35 - rasm. Moddiy oqimlarni taqsimlash variantlari: a) bitta
taqsimlash markazi orqali: b) ikkita taqsimlash markazi orqali:
d) oltita taqsimlash markazi orqali
1.
Taqsimot markazida omborlaming optiml miqdori nimalarga
bog‘liq bo‘zladi?
Ф
N azo rat savoli:
9. LOGISTIK MARKAZLAR
9.1. Logistik markazlar
Yuklarni o ‘z vaqtida va eng каш xarajatlar bilan yetkazib berish
uchun tashishning yagona texnologik jarayonini ishlab chiqish
kerak. Tashishning yagona texnologik jarayonini, transport
va
iste’molchilaming barchasini integratsiyalash orqali ishlab chiqish
mumkin. Tashqi ta’sirlarga nisbatan barqaror, yangi ishlab chiqa-
rish-transport tizimini ishlab chiqish bir qancha muammolar bilan
bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilar: bozor konyukturasini o ‘rganish,
talab va ishlab chiqarishni prognoz (bashorat) qilish, bunga
asoslanib tashish hajmi va transport tizimchasining quvvatini aniq-
lash, xomashyo zaxiralarini, yoqilg‘i, materiallar, butlovchi buyum-
lar va transport vositalarining optimal miqdorini aniqlash va
boshqalar.
Transport tizimiga boshqa katta tizimning bir bo‘lagi deb qarash
yuk jo ‘natuvchidan to yuk qabul qiluvchigacha bo‘lgan barcha
yukni qayta ishlash, o ‘rash, saqlash, o ‘ramni ochish, yuklarni
kuzatib borish bilan bog‘liq axborotlarni birgalikda ko‘rishning
maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa, o ‘z navbatida,
maxsus logistik markazlarning vujudga kelishiga olib keldi.
Yevropa bozorida logistik xizmatlardan olinadigan daromad
600 mlrd.yevroni tashkil etadi. U yerda, asosan, logistik xizmatlarga
sanoat va savdo murojaat qiladi va logistik xarajatlar uchun har-yili
120 ...140 mlrd.yevro sarflanadi.
Bugungi
kunda
tovarlarni
yetkazib
berish
zanjirining
samaradorligi raqobatda yutib chiqishning asosiy garovidir, chunki
ishlab chiqaruvchilar tovar sifatiga ta ’sir etmay turib, ortiqcha sarf-
harajatlami kamaytira olmaydilar. Demak, ularning oldida iqtisod
qilishning yagona yo‘li, ya’ni mahsulotlarni sotish vaqtini butun
zanjir bo‘yicha qisqartirish qoladi xolos.
Logistik markaz, bu-ma’lum hududga ega bo'lgan, unda
yuklarni taqsimlash, transportirovka qilish bilan bog‘liq operat-
107
siyalarni amalga oshiruvchi majmuadir. Logistik markazlarda
bajariladigan operatsiyalar xalqaro tranzitlar uchun ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir nechta operatorlar tomonidan tijorat
asosida amalga oshiriladi.
Logistik markaz quyidagi tavsiflarga ega bo‘lgan bazaviy
yig‘indi k o ‘rsatkichlarga ega boMishi kerak:
- bir nechta nodavlat kompaniyalarning hamkorligi;
- logistik operatsiyalarni bajarish bilan tovarlar qiymatiga
qo‘shimchalar qo‘shish;
- qatnashuvchi kompaniyalar
birgalikdagi
muvaffaqiyatli
faoliyati samarasining mavjudligi;
Transport logistikasi ratsional va optimal yuk oqimlarini tashkil
etuvchi usul bo‘lib, bu ish la n i logistik markazlarda bajarish bunday
oqimlarni samaradorligini oshiradi, noishlab chiqaruvchi chiqimlar
va harajatlarni kamaytiradi, transportchilar esa mijozlar va
bozorning yuqori talablariga o ‘z vaqtida javob bera olish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
0 ‘z vazifasi va qamrovi jarayonida geografik joylashuviga
ko‘ra logistik markazlarning bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular quyidagilar:
- lokal (shahar, mintaqa);
- milliy (yuklarni mamlakat miqyosida taqsimlash);
- xalqaro;
- global.
Undan tashqari, logistik markazlar yuk turlarini saqlash va
qayta ishlash bo‘yicha ham turlarga bo‘linadi:
- universal (turli xildagi yuklar);
- maxsus (bir turdagi yuklar).
Logistik markaz quyidagi vazifalarni bajaradi:
' '
- yuklarni transportirovka qilish;
- zaxiralam i boshqarish;
- iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish;
- taqsimlash.
Shulardan taqsimlovchi logistik markazlar yechadigan masa-
lalar va vazifalarni k o ‘rib chiqaylik. Taqsimlovchi logistik markaz
lar yechadigan m asala va vazifalariga ko‘ra quyidagi toifalarga
b o iin ad i:
108
- xalqaro taqsimot logistik markazlari (International Logistics
Center o f Distribution - LCD);
Do'stlaringiz bilan baham: |