qanchalik  keng,  xilma-xil  va  chuqur  bo'lsa,  uning  m a ’naviy  dunyosi 
shunchalik  boy  bo'ladi.
O 'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni  ko'p omilli xarakterga ega.  Ya’ni, 
bola  shaxsining  qaror  topishi  oila,  t a ’lim  muassasasi,  jamoatchilik, 
ijtimoiy muhit, shuningdek,  vaziyatlarxilma-xilligi,  bevosita va bilvosita 
t a ’sirlar  ostida  ro'y  beradi.
Tarbiya jarayonining  natijalari  odatda bir xil xarakterda bo'lmaydi. 
Bu  narsa  o'quvchilarning  psixologik  (individual,  tipologik),  fiziologik 
va jismoniy xususiyatlari,  ularning hayotiy va  m a’naviy tajribasi, shaxsiy 
pozitsiyasiga  bog'liq.
Tarbiya  jarayoni,  odatda,  o'z -o'zini  tarbiyalash,  o'z-o'zini  qayta 
tarbiyalash,  bolaning  atrof-muhitdagi  u  yoki  bu  hodisalar bilan  salbiy 
a lo q a si  n atijasida  vujudga  keladigan  m u n o s a b a tla r   va  ularning 
xususiyatlarini  bartaraf etish  bilan  olib  boriladi.
O'zini  o'zi  tarbiyalash  shaxsni  o'zida  ijtimoiy  qadrga  ega  bo'lgan 
fazilatlarni  hosil  qilish  va  takomillashtirishga  ham da  salbiy xislatlarni 
bartaraf etishga  qaratilgan  ichki  faoliyat  sifatida t a ’riflanadi.
O 'z - o 'z in i  aavta  tarbiyalash  shaxsning  o'zidagi  salbiy  odatlar, 
xarakteridagi zararli sifatlami yo'qotish,  ularni bartaraf etishga qaratilgan 
ichki  faoliyati jarayonidir.  Bola xulqidagi  «og'ish»laroiladagi nosog'lom 
m u h it,  o t a - o n a n in g   ta rb iy ad a   yo'l  q o 'y g a n   xatolari,  o 'q itu v c h i 
faoliyatidagi  kamchiliklar  asosida  vujudga  keladi.  Qayta  tarbiyalash 
jarayonida salbiy xulqni  hosil qilgan  sabab,  sharoit o'zgartiriladi,  qayta 
tarbiyalashda  maktab va shaxsning shaxsiy t a ’sirini oila, shu jumladan, 
o ta - o n a   ham  m a ’qullashi  lozim.


Demak, qayta tarbiyalash o ‘quvchining o ‘zigagina emas, balki  uning 
ota-onasiga  ham  qaratilishi  lozim.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari.  Ijtimoiy tarbiyani tashkil  etish 
jarayonida bir qator vazifalar hal  etiladi.  Ushbu  vazifalar ijtimoiy tarbiya 
m a q s a d i d a n   kelib  c h iq ib   b e lg ila n a d i.  M u s ta q i l   0 ‘z b e k is t o n  
Respublikasida  ayni  vaqtda  yosh  avlodni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish 
jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish  muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a)  yoshlarni  ijtimoiy hayotga tayyorlash,  ularda  keng dunyoqarashni 
tarkib  toptirish,  o ‘z  shaxsiy  turmushiga  maqsadli  yondashuv,  reja  va 
amal  birligi  hissini  uyg‘otish;
b)  o ‘quvchilarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  mohiyatidan 
ogoh  etish,  chu qu r  bilim  va  tafakkurga  ega  yoshlarni  tarbiyalash, 
ularning  ongini  boyitish;
d)  umuminsoniy  axloq  m e ’yorlari  (odamiylik,  kamtarlik,  o ‘zaro 
yordam,  m ehr-muhabbat,  muruvvat,  adolatni  yoqlash,  insonparvarlik, 
axloqsizlikka  nisbatan  nafrat  va  hokazolar)ning  mohiyatini  anglash, 
o ‘quvchilarda  muomala  odobi,  yuksak  m adaniyatni  q a ro r  toptirishga 
erishish;
e)  o ‘quvchilarda  huquqiy  va  axloqiy  m e ’yorlarga  hurm at  ruhida 
yondashish  hissi  va  fuqarolik  tuyg‘usi,  ijtimoiy  burchga  m as’ullikni 
qaror toptirish;
0
  tabiatni  muhofaza  qilish,  ekologik  m uvozanatni  yuzaga  keltirish 
borasidagi  mas’uliyatni tarkib  toptirish;
g)  vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini  shakllantirish,  o ‘zga 
millat  va  xalqlarni  hurm at  qilish,  ularning  h u q u q   va  b urchlarini 
kamsitmaslik tuyg'usini  qaror toptirish;
h)  mustaqil  davlat  —  0 ‘zbekiston  Respublikasining  ichki  va  tashqi 
siyosatiga  t o ‘g‘ri  va  xolisona  baho  berishga  o ‘rganish;
i)  insonni  oliy qadriyat  sifatida  qadrlash,  uning s h a ’ni,  or-nom usi, 
q ad r-q im m ati,  huquq  va  burchlarini  hurm at  qilishga  o ‘rgatish  va 
boshqalar.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  olib  borilayotgan  ijtimoiy  tarbiyaning 
um um iy vazifalari  ana  shulardan  iborat.
Shu  bilan  birga  ijtimoiy  tarbiya  y o ‘nalishlari  —  axloqiy,  aqliy, 
jismoniy,  ekologik,  iqtisodiy,  huquqiy  va  siyosiy  tarbiyaning  xususiy 
maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  bir qator  vazifalar  am alga  oshiriladi. 
Chunonchi,


1
)  axloaiv tarbiyani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarni  ijtimoiy- 
a xloqiy  m e ’yo rlar  m a z m u n id a n   x a b a rd o r  etish,  ularga  a xloqiy 
m e ’yorlarning  ijtimoiy  hayotdagi  ahamiyatini  tushuntirish,  ularda 
ijtimoiy-axloqiy  m e ’yorlar (talab va taqiqlar)ga  nisbatan  hurmat  hissini 
q aror toptirish  asosida  axloqiy  ong  va  madaniyatni  shakllantirish;
2
)  aqliv tarbiyani  yo'lga  q o ‘yish  chog‘ida  — o ‘quvchilarni  ilm-fan, 
texnika va texnologiya borasida  q o ‘lga  kiritilayotgan yutuqlar,  yangilik 
va  kashfiyotlardan  boxabar etish,  ularga  ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari 
xu su sid a g i  b ilim la rn i  berish  ta r z id a   t a f a k k u rn i  s h a k ll a n ti r i s h , 
dunyoqarashini  rivojlantirish;
3)  jismoniy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  —  o ‘quvchilarni  o ‘z 
so g‘liqlarini  saqlash  va  m ustahkam lash,  organizmni  chiniqtirish, 
jismoniy jihatdan t o ‘g‘ri  rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini 
oshirish  borasida  g ‘am xo‘rlik  qilish  tuyg'usini  ywzaga  keltirish,  ularda 
yangi  harakat  t o ‘rlari  borasida  ko ‘nikma  va  malakalarni  hosil  qilish, 
ularni  maxsus bilimlar bilan qurollantirish,  o ‘quvchilaming yoshi, jinsiga 
muvofiq  keladigan  (kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik,  chidamlilik,  sabot, 
m ehnat,  chidam ,  iroda  va  xarakterni  qaror  toptirish)  asosiy  harakat 
sifatlarini  rivojlantirish,  ularda  shaxsiy  gigiyenani  saqlashga  nisbatan 
ongli  munosabatlarni  tarbiyalash;
4)  estetik  tarbiyani  olib  borish jarayonida  —  o ‘quvchilarda  estetik 
his-tuyg‘u,  estetik didni tarbiyalash,  ularning ijodiy qobiliyatlari,  estetik 
e h tiyojlari  va  g o ‘zallikni  sevish,  go'z allikka  intilish  tu y g ‘ularini 
rivojlantirish,  estetik  madaniyatni  shakllantirish;
5)  ekologik tarbiyani  olib borish  chog‘ida — o ‘quvchilarga  ekologik 
b ilim la r   berish  aso sid a  shaxs,  ja m iy a t  va  tabiat  birligi  h a m d a  
aloqadorligini  o ‘quvchilarga  tushuntirish,  ularda  ekotizimning  inson, 
insoniyat, jamiyat  taraqqiyotidagi  muhim  o ‘rni  va  mohiyati  borasidagi 
tu sh unch alarni  qaror  toptirish,  tabiatga  nisbatan  ehtiyotkorona  va 
m a s ’uliyat  bilan  m u n osabatd a  b o ‘lish,  tabiatni  asrash  t o ‘g ‘risida 
g ‘a m x o ‘rlik qilish  kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek,  ekologik 
madaniyatni  shakllantirish;
6
)  iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  —  o ‘quvchilarga 
iqtisodiy  bilimlarni  berish  asosida  mamlakat  iqtisodiy  barqarorligini 
t a ’minlash,  bozor infrastrukturasi  qoidalariga amal qilish,  ichki bozorni 
t o ‘ldirish,  kichik va o ‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida 
ishtirok  etish  ko'nik m a  va  malakalarini  hosil  qilish,  inson  mehnati 
bilan  bunyod  qilingan  moddiy  boyliklarni  asrash,  ularni  ko‘paytirish


borasida  qayg‘urish  tuyg‘ularini  qaror toptirish,  iqtisodiy  madaniyatni 
shakllantirish;
7)  huquqiy  tarbivani  tashkil  etish  jarayonida  o ‘quvchilarga  davlat 
Konstitutsiyasi,  davlat  haqidagi  t a ’limot,  fuqarolik,  oila,  m eh n a t, 
x o 'ja lik ,  m a ’m uriy  n afaq a,  sud  ishlarini  yuritish   va  b oshqa rish 
huquqlarining  m a’nosini  tush и ntirish,  ular  ongiga  ijtimoiy-huquqiy 
m e ’y o rlarn in g  shaxs  va  ja m iy a t  h a y o tid a g i  a h a m i y a t i   h a q id a g i 
tushunchalarni  singdirish,  huquqiy  munosabatlar  mohiyati  yuzasidan 
tasavvuiga ega boMishlarini ta ’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, 
huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi  k o ‘nikm a  va  malakalarni 
hosil  qilish,  huquqiy  madaniyatni  shakllantirish;
8
)  g‘ovaviv-sivosiv tarbivani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarga 
siyosiy  bilimlarni  berish,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi, 
fuqarolik  jamiyati  asoslari,  milliy  davlat  tuzilishi,  davlat  organlari 
faoliyati,  shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  ichki  va  tashqi 
siyosati  mazmunini o ‘rganishni ta ’minlash  asosida 
0
‘quvchilarda siyosiy 
faoliyat  ko ‘nikma va  malakalarini tarkib toptirish,  siyosiy  madaniyatni 
shakllantirish  va  hokazolar.
Tarbiya  tamoyillari. Tarbiya  mazm unida oldinga q o ‘yilgan  maqsad 
va  vazifalarga  muvofiq  o ‘quvchilar  to m o nidan   o ‘zlashtirilishi  lozim 
boMgan bilim,  ko‘nikma va  malakalar, shaxs xulq-atvori  ham da sifatlari 
m o h iy a ti  aks  etadi.  Tarbiva  m a z m u n i  s h a x sn in g   s h a k lla n is h ig a  
q o ‘yiluvchi  ijtimoiy talablar mohiyatidan  iborat  boMib,  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot,  kishilik  munosabatlari  mohiyati  va  darajasi,  shuningdek, 
jamiyat  mafkurasi  g‘oyalari  asosida  belgilanadi.  Zam onaviy  tarbiya 
m azm unida  quyidagi  tamoyillar yotadi:
1. 
Tarbiva maqsadining aniqligi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy- 
siyosiy  mustaqilligining  dastlabki  yillaridayoq  respublikada,  amalga 
oshirilishi  ko‘zda  tutilayotgan  tarbiya  maqsadi  aniq  belgilab  olindi. 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  t o ‘g ‘risida»gi  Q o n u n i  ham da 
«Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi» g‘oyalariga  ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning 
asosiy  maqsadi  —  erkin,  ijodkor,  mustaqil  fikr  egasi  boMgan  komil 
inson  va  malakali  mutaxassisni  tarbiyalab voyaga  yetkazishdan  iborat. 
Ushbu  maqsadga erishish yoMidagi asosiy vazifa  — bu  shaxsda um um iy 
madaniyat  unsurlari,  ya’ni,  shaxsning aqliy,  axloqiy, jism oniy,  estetik, 
iqtisodiy,  ekologik,  huquqiy,  siyosiy  h a m d a   m eh n a t  m adaniyatini 
tarbiyalashdan  iborat.


2.  Bolalar va  kattalarning  birgalikdagi  faoliyati.  0 ‘qituvchilarning 
bolalar  bilan  m a ’naviy  madaniyatini  shakllantirishning  eng  yaxshi 
namunasini  izlash,  shu  asosida  tarbiyachi  ishining  hayotiy  m e ’yor  va 
qadriyatlarini  aniqlash  o ‘quvchining  tarbiya  jarayonidagi  faolligini 
t a ’minlashga olib keladi.  Dunyoqarashi  hali to ‘la-to‘kis shakllanmagan 
bolalar  u c h u n   k a tta la rn in g   hayotiy  tajribalari,  ularning  shaxsiy 
namunalari  tarbiyaviy  t a ’sir  kuchiga  ega.
3.  0 ‘z -o ‘zini anglash. Tarbiya insonda e ’tiqod, demokratik qarashlar 
va  h a y o tiy   p o z its iy a n in g   s h a k lla n is h ig a   olib  keladi.  T a r b iy a  
mazmunining  eng  muhim  unsurlaridan  biri  —  bu  insonning  hayotiy 
o ‘z -o ‘zini  anglashi,  uning  o ‘z  shaxsiy  hayoti  va  faoliyatining  subyekti 
sifatida  e’tirof etilishi  bilan  tavsiflanadi.  Inson  kamolotida  fuqarolik, 
kasbiy va axloqiy o ‘z - o ‘zini anglash jihatlari  muhim ahamiyatga  egadir.
4.  Tarbiyaning  shaxsga  vo ‘naltirilganligi.  Mazkur  g ‘oya  t a ’lim 
muassasasi  amaliyotining  markaziy  nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, 
tadbirlar,  ularning  shakl,  metod  va  vositalari  emas,  balki  o ‘quvchi 
turganligini  anglatishga xizmat  qiladi.  Tarbiya jarayonida uning shaxsiy 
xususiyatlari,  qiziqishlari,  o ‘ziga  xos  xarakteri,  o ‘z  qadr-qimm atini 
anglash  tuyg‘ulari  rivojlantirilib  borilishi  zarur.
5.  Ixtivorivlik.  Tarbiyalanuvchilarning  iroda  erkinligisiz  tarbiya 
g ‘oyalari  mohiyatini  qaror  toptirish  mumkin  emas.  Tarbiya jarayoni, 
agar  u  oqilona  tashkil  etilsa,  bir  vaqtning  o ‘zida  ham  o ‘quvchi,  ham 
o ‘qituvchi  m a ’naviyatining boyitilishiga xizmat  qiladi.  Agar tarbiyachi 
o ‘quvchining qiziqishi,  faoliyati,  o ‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, 
mustaqillikka  intilish tuyg‘ularini  ko‘ra va anglay olsagina uning  irodali 
ekanligi ayon bo'ladi.  Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta ’minlangan 
sharoitda  uning  shaxsiga  t a ’sir  ko ‘rsatishga  yo'naltirilgan  faoliyat 
jarayonida  samaraga  erishiladi.
6
. Jam o a vo‘nalishi.  Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga  nisbatan 
ijobiy  m unosabatni  qaror  toptirish  yotadi.  Jam oa  yordamida  shaxsni 
har tom o n lam a kamoloti,  uning dunyoni  anglash,  uni t o ‘laqonli talqin 
etish,  insonparvarlik  va  o ‘zaro  hamkorlik  tuyg‘ularini  yuzaga  kelishi 
va  rivojlanib  borishi  kabi  holat  amalga  oshiriladi.
Zamonaviy  pedagogik  jarayonda  tarbiyalanuvchiga:  inson  aqliy, 
estetik,  axloqiy, jismoniy,  siyosiy-g‘oyaviy,  iqtisodiy,  ekologik  hamda 
diniy tarbiya olishi  lozimligini uqtirishining o ‘zigina kam samara  beradi. 
0
‘quvchi  uchun  yuqorida  qayd  etilgan  tarbiya  yo‘nalishlarining  nima 
uchun  kerakligi,  ularning  insonga  nima  bera  olishi  kabi  masalalar


q iz i q a r l id i r .  R ivojlang an  xorijiy  m a m l a k a t l a r   ta r b i y a   t iz im i d a  
m u am m o n in g  mana shu jihati  birinchi o'ringa  q o ‘yilmoqda.  Yuqorida 
qayd etilgan g‘oyalar t o ‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk 
fuqaro,  malakali  mutaxassis  hamda  barkamol  oila  sohibini  tarbiyalab 
voyaga  yetkazish  uchun  xizmat  qilishi  lozim.
Zamonaviy tarbiya  mazmuni va  ularda  ilgari surilgan g ‘oyalar yaxlit 
tarzda  quyidagi  ko'rinishga  ega  boMadi:
T arbiya  m aqsadining 
aniqiigi
B o lalar  va  kattalarning 
birgalikdagi  faoliyati
0 " z - o ‘zini
anglash
T arbiya
m azim m i
Ixtiyoriylik
T arb iy an in g
shaxsga
y o 'n altirilg an lig i
J a m o a
y o 'n a lish i

Download 11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   415




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish